Ishlab chiqarishda boshqaruv



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə6/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

megaiqtisodiyot - jahon miqyosidagi xo‘jalikni yuritish san’ati va mahorati;
makroiqtisodiyot - davlat miqyosidagi xo‘jalikni yuritish san’ati va mahorati;
mezoiqtisodiyot - mintaqa va hudud miqyosidagi xo‘jalikni yuritish san’ati va mahorati;


  • metaiqtisodiyot - tarmoq va sohalar miqyosidagi xo‘jaligni yuritish san’ati va mahorati;


  • mikroiqtisodiyot- korxona va biznes sub’yektlari xo‘jaligini yuritish san’ati va mahorati;


  • miniiqtisodiyot - uy xo‘jaligini yuritish san’ati va mahorati;


  • nanoiqtisodiyot - individual xo‘jaligini yuritish san’ati va mahorati.

Ayniqsa,O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes bilan bir qatorda xususiy tadbirkorlikning ham roli va ulushini yanada kengaytirishni ta’minlay oladigan nano darajadagi iqtisodiy izlanishlarni samarali olib borish lozim, deb o‘ylaymiz. Chunki, bugun mikro darajadagi iqtisodiy izlanishlar doirasida tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy, uslubiy, tashkiliy va huquqiy asoslari ko‘pincha huquqiy shaxs sifatida yoxud korxona tashkil etilgan holda kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallab yaratilgan.


Qayd qilish joizki, “nano” so‘zi yunoncha «nanos» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida “pakana” ma’nosini bildiradi. “Nanoiqtisodiyot” deganda iqtisodiyotning mikro (korxona) va mini (oila) darajalaridan ham kichikroq tayanch bo‘g‘ini - nano (individ) darajasidagi iqtisodiyotni nazarda tutiladi. Iqtisodiyotning nano darajasining markazida iqtisodiy jihatdan komillikka erishgan inson turadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov “portlash effekti” haqida fikr yuritib «Barkamol avlod orzusi» asarlarida ta’kidlaganlaridek «... har qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste’dodini avvalo o‘zi uchun, oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas» .Yurtboshimizning bu g‘oyalariga tayangan holda biz iqtisodiy komil insonga “ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik qobiliyatlarga ega bo‘lib, ularni o‘zining, oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi va manfaati yo‘lida samarali ro‘yobga chiqara oladigan kishidir” deb, ta’rif berishni ma’qul topdik. Komil insonning nanoiqtisodiy qiyofasi, fikrimizcha, individning iqtisodiy tarbiya ko‘rganligi, iqtisodiy savodxonligi, mehnat va tadbirkorlikka layoqatligi hamda kasb-hunarga egalik qilinishida namoyon bo‘ladi.
“Nanoiqtisodiyot” intellektual salohiyatiga ega bo‘lgan kamolot davridagi insonning iqtisodiy faoliyati va individual xo‘jalik yuritish qonunlarini o‘rganishga bag‘ishlangan iqtisodiyot fanining yangicha yo‘nalishi sifatida XX asrning 90 yillaridan boshlab shakllanib kelmoqda. Mazkur atama ilk bor 1987 yilda amerikalik olim Kennet Errou tomonidan ilmiy aylanishga kiritildi. Uning ta’rifiga ko‘ra “nanoiqtisodiyot – bu bozor va bozorga xos bo‘lmagan sharoitlarda individual iqtisodiy agentlarning iqtisodiy xatti–harakati to‘g‘risidagi nazariyadir”. So‘ngra, rus olimi G.Kleyner 1996 yilda nanoiqtisodiyotga diqqat-e’tiborini qaratib, uni iqtisodiy nazariyaning tegishli qismi sifatida “jismoniy shaxslarning iqtisodiyoti”ni tavsiflovchi fan deb, ko‘rib chiqqan .
Nanoiqtisodiyot atamasi hozirgi vaqtda nanotexologiyalardan foydalanadigan iqtisodiy sektorini tavsiflash maqsadida ham ishlatiladi. Ed Kupoli fikricha “nanoiqtisodiyot - bu nanotexnologiyalar orqali texnologik o‘zgarishlarga taalluqli bo‘lgan boylikni yaratish va taqsimlash jarayonini o‘rganuvchi iqtisodiyotning bir sohasidir . Ayrim olimlar nanoiqtisodiyotni bilimlarga asoslangan iqtisodiyot deb ham tavsiflaydilar .
Fikrimizcha, nanoiqtisodiyot bu iqtisodiyot nazariyasining individual (inson) darajasidagi fan yo‘nalishi bo‘lib, u iqtisodiy munosabatlar tizimida jismoniy shaxslarning manfaatlariga asoslangan xulq-atvori, iqtisodiy salohiyati va qiyofasi, insoniy kapitali hamda individning bozor usulida xo‘jalik yuritish san’ati va mahoratini o‘rganishga bag‘ishlangan umumiqtisodiy fandir.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə