Ishlab chiqarishda boshqaruv


Zamonaviy innovatsion nazariyalar



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə15/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

4.Zamonaviy innovatsion nazariyalar.
Innovatsion rivojlanish nazariyasi rivojlanishining keyingi bosqichi – fundamental xususiyat kasb etmaydi (O’tgan asrning 40-yillardan 70-yillarning o’ratalariga qadar). Ko’pgina olimlarning fikricha, bunga ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi qurol-yaroq poygasining ta’sir i katta bo’lgan. Barcha tadqiqotlar amaliy xususiyat kasb etdi. Ammo innovatsiyalar nazariyasi rivojlanishida jiddiy siljishlar sodir bo’ldi.
Ushbu davrdagi fundamental ishlarga ingliz olimi J.D. Bernalning “Jamiyat tarixidagi fan” (“Science in history”) nomli monografiyasni kelitirshimiz mumkin. Ushbu monografiyasida u – ilmiy, texnik va ijtimoiy yangiliklar o’rtasida korrelyatsiyani asoslagan. Uning fikricha ilm-fanning rivojlanish davri odatda iqtisodiy faollikning va texnik rivojlanishning kuchayish davri bilan mos ravishda sodir bo’ladi.
Ushbu davrga kelib asosiy e’tibor innovatsiyalarning iqtisodiy o’sish bilan bog’liqligiga katta e’tibor qaratila boshlandi. Bu borada e’tiborli ishlarni amalga oshirgan olimlardan biri S.Kuznets bo’lib, u Shumpeter va Bernallarning g’oyalarini rivojlantirdi. U iqtisodiy o’sish belgilarini shakllantirdi va unga ko’ra milliy mahsulotning barqaror o’sishi, texnik rivojlanish, g’oyaviy, institutsional va boshqa o’zgarishlar iqtisodiy o’sish belgilari hisoblanadi7. S.Kuznets innovatsiyalar faqatgina texnologik emas, balki ijtimoiy jihatga ham egaligini ta’kidlab o’tdi. Yangi texnologiyalar salohiyati amalga oshishi uchun u yoki bu tarixiy davrlarda ustunlik qilgan ijtimoiy o’zgarishlar ham zarur deb hisoblagan va 1971 yilda “Davr innovatsiyasi” (epoxalg’naya innovatsiya) tushunchasini kiritdi. Uning ta’kidlashicha, agar korporatsiyalarsiz sanoat inqilobi, bug’ dvigatellarini qo’llash mumkin bo’lmasdi. Xuddi shunday – qimmatli qog’ozlar bozorisiz temir yo’l tarmog’i rivojlanmasdi.
Innovatsiyalar nazariyalarining zamonaviy bosqichi nemis olimi Gerxard Menshning Kondratyev va Shumpeterning “katta to’lqinlar” nazariyasiga bag’ishlangan “Texnologik pat: innovatsiyalar depressiyadan ustun” nomli monografiyasidan boshlanadi. U iqtisodiy o’sish va (tayanch yangiliklar paydo bo’lishi oqibatidagi) davriylikni o’zaro bog’lashga harakat qilgan.
Uning fikricha tayanch yangiliklar o’zining salohiyatini yo’qotganidan keyin texnik pat holati yuzaga keladi8. Uning tadqiqotlari natijalarini quyidagi asosiy holatlar bilan ajratish mumkin:
  • texnik qatlamning hayot tsiklini tasvirlovchi investitsiyalarning S modelini ishlab chiqqan;


  • “Texnologik pat” tushunchasini kiritgan bo’lib, unga ko’ra innovatsiyalarsiz undan chiqib ketishning imkoni yo’q;


  • innovatsion rivojlanish depressiya fazasidan keyin sodir bo’lishini ta’kidlagan.


Raqobat afzalliklari nazariyasi asoschisi M. Porter innovatsiyalar to’g’risidagi nazariy qarashlari ham innovatsiya nazariyasi rivojiga o’zining salmoqli hissasini qo’shgan deb oylaymiz. U innovatsiyalar va raqobatbardoshlik o’rtasidagi bog’liqlikni o’rgangan9 hamda kompaniyaning raqobat afzalliklarini uning innovatsiyalarni o’tkazish va ularni joriy etishi bilan solishtirgan.


Innovatsiya nazariyalari rivojlanishining uchinchi bosqichida e’tiborga molik tadqiqotlarni olib borgan olimlar sifatida quyidagilarni ta’kidlab o’tish lozim:
S.Y. Glazyev – “texnologik uklad” kontseptsiyasi asoschisi. Uning ta’kidiga ko’ra, texnologik uklad – bu texnikaning o’zaro bog’liq bo’lgan va bir birini ketma-ket almashtiruvchi bir qancha avlodlaridir. Uning “texnologik uklad” kontseptsiyasi Kondratyevning “katta to’lqinlar” nazariyasi asosida yaratilgan deyish to’g’ri bo’lardi. Birinchi texnologik uklad birinchi Konratyev to’lqiniga, ikkinchi uklad ikkinchi to’lqinga v.hk. to’g’ri keladi. Hozirda ‘ostindustrial mamlakatlar oltinchi texnologik ukladga o’tish jarayonida turishibdi.
Amerikalik iqtisodchi B.Tviss – innovvatsiyalarga jarayon sifatida qaragan va kashfiyotlar yangiliklarga aylanishining muvaffaqqiyatliligi bog’liq bo’lgan omillarni ko’rib chiqqan10. Uning ta’kidlashicha innovatsiya – jarayon bo’lib, unda kashfiyot yoki g’oya iqtisodiy mohiyatga ega bo’ladi.
Kristofer Frimen – “milliy innovatsion tizimlar” (MIT) kontseptsiyasi asoschisi. Frimenning ta’kidlashicha MIT – bu “xususiy va davlat institut va tashkilotlari tarmog’i bo’lib, ularning faoliyati hamda o’zaro aloqalari yangi texnologiyalarning vujudga kelishi, import qilinishi, modifikatsiyalanishi va tarqalishiga olib keladi”.
A.Klyaynknext – G.Mensh nazariy qarashlarining ko’pgina jihatlarini tanqidiy qarshi oldi va rivojlantirdi. U G.Menshning depressiya bosqichida yangiliklar klasteri shakllanishiga oid fikrlariga aniqlik kiritgan. Uning aniqlashicha, mahsulotlarga yangilik kiritish (mahsulotlar innovatsiyasi) depressiya fazasida sodir bo’ladi, jarayonga yangiliklar kiritish (jarayonlar innovatsiyasi) esa katta to’lqinnig o’sish bosqichida sodir bo’ladi.
Mahsulotlar innovatsiyasi va jarayonlar innovatsiyasi o’rtasidagi farqni R.Kumbos va A.Klyaynknextlarning o’zaro hamkorlikda yozgan ishlarida keltirilgan quyidagi klassifikatsiyadan aniq va ravshan ko’rish mumkin11:
  • “Sof” mahsulotlar innovatsiyasi (so’nggi iste’mol uchun mo’ljallangan);


  • yangi meditsina jarrohligi, apparatlari va dori-darmonlari;


  • yangi investitsion tovarlar (eng avvalo iste’mol tovar va xizmatlarini ishlab chiqarishga yo’naltirilgan);


  • yangi texnik uskunalar (ham investitsion ham iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishda foydalanish imkoni mavjud bo’lgan);


  • ilmiy instrumentlar (laboratoriya tadqiqotlari uchun mo’ljallangan ammo keyinchalik sanoat maqsadlarida foydalanilshi mumkin bo’lgan);


  • “Sof” jarayonlar innovatsiyasi (faqat ishlab chiqarish omillarini tejashga yo’naltirilgan).


Elvin Toffler – postindustrial jamiyat kontseptsiyasi mualliflaridan biri bo’lib, o’zining ilmiy asarlarida insoniyat yangi texnologik inqilobga o’tmoqda deb ta’kidlaydi va jamiyat rivojlanishini uch “to’lqin”: agrar, sanoat, axborot to’lqinlariga ajratadi12. Shu boisdan ham ko’pgina adabiyotlarda uchinchi to’lqin, ya’ni axborot to’lqini “axborot inqilobi” yoki “texnologik inqilob” deb ham ataladi. U innovatsion jarayonlarni uch bosqichga, ya’ni ijod, amaliyotda qo’llash va va jamiyatga tarqatish bosqichlariga ajratadi13.


Innovatsiya nazariyalari rivojining uchinchi bosqichidagi metodologik ishlar sifatida Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ishlab chiqqan “Fraskati qo’llanmasi” hamda IHTTning Yevrostat bilan birgalikda ishlab chiqqan “Oslo qo’llanmasi”ni ta’kidlab o’tish lozim, deb oylaymiz. Mazkur hujjatlar fan va innovatsiyalar statistikasi metodologiyasiga bag’ishlangan ilk hujjatlar hisoblanadi14. “Innovatsiya” atamasi rivojlanishi davomida unga turli xil ta’riflar berilgan. Shularning eng to’g’risi sifatida Fraskati va Oslo qo’llanmalarida keltirilgan ta’riflarni keltirish mumkin15. Mazkur qo’llanmalar ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni chuqurlashtirish, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlari va natijalari to’g’risida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishga imkon beruvchi ishonchli statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo’yicha uslubiy qo’llanma bo’lib xizmat qilmoqda.
Shunday qilib, innovatsion rivojlanishning nazariy asoslarini tahlil qilib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
  • hozirda iqtisodiyot ilmida innovatsion rivojlanishning ko’plab nazariyalari, kontseptsiya va gipotezalari mavjud. Odatda ushbu nazariya va kontseptsiyalar o’zidan oldingilarning birlashtiruvchi davomi hisoblanadi;


  • innovatsion rivojlanish nazariyasi asosining shakllanishi davrlar va inqirozlarning umumiy nazariyasi vujudga kelishi doirasida sodir bo’lgan. U Kondratyevning “katta to’lqinlar nazariyasini rivojlantirish natijasida shakllandi;


  • innovatsion rivojlanish nazariyasi shakllanishining uchinchi bosqichida asosiy e’tibor hududiy jihatga, ya’ni turli mamlakatlar va madaniyatlarning innovatsion faolliklaridagi tebranishlarga qaratildi. Innovatsion faollik epitsentri vaqti-vaqti bilan siljib turdi. Barcha mamlakatlar innovatsion rivojlanishga katta e’tibor qaratib o’zlarining innovatsion rivojlanish kontseptsiyalarini yaratdilar.






Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə