Ishlab chiqarishda boshqaruv


Innovatsion iqtisodiyotning shakllanish va rivojlanish bosqichlari



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə5/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

2.Innovatsion iqtisodiyotning shakllanish va rivojlanish bosqichlari.
Dunyoda ilmiy-texnik salohiyat tez sur’atlarda rivojlanish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy omillarini intelektualizatsiya qilish o‘sib bormoqda. Innovatsiyalarni joriy etish iqtisodiy o‘sishning va bozorning raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omiliga aylandi. Bu esa o‘z navbatida, barcha jabhalarda innovatsiyalar sohasidagi ilg‘or ilmiy ishlanmalar va texnik yutuqlardan samarali foydalanishni hamda hozirgi iqtisodiy salohiyatning raqobatbardoshligini mustahkamlashni talab etmoqda. Shundan kelib chiqqan holda bugun ko‘plab davlatlar tomonidan ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga katta miqdorda investitsiyalar yo‘naltirilmoqda.
Yevropa Ittifoqi davlatlarida har yili “Yevropa innovatsiyalar tablosi” (European Innovation Scoreboard — EIS) nashr etiladi. Faoliyat ko‘rsatuvchilar muhitini tahlil qilish usuli asosida bir qator Yevropa Ittifoqi davlatlari uchun texnik samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilgan. Olingan natijalar asosida barcha davlatlar 4 guruhga birlashtirilgan: innovatsion lider davlatlar; innovatsion izdoshlar; mo‘tadil innovator bo‘lgan mamlakatlar; orqada qolgan davlatlar.
Ushbu usul yordamida quyidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilib boriladi:
YAIMning ilmiy intensivligi;
bir million aholiga to‘g‘ri keladigan olimlar soni;
ta’lim sohasiga qilingan xarajatlar, YAIMga nisbatan %;
patent olish uchun topshirilgan milliy arizalar soni;
yuqori texnologiyali eksport, sanoat eksportiga nisbatan %;
axborot kommunikatsiya texnologiyalari eksporti, jami eksportga nisbatan %.
AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniya kabi rivojlangan davlatlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan xarajatlar samarali foydalaniladi. Shu bilan bir vaqtda iqtisodiyotning o‘tish davridagi davlatlar esa ushbu mablag’lardan samarasiz foydalanilmoqda.
Umuman olganda hozirgi davrda innovatsion iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini belgilaydigan hal qiluvchi omil – bu ilmiy tadqiqot va prinsip jihatidan yangi mahsulot turlarini yaratish uchun ishlanmalar natijalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan mamlakatning innovatsion muhitini shakllantirish va rivojlantirish, mahsulotlarni ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini yaratish va ishlatish hamda keyinchalik bozorda joriy etish va realizatsiya qilishdir. Barcha mamlakatlar shu jumladan, O’zbekiston uchun ham zamonaning eng dolzarb iqtisodiy ta’limotlaridan biri hisoblangan innovatsiyalarning iqtisodiy nazariyasi hozirda o’zining shakllanish bosqichida. Shu bois zamonaviy innovatsiya nazariyalarining asosiy mazmunini bir tizimga keltirish muammolari dolzarb bo’lib turmoqda.
Yurtimizda ham iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning “O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o’ziga xos xususiyati mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon bo’lmoqda”1 – deb ta’kidlagan so’zlaridan ham mamlakatimizda innovatsion iqtisodiy-siyosatga nechog’lik ahamiyat berib kelinganligidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda iqtisodiyot fanining roli yanada ham oshib boradi. Ayniqsa, jamiyatda nanotexnologiyalarning kirib kelishi iqtisodiyot fanida muayyan o‘zgarishlarni kiritishini taqozo etadi. “Nanotexnologik inqilob jarayonida iqtisodiyotni ikki qismga: makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotga bo‘linishi, nazariya va amaliyotni rivojlanishi uchun yetarli bo‘lmasdan, unga to‘sqinlik qiladi” . Shunday ekan, xo‘jalik yuritish san’ati va mahorati sifatidagi iqtisodiyotni xo‘jalik ko‘lami bo‘yicha keng va teranroq tasniflash, jumladan, uning yettita quyidagi darajalarini ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə