Ishlab chiqarishda boshqaruv


Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida innovatsion rivojlanishning o’rni va innovatsion rivojlanishning strategik maqsadlari



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə7/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

3. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida innovatsion rivojlanishning o’rni va innovatsion rivojlanishning strategik maqsadlari.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida O’zbekistonning innovatsion faoliyati davlat tomonidan samarali va izchil amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy va faol investitsiya siyosati, rivojlangan xorij tajribasi hamda investitsion muhitni yanada jozibadorligini oshirish mexanizmlariga bog’liq bo’lib, keng ko’lamda o’rganilishi zarur dolzarb ilmiy va amaliy muammolardan biri hisoblanadi. Sanoat vakillari, tadbirkorlar, tadqiqotchi va olimlar mazkur muammoning yechimiga milliy xususiyatlarni e’tiborga olgan holda rivojlangan xorij tajribasini qo’llash va ular bilan o’zaro hamkorlik tizimini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali erishiladi, degan fikrda. Chunki jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqobat muhitini kuchayib borishi, jahon bozorida mahsulotlar hayotiylik davrini keskin qisqarishiga, bozor konhyunkturasi va iste’molchilar ehtiyojlarini tez o’zgarishiga olib keldi. Natijada har bir xo’jalik yurituvchi sub’yektdan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqishni hayotiy zaruriyatga aylantirmoqda. Bu esa, mamlakatning innovatsion faoliyatini rivojlantirish va uni samarali boshqarishni talab etmoqda.
O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan turli mulkchilik shaklidagi sub’yektlarning innovatsion faoliyati birinchidan, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ekologik jihatdan barcha mehyorlarga to’la javob beradigan hamda ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularning iste’mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borishni talab etadi.
XX asrning o’rtalarida keng ko’lamda rivoj to’gan ilmiy-texnik inqilob mulkdorlar, tadbirkorlar hamda iqtisodchilar e’tiborini ishlab chiqarishda ro’y berayotgan turli texnologik o’zgarishlarga tortdi. Shunday o’zgarishlarni ilmiy sohada “innovatsiya” atamasi bilan atay boshlandi. Natijada hozirgi davrga kelib “innovatsiya” tushunchasi biron-bir turdagi faoliyatni tarkibiy jihatdan yangilash, tubdan o’zgartirish, xo’jalik faoliyati sub’yektlari tomonidan ilmiy-texnik, tashkiliy, boshqaruv va boshqa yangiliklarning yaratilishi, tarqatilishi hamda joriy etilishini ifoda etadi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash borasidagi sa’y-harakatlarning yanada kuchaytirilishi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida innovatsion jarayonlar o’zluksizligini ta’minlash va ko’lamini oshirish bilan tavsiflanadi. Bu esa ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari samaradorligi bevosita fan yutuqlariga asoslangan ishlanmalar, ixtiro hamda loyihalar, ilm-fan sig’imi yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy qilish bilan belgilanadi.
Mamlakatimiz korxonalarida innovatsion jarayonlarni yanada rivojlantirishga taalluqli muammolarni o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, innovatsion faoliyatni samaradorligi birinchi navbatda mamlakatda innovatsion muhitni yaxshilashga qaratilgan qonunlar doirasida yagona huquqiy normalar tizimini shakllantiradigan institutsional asoslarni ishlab chiqish darajasiga bog’liq ekanligini ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimiz innovatsion faoliyatni rivojlantirishda “Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti” (IHRT) tomonidan ishlab chiqilgan innovatsiyalarni boshqarish bo’yicha xalqaro standartlar va uslubiy tavsiyalarni chuqur o’rganish zarur. Bularga 1995 yilda IHRT tomonidan qabul qilingan “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy sohada band mehnat resurslarini aniqlash” (Manual On The Measurement Of Human Resources Devoted To S&T - Canberra Manual), 1997 yilda qabul qilingan “Milliy innovatsiya tizimi” (National Innovation System), 2002 yildagi “Ilmiy tadqiqot va ishlanmalar bo’yicha hisobot standartlari” (Proposed Standard practice for Surveys of Research and Experimental Development), “Milliy innovatsiya tizimini o’zgarishi” (Dynamising National Innovation Systems), “Fraskati qo’llanmasi” (The Frascati Manual) kabi xalqaro standartlar va uslubiy tavsiyalarni ta’kidlashimiz mumkin1.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati birinchidan, innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlarga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, innovatsion loyihalar, g’oyalar va ixtirolarni moliyalash tizimini rivojlanganlik jihatlariga bog’liq bo’ladi. Bu innovatsion jarayonlarning institutsional asoslarini tashkil etadi.
Shu nuqtai nazardan iqtisodiyotni globallashuvi va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash sharoitida davlatning ustuvor yo’nalishlaridan biri mamlakatning innovatsion salohiyatini oshirish masalalari hisoblanadi. Natijada davlat tomonidan milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnika va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, diversifikatsiya qilish masalalariga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy - tatqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2789-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada axborot-texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5099 sonli farmoyishi, Axborot-texnologiyalarini ishlab chiqarish va joriy qilishni qo’llab quvvatlash bo’yicha “Mirzo Ulug’bek Innovatsion Center” innovatsiya markazining tashkil etilganligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 29 noyabrdagi PF-5264 farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan qabul qilingan 9 ta bob, 61-moddadan iborat O’zbekiston Respublikasining ” Innovatsion faoliyat to’g’risidagi” Qonuni muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy iqtisodiyotimiz korxonalarining rivojlanishi natijasida keyingi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar salmog’ining barqaror o’sish tendentsiyasi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda. . Bunga sabab iqtisodiyotni yetakchi tarmoqlarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va mazkur sohalarni diversifikatsiya qilish hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o’tkir qilib qoyayotganligi bois ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari bor kuch-imkoniyati va resurslaridan samarali foydalanishga e’tibor qaratmoqda. Buning uchun iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini yanada rivojlantirish, yangi o’zak tarmoqlarni barpo etish, tarkibiy o’zgarishlar, samarali va erkin iqtisodiyotni shakllantirish zarur. Shu bilan birga, milliy iqtisodiyotni raqobatdoshligini oshirish uchun innovatsion mahsulotlar hisobiga korxona va tarmoqlar faoliyat sohalarini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Bizning fikrimizcha, yuqorida ta’kidlangan maqsadga erishishda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarini modernizatsiyalash hamda diversifikatsiyalash, mahsulot va xizmat turlarini yangilash, ko’paytirish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə