Ishlab chiqarishda boshqaruv


Jarayonlar bо‘yicha innovatsiyalar



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə14/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

Jarayonlar bо‘yicha innovatsiyalar texnologik yangi yoki texnologik jihatdan sezilarli darajada takomillashtirilgan ishlab chiqarish, shuningdek mahsulotlarini yetkazib berish usullarini ishlab chiqish yoki joriy etishni о‘z ichiga oladi. Bu turdagi innovatsiyalar yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning yangi usullaridan foydalanishga yoki ularni birgalikda qо‘llashga, shuningdek tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga asoslangan bо‘lishi mumkin. Bunday innovatsiyalar, odatda, tashkilotda ilgari mavjud bо‘lgan mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki yetkazib berishning samaradorligini oshirishga qaratilgan bо‘lishi, shuningdek odatdagi usullar yordamida amalga oshirish imkoni bо‘lmaydigan texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish uchun mо‘ljallangan bо‘lishi mumkin.
Jarayonlar bо‘yicha innovatsiyalar Sizning tashkilotingiz uchun yangi bо‘lishi kerak. Siznig tashkilotingiz bu innovatsiyalarni birinchi bо‘lib joriy qilgan bо‘lishi muhim emas. Jarayonlar bо‘yicha innovatsiyalar Sizning tashkilotingiz yoki boshqa tashkilot tomonidan ishlab chiqilganligining ahamiyati yо‘q.
Texnologik innovatsiyalarga quyidagilar kirmaydi:
- mahsulotdagi estetik (rangida, bezatilishida) о‘zgartirishlar;
- mahsulotning konstruktiv vazifalarini о‘zgartirmaydigan, uning yoki tarkibiy qismi hisoblangan materiallar va komponentlarning kо‘rsatkichlariga, xususiyatlariga, narxiga yetarlicha sezilarli ta’sir kо‘rsatmaydigan texnik va tashqi kо‘rinishda sezilarsiz darajadagi о‘zgartirishlar;
- vaqtinchalik talabni va tashkilotning daromadlarini ta’minlash maqsadida tashkilot tomonidan ilgari ishlab chiqarilmagan, ammo mahsulotlar, ishlar, xizmatlar bozorida yetarlicha ma’lum bо‘lgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarishini yо‘lga qо‘yish (boshqa ixtisoslik bо‘yicha bо‘lishi ham mumkin) evaziga ularning turlarini kо‘paytirish. Masalan, mashinasozlik zavodida mavsumiy talabdan foydalangan holda yozgi davrda boshqa ixtisoslik bо‘yicha mahsulot, ya’ni mix ishlab chiqarilishi;
- ma’lum modeldagi qо‘shimcha dastgohlarni о‘rnatish, hatto ularni shu modelning oxirgi modifikatsiyaga almashtirish evazi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
- tо‘laligicha boshqa tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan va tayyorlangan innovatsion tovarlar, ishlar, xizmatlarni sotish;
- tashkiliy va boshqarish bо‘yicha о‘zgartirishlar.
Quyidagi о‘zgartirishlar, agar ular yangi yoki sezilarli yaxshilangan xizmatlarni, ularni ishlab chiqarish va yetkazib berish usullarini joriy etishga bevosita bog‘liq bо‘lmasa, texnologik innovatsiyalar hisoblanmaydi:
- tashkiliy va boshqarish bо‘yicha о‘zgartirishlar (jumladan: boshqarishning ilg‘or usullariga о‘tish, jiddiy о‘zgartirilgan tashkiliy tuzilishni joriy etish, tashkilotning iqtisodiy strategiyasida yangi yoki sezilarli о‘zgartirilgan yо‘nalishlarni amalga shirish);
- sifat standartlarini joriy etish.



Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə