Ishlab chiqarishda boshqaruv



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə37/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

2. Korxonaning ishlab chiqarish ѐki xizmat kо‘rsatish bо‘limlarida innovatsion loyihani raqobatbardoshlik jihatdan ta’minlash imkonini beruvchi universallik.
3. Mijoz ѐki iste’molchiga yuqori darajada xizmat kо‘rsatishga asoslangan professionalizm.
4. Innovatsion mahsulotga mо‘ljallangan ohirgi natijani ta’minlovchi konstruktivlik. Erishilgan sо‘nggi natijalar bо‘yicha qarshi tо‘liq axborotning mavjudligi innovatsion faoliyatning rivojlanishi jaraѐnida konstruktiv jihatdan ustuvor yо‘nalishlarni tanlash imkoniyatini beradi va shu bilan birga innovatsiyalarni boshqarishning quyidagi ѐpiq tizimini ifodalaydi: innovatsiya – investitsiya – sо‘nggi natijalar monitoringi – investitsiyalar va h.k.
5. Ilmiy – texnik salohiyatning yuqori darajasi.
6. Innovatsion infratuzilma xodimlarini doimiy ravishda yangilash va ular faoliyatini takomillashtirishni ifodalovchi xodimlar ta’minoti.
7. Moliyaviy ta’minot.
8. Innovatsion jihatdan sо‘nggi mahsulotni yaratishni tezlashtiruvchi turli vositalarning yuqori darajasi.
9. Innovatsion infratuzilmaning bozor talablari va tashqi konyunkturani о‘zgarishlariga xos ravishda moslashuvchanligi.
Tajribalar shuni kо‘rsatadiki, innovatsiyalar va yangi g‘oyalar kо‘plab qarshiliklarga uchraydi. Innovatorlar о‘z g‘oyalarini ilgari surishlari uchun о‘z maqsadlariga sodiq qolgan holda innovatsion g‘oyalarni “Qarshiliklar muhiti”dan о‘tkazishlari lozim. Innovatsiyalar yangi g‘oyalarining qarshilik muhiti g‘oyasi vaqt va muhitda hodimlarning о‘z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda qarshiliklari mavjud bо‘lgan holda innovatsion-investitsion loyihalarni tatbiq etish jaraѐni tushuniladi.
О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va о‘zgarishlar, shu jumladan ilmiy texnik siyosat kabi muhim faoliyat sohasiga ham о‘z ta’sirini о‘tkazmoqda. Fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanish masalalari bozor islohotlarini amalga oshirish jarayonida alohida dolzarblik kasb etadi. Raqobat muhiti va bozor sharoitlarida faoliyat olib borayotgan kо‘pchilik korxonalar uchun aynan innovatsion faoliyat hamda uning natijalari muvaffaqiyat va samaradorlikning bosh mezoni hisoblanadi. Shuning uchun ham zamonaviy sharoitda bozor munosabatlari ishtirokchilari, ayniqsa, ishlab chiqaruvchilar о‘zlarining joriy va istiqboldagi raqobatbardoshligini ta’minlash uchun mustaqil hamda maqsadga muvofiq tarzda ilmiy-texnik siyosat va innovatsion faoliyatni olib borishlari davrning asosiy talabi hisoblanadi.,Xozirda О‘zbekistonda innovatsion faoliyatga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish eng muhim vazifa hisoblanadi. Bunday iqtisodiyot eng zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlariga va iqtisodiy jarayonlarni samarali boshqarishga hamda yangicha fikrlashni tarbiyalaydigan ta’lim tizimiga tayanishi zarur. Bunda "milliy innovatsiya tizimi"ni (MIT) ishlab chiqish va amalda rо‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratish, ixtirolarni real amaliyotga tez tatbiq etish qobiliyatiga asoslangan innovatsion iqtisodiyotga о‘tish kabi masalarni hal etish talab etiladi. Bu esa mamlakatimizning yaqin yillarda yuqori texnologik, istiqbolli g‘oyalar, ixtirolar va ularni amaliyotga tez tadbiq etish salohiyatiga asoslangan iqtisodiyotga о‘tishida hal qiluvchi omilga aylanadi.
Innovatsion faoliyatni tо‘g‘ri tashkil etish, tartibga solish va boshqarish uchun eng avvalo ushbu faoliyatni olib borayotgan korxonalarda moliyaviy va boshqaruv hisobini, iqtisodiy tahlil va auditini yaxshi yо‘lga qо‘yishni, ularning nazariy, uslubiy va tashkiliy jihatlarini zamon talablari darajasiga yetkazishni taqozo etadi. Respublikada ishlab chiqarishning texnologik darajasini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh va sifatli innovatsion mahsulotlarni olib chiqishni ta’minlash, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish va texnikaviy salohiyatni rivojlantirish kabi masalalar, shubhasiz mazkur mavzuning dolzarbligini bildiradi.
Qishloq xо‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni asoslash mexanizmlarini ishlab chiqish, qabul qilish va tatbiq etish, ularni amalda rо‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratish, ixtirolarni real amaliyotga tez tatbiq etish qobiliyatiga asoslangan innovatsion iqtisodiyotni Respublikamizda joriy etish kerak. Buning uchun butun mamlakat bо‘ylab istiqbolli takliflarni qidirish va ularni saralash, innovatsion korxonalarni, shu qatorda qishloq xо‘jaligidagi innovatsion korxonalarni moliyaviy jihatdan qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha qonun loyihasini tayyorlash va qabul qilish birlamchi vazifalardan biri bо‘lmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyatni moliyalashtirish davlatning muhim investitsion tadbirlaridan biri bо‘lib, quyidagi strategik vazifalar bajarilishini ta’minlaydi:

  • fan-texnikaning ilg‘or yutuqlari amaliyotga tatbiq etilishi orqali milliy iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan texnologik qayta qurilishini ta’minlash;


  • mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yо‘nalishida fan texnika va innovatsion potensialni saqlab qolish va rivojlantirish.


Ilmiy tadqiqotlarga davlat byudjeti xarajatlarini bosqichma-bosqich oshirish va ularni YAIMning 1%igacha yetkazish dasturini qabul qilish rejalashtirilmoqda. QHTBT portalida muhokama qilinayotgan Prezidentning «2021 yilgacha О‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasi tо‘g‘risida»gi farmoni loyihasi innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishga yо‘naltirilgan boshqa normalarni ham о‘z ichiga olgan.


Innovatsion loyihalarga grantlar olish va ulardan foydalanish tartib-taomillarini soddalashtirish va shaffofligini oshirish mо‘ljallangan. Bunda maqsadli davlat ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqish va moliyalashtirish, texnologiyalarni transfer qilish va tijoratlashtirish uchun fan va texnologiyalarning ustuvor yо‘nalishlarini belgilashni qayta kо‘rib chiqish taklif etilmoqda. Bunda ilmiy ishlanmalarni iqtisodiyot sohalarining ehtiyojlarini qanoatlantirishga yо‘naltirish muhim о‘rin tutadi, boshqacha qilib aytganda, tadqiqotlarni boshlashdan oldin uning pirovard iste’molchisi aniq bо‘lishi kerak. Innovatsion faoliyat sub’yektlari, shu jumladan xalqaro investitsiyalar bozoridagi moliyaviy resurslardan foydalana olishini ta’minlash yо‘lidan borish taklif etilmoqda.
Bank krediti olish tartib-taomillari va unga qо‘yiladigan talablar soddalashtiriladi. Bu, shu jumladan innovatsion moliyalashtirishga ajratiladigan kreditlar hajmini oshirishga zamin yaratadi.
Venchur moliyalashtirish ham rivojlantiriladi. Bu qо‘yilgan mablag’lar qiymati oshishidan foyda olishni kо‘zlagan holda, ilm-fan mahsulotlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga, ularni rivojlantirish va kengaytirishga yо‘naltirilgan yangi tashkil etilayotgan yuqori texnologik istiqbolli kompaniyalarning aksiyadorlik kapitaliga kiritilgan uzoq muddatli tavakkalchiligi katta investitsiyalardir. An’anaviy investitsiyalardan farqli ravishda, venchur moliyalashtirish modelida har bir aniq kompaniyaga qо‘yilma yо‘qotilishi ehtimoli katta bо‘ladi. Eng muvaffaqiyatli investitsiyalardan katta naf olish hisobiga foydaga erishiladi. Ushbu yо‘nalishdagi faoliyatni yangi qonun bilan tartibga solish rejalashtirilmoqda.
Shu jumladan venchur kapital xorijiy tashkilotlari ishtirokida venchur (tavakkalchilik asosida) moliyalashtirishni tashkil etish va rivojlantirish tashabbusi bilan chiqdilar. Innovatsion rivojlanish dasturlarini amalga oshiruvchi davlat ishtirokidagi aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan venchur fondlar yaratilishi imkoniyatini kо‘rib chiqish taklif etilmoqda. Bu faoliyatni maxsus qonun bilan tartibga solish taklif etilmoqda.
«Mikromoliyalashtirish tо‘g‘risida» va «Mikrokredit tashkilotlari tо‘g‘risida»gi qonunlarga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish kо‘zlangan. Yangiliklar innovatsion rivojlanish sohasidagi loyihalar moliyalashtirilishini yaxshilashga qaratiladi.
Ilmiy-texnikaviy rivojlanish ustuvorliklarini belgilash va moliyalashtirishda xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda. Innovatsion loyihalarni amalga oshirishga xususiy investorlarning keng doirasi jalb etiladi. Tadqiqotlar va ishlanmalarga ichki xarajatlar umumiy hajmida xususiy moliyalashtirish ulushining ortishi kutilmoqda.
Yetakchi xalqaro innovatsion kompaniyalar va transmilliy korporatsiyalar strategik investorlar sifatida jalb etilishi kо‘zlangan.
Muntazam yangilab boriladigan innovatsion loyihalar yagona ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Loyihalarni moliyalashtirishning turli shakllari samaradorligini va bо‘lg‘usi investorlarni baholash uslubiyati ishlab chiqiladi.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə