Ishlab chiqarish


CHAPTER  11.ORGANIZATION



Yüklə 2,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/146
tarix02.05.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#107954
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   146
Ишлаб чикариш менежменти. Ўқув қўлланма. Умарходжаева М

CHAPTER 
11.ORGANIZATION 
OF 
COMMUNITY 
FUNDAMENTALS AND LABOR PROCESSES AT PRODUCTION 
ENTERPRISES……………………….................................................... 
226 
11.1. Study the spiritual and psychological aspects of staff planning and 
building a team capable of working.................................................... 
226 
11.2.Definition of the management style and requirements …………… 235 
11.3.Principles and methods of human resource management................ 
241 
CHAPTER 12. 
SECTION. ORGANIZATION OF WORK IN WORKING 
ENTERPRISES AND PAYMENT SYSTEM……………………………….
 
245 
12.1.Fundamentals of Labor Normalization............................................ 
245 
12.2.Organization of Salary ……………………………………………. 247 
12.3.The Tariff System and its Key Elements ………………………… 
251 
12.4. Control over the use of labor resources and wages………………. 258 
GLOSSARY…………………………………………………………………
 
263 
TESTS……………………………………………………………………….
 
285 
LIST OF RECOMMENDED LITERATURE……………………………….
 
302 



KIRISH 
Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida ijtimoiy hayotning barcha 
sohalarida qilingan o‗zgarishlar, olib borilayotgan islohotlarning tub mazmun-
mohiyatiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, bajarayotgan barcha sa‘y-harakatlar 
respublikamiz obodligi, iqtisodiyotni yuqori darajaga olib chiqish va xalqimiz tur- 
mush sharoitining yanada yaxshilanishiga, inson manfaatlariga qaratilganligini 
yaqqol his etamiz. Chunki, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida izchil o‗zgarishlar 
yuz berмоқда. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida 
mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻsini shakllantirish, Oʻzbekiston 
Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini xolis va haqqoniy baholashni 
taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirildi.
―Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash 
yili‖ deb e‘lon qilingan 2018- yilda mamlakatimizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va 
davlat boshqaruviga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion g`oyalar va 
texnologiyalarni joriy etish bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Qabul qilingan 2018- yilgi Davlat dasturini ro‗yobga chiqarish doirasida 
21 trillion so‗m va 1 milliard AQSH dollariga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi. 
―Obod qishloq‖ va ―Obod mahalla‖ dasturlariga muvofiq 400 da ortiq va 
mahallalarda munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan qurilish va 
obodonlashtirish ishlariga 3 trillion so‗m mablag` yo‗naltirilgan. 
―Har bir oila—tadbirkor‖ va ―Yoshlar—kelajagimiz‖ dasturlari doirasida 2 
trillion so‗mga yaqin mablag` ajratilib, joylarda 2 600 dan ortiq biznes loyihalar 
amalga oshirildi. 
Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va 
mehnatga haq to‗lash tizimini yanada takomillashtirishga alohida etibor qaratildi 
hamda bu aholining real daromadlarini 2017- yilga nisbatan 12 foizga oshirish 
imkonini beradi. 


10 
Soliq ma‘muriyatchiligining mohiyatan yangi tartibi joriy etilgani sababli 
soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mahalliy byudjetlar 
ixtiyorida 5,5 trillion so‗m mablag‗ qoldirildi. Bu 2017- yilgi ko‗rsatkichlarga 
nisbatan 6 barobar, 2016- yilga nisbatan 32 barobar ko‗pdir.
Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanishni rag‗batlantirish, ishbilarmonlik muhiti 
va investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va biznes 
uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan O‗zbekiston Respublikasining soliq 
siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi. 
Xususan, yagona ijtimoiy to‗lov stavkasining 12 foizgacha pasaytirilishi hamda 
yuridik shaxslarning aylanmasi (tushumi)dan davlat maqsadli jamg‗armalariga 
undiriladigan majburiy ajratmalarning bekor qilinishi korxonalar ixtiyorida 
qo‗shimcha mablag‗lar qolishi uchun shart-sharoit yaratdi. 
2018- yilda 18 ta davlatlararo tashriflar amalga oshirildi va 50 milliard AQSH 
dollariga teng investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda yurtimizda chet 
el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard AQSH dollari miqdoridagi 456 ta 
loyiha amalga oshirilmoqda. 
Bu kabi yutuklar haqida to‗xtalib o‗tishimizning boisi, erishilgan yutuklarni 
davom ettirish va jahon miqyosida O‗zbekiston mavqeini yuksaklarga ko‗tarish 
avvalo kadrlar masalasiga borib taqaladi. SHunday ekan bugungi bizning asosiy 
vazifamiz iqtisodiyot tarmoqlariga menejerlar etkazib berar ekanmiz, ularga kanday 
bilim, ko‗nikma va malakalarga ega bo‗lishi, buning uchun esa uquv adabitlarining 
yukori sifat bilan ta‘minlashimiz lozim. 
Bu borada mamlakat Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek: ―Bu 
vazifalarni 
hal 
qilishga 
bugundan 
boshlab 
kirishmasak, 
bor 
kuch 
va 
imkoniyatlarimizni shu yo‗lda safarbar etmasak, ko‗zlagan maqsadga, marraga 
erishish qiyin bo‗ladi. Har bir rahbar – u vazir yoki markaziy idora boshlig‗i 
bo‗ladimi, deputat yoki senator bo‗ladimi, kompaniya yoki xo‗jalik birlashmasi raisi, 


11 
viloyat yoki tuman hokimi bo‗ladimi – barcha-barchamiz bu ishni eng birinchi 
vazifamiz, deb bilishimiz zarur‖
1
.
―Ishlab chiqarish menejmenti‖ o‗quv kursining maqsadi talabalar tomonidan 
kuchli raqobat sharoitida ishlab chiqarish korxonalari boshkaruv tizimini samarali 
boshkarish orkali harajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirishga 
erishish, doimiy ravishda iste‘molchilar talabiga yo‗naltirilganlikka, ishlab chiqarish 
jarayonlarini takomillashuvi va mahsulotning yukori sifati hamda xizmat ko‗rsatishga 
erishidir. 
Ushbu o‗quv qo‗llanma talaba va ushbu yo‗nalishda ish boshqaruvchi
menejerlarga mustaqil o‗rganishlari uchun mo‗ljallangan. O‗quv qo‗llanmaning 
mazmuni oliy kasbiy ta‘limning Davlat ta‘lim standartiga mos keladi. Darslik o‗z 
ichiga quyidagilarni oladi: kirish, asosiy matnning o‗nikkita bobi- ulardan har 
birida nazorat savollari, atamalar lug‗ati va adabiyotlar ro‗yxati mavjud. Asosiy matn 
mantiqan o‗z ichiga ishlab chiqarish menejmentining nazariy asoslari, tashkilot tizimi 
tuzilmasi, ishlab chiqarishni rejalashtirishning o‗ziga xos xususiyatlari, yangi 
maxsulotni loyihalashtirish, ishlab chiqarish harajatlarini boshqarish, ishlab chiqarish 
jarayonlarini boshqarishda zamonaviy konsepsiyalarni tadbiq etish, doimiy 
takomillashuv va yukori sifatga erishish orqali raqobatbardoshlikga erishi yo‗llari 
ko‗rib chiqilgan.
 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга 
Мурожаатномаси.uza/uz 28.12.2018y.


12 

Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə