Ishlab chiqarishda boshqaruv



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə18/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyada innovatsion rivojlanish modelining asosini ta’lim muassasalari tashkil qiladi. Innovatsion sikl bosqichlari ham to‘liq bo‘lib, amaliy, fundamental ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirilishi va ularni tijoratlashtirish uchun yetarli shart-sharoit yaratilgan. Shuningdek, soliq imtiyozlari, ingellektual mulkni himoyalash, loyihalarni imtiyozli moliyalash orkali davlat tomonidan innovatsion faoliyat qo‘llab- quvvatlanadi.
Buyuk Britaniyada taxsil olayotgan xorijiy talabalar soni bo‘yicha AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Jumladan, mamlakatning nufuzli ta’lim dargohlarida yiliga 420 ming nafardan ko‘p xorijiy talabalar taxsil oladi. O’z navbatida davlat tomonidan yuqori malakali kadrlarni jalb qilish maqsadida turli grantlar beriladi. Shuning uchun Buyuk Britaniyada ilmiy salohiyatli kadrlar sonining o‘sishi, umumiy mehnat resurslarining o‘sish tempiga nisbatan tezroq hisoblanadi.
Bugungi kunda Buyuk Britaniya olimlari insonlarning DNK tarkibini o‘rganish, klonlashtirish, yuqori o‘tkazuvchanlik, radiofizika, ozon tuynugi, kompyuter tomografiyasi, molekulyar biologiya, farmatsevtika borasidagi kashfiyotlari uchun olingan Nobel mukofotlari AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi.
Buyuk Britaniyada intellektual mulkka egalik xuquqi bevosita ta’lim muassasalar yoki ilmiy tadqiqot institutlariga berilgan. Shuning uchun ilmiy xodimlar va olimlarning ishlanmalari uchun oliy ta’lim muassasalari mas’ul hisoblanadi.
Lafboro universitetida foyda quyidagicha taksimlanadi: avval ilmiy ishlanmani bozor harajatlari, ya’ni patentlashtirish, marketingini yuritish, safar va biznes-reja kabilar to‘liq to’lanadi. Shundan so‘ng, qolgan daromadning 50 % ni kashfiyotni amalga oshirgan olim, 25 % ni — fakultet va 25 % ni universitet qoshidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashuvini tashkil qiluvi ofis oladi.
Bugungi kunda yuqori ta’lim sifat ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan Oksford universiteti qoshida tashkil qilingan “1315-innovatsion” kompaniyasi asosan innovatsion texnologiyalarni transferini va ilmiy ishlanmalarni savdosini tashkil etadi. “1315-innovatsion” kompaniyasi 1997 yilda tashkil etilgan bo‘lsada, 10 yildan keyin foyda olishga erishgan. Buyuk Britaniyaning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari 3 ta yo‘nalishda shakllangan: birinchidan davlat sektori (amaliy va fundamental tadqiqotlar olib boradi), ikkinchidan oliy ta’lim sektori (fundamental tadqiqotlar olib boradi) va uchinchidan xususiy sektor (amaliy tadqiqot va ishlanmalar olib boradi hamda yangi texnologiyalarni iste’molchisi yoki buyurtmachisi bo‘ladi).

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə