Ishlab chiqarishda boshqaruv


Germaniya Germaniya davlati Yevropa ittifoqining Shvetsariya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Finlyandiya kabi ayrim davlatlaridan keyingi 12



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə19/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

Germaniya
Germaniya davlati Yevropa ittifoqining Shvetsariya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Finlyandiya kabi ayrim davlatlaridan keyingi 12 o‘rinda bo‘lishiga qaramay, Germaniya iqtisodiyoti raqobatbardoshligi bo‘yicha 5 o‘rinda, innovatsiyalarni rivojlantirish va ko‘llab quvvatlash muhiti bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda turadi.
Yevropadagi yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaradigai 10 ta yirik kompaniyalarning 5 tasi Germaniyada tashkil etilgan.
Germaniyada ilmiy tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirishda davlat hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Masalan, oliy ta’lim muassasalarining 80 % ilmiy tadqiqot xarajatlari davlatga qarashli 5 ta yirik ilmiy birlashmalar hisobidan moliyalashtiriladi. Germaniyadagi 20 % ilmiy-tadqiqot ishlari va bu sohada ish bilan band bo‘lgan jami iqtisodiy faol aholining 30 % universitetlarda faoliyat yuritadi. Germaniyada ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha olinayotgan patentlarning 75 % aynan kichik biznes sub’yektlari xissasiga to‘g‘ri kelib, jami 32 mingga yaqin biznes sub’yektlari ilmiy tadqiqot ishlariga investitsiya kiritishga va jalb qilishga ixtisoslashgan. Ular tomonidan yaratilgan ilmiy texnika yangiliklarining kommersiyasi 110 mingga yaqin kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Janubiy Koreya
Davlatning innovatsiya siyosati xorijiy ilmiy tadqiqot markazlarini jalb qilishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda Koreya fan va texnologiyalar hamda iqtisodiyot vazirligi tomonidan bir qator dasturlar amal qiladi. Masalan, 2010 yildan Koreya texnologiyalarni rivojlantirish instituti tomonidan ishlab chiqilgan dastur milliy va xalqaro ilmiy tadkiqot markazlari faoliyati integratsiyasini ta’minladi. Koreya olimlarining xalqaro ilmiy loyihalardagi ahamiyatini oshirdi.
Koreyada quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilandi.
  • nanotexnologiyalar va yangi innovatsion materillarni yaratish;


  • axborot va kommunikatsiya texnologiyalari: yangi texnologiyalar, internet-texnologiyalar va robot texnikasini rivojlantirish;


  • energetika.


Bugungi kunda Janubiy Koreyaniig 1000dan ortiq innovatsion loyihalarida AQSH, Kanada, YEI, Yaponiya, Xitoy, Isroil va Rossiya kabi davlatlarning ishtirok etishi, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun yaratilgan innovatsion muhit ham yuqori darajada.




Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə