Ishlab chiqarishda boshqaruv


i.f.n. dotsent Qambarov J



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə2/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

i.f.n. dotsent Qambarov J



“Menеjment” kafedrasi mudiri


i.f.n. dotsent Qambarov J
“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi dotsenti, i.f.d.,Xonkeldiyeva G






KIRISH.
Bugun jahon taraqqiyotida ro’y berayotgan turfa o’zgarishlar sharoitida innovatsiyaga asoslangan iqtisodiyotgina barqarorligi va raqobatdoshligini saqlab qolishini rivojlangan davlatlar tajribasi isbotlamoqda. Mamlakatimizda ham innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish, yangi g’oyalarni amaliyotga tatbiq etish, ilm-fan va sanoatni yuksaltirish va shu orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko’paytirish, ilmiy muassasalar bilan korxonalar o’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlantirishga muhim e’tibor qaratilayotganligi vatanimizning ilg’or mamlakatlar safidan munosib o’rin olishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Haqiqatan ham, islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bozor sub’yektlarining innovatsion faoliyati mexanizmini yaratish bugun mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. CHunki, aynan innovatsiyalargina mahsulotlar raqobatdoshligini ta’minlash, tannarxini, energiya iste’molini kamaytirish, investitsiyalar oqimini ko’paytirish va yangi-yangi imkoniyatlarni vujudga keltirishga sharoit yaratadi.
Mamlakatda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish bo’yicha katta maqsadlar qo’yilgan. Ularni amalga oshirishda kerakli imtiyozlarga ega bo’lgan maxsus industrial zonalarni tashkil etish yo’lida oxirgi yillarda ko’pgina tajribalarga ega bo’lindi.
Buning amaliy tasdig’ini «Navoiy» va «Angren» maxsus industrial zonalari faoliyati misolida ko’rish mumkin. Jumladan, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo’lgan 19 ta investitsiya loyihasi bo’yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilgan. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosida modem va televizor uchun pristavkalar, elektr energiyani elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Bunday erkin industrial-iqtisodiy zonalarning son jihatdan ko’payib borishi mamlakatimiz sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiiyat kasb etadi.
«Intellektual mulk asri» deya e’tirof etilayotgan XXI asrda mamlakatimizning innovatsion rivojlanishini ta’minlash va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda fanning rolini kuchaytirish masalalari davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida taraqqiy topmoqda.
Innovatsiya sohasida erishilayotgan yutuqlar mamlakatimizning iqtisodiy qudratini rivojlantirishga, jahon hamjamiyatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilayotgani bilan ham e’tirofga molikdir. Mamlakatimiz jadal rivojlanayotgan davlatlar qatoridan o’rin egallagani mazkur sohaning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, dunyo energetika balansining asosi hisoblangan, hozirgi davrda qazib olinadigan yoqilg’i turlari — ko’mir, neft, tabiiy gaz va uranning zaxirasi yildan-yilga kamayib bormoqda. Soha mutaxassislarining ma’lumotiga ko’ra, so’nggi 40 yil mobaynida organik yoqilg’i dunyoda insoniyat tarixidagi butun davrdan ko’p qazib olingan va energiya resurslarining iste’mol sur’ati tobora o’sib bormoqda. SHuning uchun muqobil energetika innovatsion rivojlanishning shak-shubhasiz eng asosiy omiliga aylanadi.
Qayta tiklanuvchan energiya manbasi qurilmalaridan foydalanish tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, mazkur qurilmalar o’zining xarid narxini undan foydalanishning boshlang’ich davridayoq to’liq qo’llaydi. SHuning uchun ham muqobil energiya manbalari — Respublika iqtisodiyotining innovatsion yo’lga o’tishida muhim ustuvorlikka ega.
Toshkent shahrida Xalqaro quyosh energiyasi institutining tashkil qilingani esa sohada olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo’ldi. Nega deganda, quyosh energiyasidan sanoat ko’lamida foydalanish uchun yuqori texnologik ishlanmalarni amalga oshirish, quyosh energiyasi potentsialini ilg’or va samarali texnologiyalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy cohada qo’llash bo’yicha takliflar tayyorlash, shu jumladan, maxsus materiallarni sintez qilish va ularga termik ishlov berish texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish bilan bog’liq amaliy tadqiqotlarni o’tkazish, quyosh energetikasi sohasidagi yirik loyihalar bo’yicha hujjatlarni ishlab chiqish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish ushbu ilmiy dargohning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturi bu boradagi ishlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan. Bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, jumladan, zamonaviy sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo’jaligi, energetika, mashinasozlik va boshqa sohalarda mavjud g’oyat muhim texnologik va ilmiy muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan fundamental tadqiqotlar va innovatsion loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Zotan, bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan bir sharoitda bozor sub’yektlarining innovatsion faoliyatiga daxldor masalalar va ularning ta’sirchan mexanizmi mamlakat iqtisodiy siyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Aynan innovatsiyalar mamlakatimizda ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, tannarxni pasaytirish, energiya iste’molini kamaytirish, investitsiyalar oqimini ko’paytirish asnosida yangi-yangi bozorlarning vujudga kelishi imkonini beradi.



Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə