Ishlab chiqarishda boshqaruv


Dastlabki innovatsion g’oya va ilmiy maktablarning shakllanishi. Klassik nazariyalar



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə12/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

2.Dastlabki innovatsion g’oya va ilmiy maktablarning shakllanishi. Klassik nazariyalar.
Iqtisodiyot ilmining turli yo’nalishlari o’zlarining yo’nalishlari doirasida innovatsiya nazariyasiga turli yondashuvlar mavjud. Shu sababli mavzuning ushbu bo’limida innovatsiya nazariyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini hamda innovatsiya nazariyasi evolyutsiyasining asosiy qonuniyatlarini ko’rib chiqamiz.
Iqtisodiyot ilmining turli yo’nalishlarida innovatsiya nazariyasining shakllanishi muammosiga bag’ishlangan ishlar avvalambor G. Xosyersa, R. Smitsa, M. Larangi, E. Uarab va K. Flanaganblarning ishlarida o’z aksini to’gan. Gert-Yan Xos’ers o’zining “Yozef Shumpeter va uning innovatsiyalar tadqiqotidagi merosi” nomli ishida Y. Shumpeterning neoklassiklar doirasida yo’zaga kelgan innovatsiya nazariyasi haqidagi qarashlarini tahlil etgan2. Rud Smits o’zining “XXI asrda innovatsiyalar haqidagi ta’limotlar: Iste’molchilar tomonidan savollar” nomli ishida innovatsiya tadqiqotlarida jarayonli va tizimli yondashuvchi maktablarni ajratib ko’rsatadi3. Manuel Larangya, Elvira Uarab va Kiron Flanaganblar o’zlarining “Fan, texnologiya va innovatsiya sohasidagi siyosat: turli darajalarda hududiy siyosatni nazariy asoslash” nomli ishlarida mavjud yo’nalishlarni (endogen o’sishning neoklassik nazariyasi, o’sishning yangi nazariyasi, neomarshalianning klaster yondashuvi, evolyutsion-strukturalistik yondashuv, institutsional tizimli yondashuv) innovatsion siyosat uchun tavsiyalar ishlab chiqish nuqtai nazaridan tahlil qilaganlar4.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi – innovatsiya ekanligiga hech kimda shubha yo’q. Endi innovatsiya nazariyasi vujudga kelishiga tarixiy manbalar tahlilini qilib ko’ramiz.
Adam Smit o’zining 1776 yilda chop etgan “The Wealth of Nation” nomli monografiyasida nafaqat bozor tizimi (talab va taklifning nisbati), balki yangi texnologiyalar yordamida raqobatbardoshlikni yanada oshirish ham kapitalizmning tashkiliy mexanizmi sifatida xizmat qilishi to’g’risida ta’kidlab o’tgan. Vaqt o’tgan sari mazkur postulat yanada keng va yanada salmoqli ahamiyat kasb eta boshladi va hozirgi kunda tashkilot va kompaniyalar ochiq bozordagi raqobat kurashida innovatsiyalardan amaliy omil sifatida foydalanamoqdalar.
Iqtisodiy adabiyotlarda innovatsiya nazariyalarini bir butun sifatida tadqiq etilgan ishlar juda ham kam uchraydi. Innovatsiya mavzusining evolyutsiyasiga keladigan bo’lsak, o’tdan asrning adabiyotlar tahlili quyidagi tarixiy bosqichlarni aniqlash imkonini berdi:
    • 10-30 yy. – nazariyaning fundamental asoslari shakllanishi;


    • 40-60 yy. – avvalgi davr tayanch innovatsion g’oyalarni rivojlantirish va batafsil o’rganish;


    • 70- yy.ning o’rtasidan to hozirga qadar.


Innovatsiyalarning fundamental asoslari shakllanishida “katta to’lqinlar” nazariyasi asoschisi N.D. Kondratyevning tadqiqotlaridan boshlash to’g’riroq bo’lardi. Holbuki, u katta to’lqinlar shakllanishida texnik o’zgarishlarning rolini aniq ko’rsatib bermagan bo’lsa-da, katta to’lqinlarning ko’tarilishi chog’ida amalga oshmagan ixtirolar amalda o’z ifodasini topishini nazarda tutgan.


N.D. Kondratyev o’zining tadqiqot faoliyati natijasida quyidagi asosiy holatlarni aniqlagan:

Keyinchalik uning ilmiy qarashlariga Y. Shumpeter tomonidan qo’shimcha kiritildi va u katta to’lqinlarning paydo bo’lishida texnik o’zgarishlar asosiy o’rin tutishini asoslab berdi. Innovatsion rivojlanish nazariyasi asoschisi Y.Shumpeter o’z tadqiqotlarida quyidagi asosiy holatlarga e’tibor qaratgan5:



  • iqtisodiy innovatsiyalarni faqat sanoat bilan bog’lagan holda ularga asosiy urg’u bergan;


  • “kashfiyot” va “yangilik” tushunchalarini ajratgan;


  • iqtisodiyotda dinamik o’zgarishlar innovator-tadbirkor tufayli roy beradi deb ta’kidlagan;


  • global davriy inqirozdan faqatgina yangi texnologik qatlamdagi tayanch innovatsiyalarni jahon miqyosida rag’batlantirish orqaligina chiqib ketish mumkin deb ta’kidlagan.


U Kondratyev tsikllarini harakatga keltiruvchi kuch sifatida texnik revolyutsiya tushunchasini kiritdi. U bug’ dvigatelining ixtiro qilinish birinchi Kondratyev to’lqiniga (1818-1842 yy.), temir yo’lning ixtiro qilinishi ikkinchi to’lqinga (1843-1897 yy.) va elektr dvigateli hamda avtomobilning ixtiro qilinishi uchinchi to’lqinga (1898-1949 yy.) to’g’ri kelishi bejiz emasligini ta’kidlaydi. Y. Shumpeter ushbu o’zgarishlarni innovatsion faollik va tadbirkorlikning gurkirab rivojlanishi bilan bog’laydi.


D. Kondratyevning maslakdoshi P.Sorokin ijtimoiy-madaniy sohada innovatsiyalarning asosini yaratdi, ya’ni u – ijtimoiy muhitda innovatsion rivojlanish nazariyasi asoschisi bo’lib, madaniyat va jamiyatning bir nechta turini aniqlagan6. Unga ko’ra madaniyat va jamiyat turlaridan birining afzal ko’rilishi jamiyat, mamlakat va madaniyatning o’ziga xos jihatlarini ko’rsatib beradi.
Shu tariqa 30 yil davomida innovatsion rivojlanishning fundamental asoslari yaratildi.


Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə