Ishlab chiqarishda boshqaruv


Innovatsiyalarni moliyalashtirishning korporativ strategiyasi



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə35/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

3.Innovatsiyalarni moliyalashtirishning korporativ strategiyasi
Ma’lumki, fan sohasi ijtimoiy hayotning ilmiy manbalar asosidagi taraqqiyot modelini ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish jarayonidagi ustivor vazifalarni bajaradi. Uni rivojlanishi ko‘p tomonlama manfaatlarning to‘qnashuvi natijasida sodir bo‘ladi. Fanni rivojiga hissa qo‘shishdagi har qanday ta’sirlar manfaatlar doirasida amal qiladi.

Ilm-fan taraqqiyotini geografik, tarixiy va hamkorlik aloqalari orqali o‘rganish asosida dinamik tahlil etilsa, qaysi mamlakatda, kaysi davrda yoki qaysi hamkorlik aloqalarida unga ko‘proq investisiya kiritish natijasida uni tez sur’atlarda rivojlanib borganligini ko‘rish mumkin.


Osiyo mamlakatlarida inson kapitali malakasini oshirishga sarflanayotgan ko‘plab investisiyalarning samaradorligini o‘sishi natijasida innovatsiya mahsulotlari intensiv oshib bormoqda. Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy mamlakatlaridagi korxonalar tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion mahsulotlarning jahon bozoridagi mavqei ushbu mamlakatlarning iqtisodiyotini rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Avtomobil bozorida Xitoy, AQSH, Germaniya va Yaponiyaning, planshetli aloqa vositalari bozorida Samsung va Apple transmilliy korporasiyalarning kuchli raqobatlari mazkur bozorlarni innovatsiyalar bozoriga aylanishiga olib keldi. Jahon bozoridagi ushbu holat xalqaro va mahalliy innovatsiyalar bozorini shakllanishi va savdo aylanmasini oshib borishini ta’minlab kelmoqda.
Innovatsiya mahsulotlarini ko‘proq foyda keltiradigan qisminigina rivojlanishi ba’zi tarmoqlarni boshqa tarmoqlarga nisbatan tezroq o‘sishiga, boshqalarini esa ortda qolishiga olib keladi. Bu jihat tarmoqlar, mamlakatlar va jahon iqtisodiyotidagi nomutanosiblikni vujudga kelgirishi mumkin. Chunki, jahon bozori ishtirokchilari hamda boshqa manfaatdor shaxslar innovatsiya mahsulotlarini iste’molchilarda tez qiziqish o‘yg‘otuvchi va ko‘p foyda keltiruvchi qismini qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi mahsulot yoki xizmat turiga bo‘lgan talab past rentabel va riski ko‘proq bo‘lsa, bunday innovatsiya mahsulotlarini va tadqiqotlarni moliyalashtirish sustlashadi. Bu jarayon bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda fundamental tadqiqotlarga bo‘lgan talabni ko‘pligiga qaramay ularni moliyalashtirish holatini passiv bo‘lishini ta’minlaydi.
Shuning uchun, iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda fanning sekin rivojlanayotgan sohalarida fundamental tadqiqotlarni tashkil etish va jonlantirish kelajakda innovatsiya mahsulotlarini assortimentini yanada ortishiga olib keladi.
Bugungi kunda, fundamental tadqiqotlarni xususiy doirada kam darajada amalga oshirilayotganligini ham asosiy sababi, ularning natijasi iqtisodiy foyda emas, balki ijtimoiy tusga ega bo‘lgan samarani keltirishidir. Fundamental tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishning ustuvor manbalari sifatida davlat grantlari va nodavlat notijorat tashkilotlar mablag’i hamda turli fond grantlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiy xarakterga ega fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirishga bo‘lgan xususiy sektorning qiziqishi davlat va nodavlat sektorga nisbatan kam ulushni tashkil etadi. Shu sababli, Respublika miqyosida donor davlat va xalqaro tashkilotlardan, davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlardan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan tanlovlarni fundamental tadqiqotlarga qaratish va uni takomillashtirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmokda. Chunki, amaliy tadqiqotlarga va ko‘p foyda keltiradigan risksiz innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqishdan avval, fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish orqali fanning asosiy negizini ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Xozirda Respublikamizda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirishda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Respublikamizda so‘nggi yillarda bu sohada amalga oshirib kelinayotgan ishlar o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda.
Innovatsiya mahsulotlari yoki xizmatlari chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borilishi natijasidagi xulosalarga tayangan ishlanmalar ko‘rinishida vujudga keladi. Buning uchun avvalo, Respublikamiz korxonalari va ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi boshqa muassasalar uchun zarur mavzularda muammolarni shakllantirib olish talab etiladi.
Hozirda Respublikamizda amalga oshirilayotgan fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirishning asosiy manbasi xorijiy fondlar va Davlat ulushiga to‘gri kelmoqda. Bu boradagi xususiy sektorning ulushi juda ham kam hisoblanib uni shakllantirish uchun bir qator ustivor vazifalarni belgilab olishga to‘g‘ri keladi. Shundagina olib borilayotgan fundamental tadqiqotlarning samaradorligi yanada oshadi. Chunki, o‘z moliyaviy mablag’ini bu faoliyatga foyda olish maqsadida sarflagan investor uning samaradorligini oshirishdan manfaatdor va uni doimiy monitoringini olib boradi.
Fundamental tadqiqotlarning samaradorligini oshishi faqatgina xususiy sektorning talabi yoki investisiyasi bilan rivojlanib qolmaydi. Tadqiqotlarni amalga oshirishni birinchi ustivor vazifasi, ushbu sohada faoliyat olib boruvchi tadqiqotchilarning malaka darajasiga va mutaxassisligiga qo‘yiladigan talabalarni jiddiylashtirish zarur. Har qanday fundamental tadqiqotni samarali amalga oshirish asoslangan reja va munosib guruhni shakllanishi natijasida namoyon bo‘ladi.
Fundamental tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishning navbatdagi ustivor vazifasi ikki tomonni manfaatdorligini ta’minlovchi va aniq yechimga ega bo‘lgan ammo chuqur ilmiy izlanishlar talab qiladigan muammolar va masalalar bazasini shakllantirish zarur.



Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə