Ishlab chiqarishda boshqaruv


Innovatsion jarayonlar modellari



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə27/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

2. Innovatsion jarayonlar modellari
Zamonaviy iqtisodiyotda innovatsiya jarayonlarini rivojlantirishning bir qancha printsipial xususiyatlari va yo’nalishlarini ifodalash mumkin (ularning ayrimlari yangi yo’nalish emas, balki innovatsiyalarning yangi tushunchalari hisoblanadi):
1. Tadqiqotlar va ishlanmalar innovatsiyalar uchun bilimlarning yagona manbai hisoblanmaydi. Bozorni o’rganish, raqobatchilar va sheriklar tajribasi innovatsion axborotning ko’p foydalanadigan manbalarini tashkil qiladi.
2. Innovatsiyalar iqtisodiyotning faqat ilmtalab sektorlari uchun imtiyoz hisoblanmaydi. Innovatsion faollik muhim va bugungi kunda sanoat tarmoqlari, xizmatlar sohasi hamda iqtisodiyotning davlat tarmog’i, jumladan, davlat boshqaruvi organlarida amalga oshirilmoqda.
3. Innovatsion jarayonning chiziqli modeli (fundamental tadqiqotlardan tijorat uchun sotish) noto’g’ri. Innovatsiyani zamonaviy tushunish innovatsion jarayonlarning interfaol va tizimli modelidan boshlanadi va ushbu modelda innovatsiya tizimlari (mintaqaviy, milliy va xalqaro) muhim o’rin tutadi. Mazkur tizimlar doirasida esa yangi ilmiy va texnologik bilimlar yaratiladi, joriy etiladi hamda ulardan foydalaniladi, innovatsion jarayonlar qo’llab-quvvatlanadi.
4. Innovatsiyalar jadallashmoqda va ularni rag’batlantirish raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun muhim hisoblanadi.
5. Innovatsion jarayonlar yanada globallashmoqda.
6. Korxonalar keng ko’lamli texnologiyalarga tayangan holda, ko’p hollarda bilimlarni tashqaridan olishga majbur bo’lmoqda. Texnologik algyanslar, ilmiy tashkilotlar bilan shartnomalar, innovatsion faol korxonalar tarmoqlari va klasterlari soni ko’paymoqda.
Iqtisodiy rivojlanishda axborot va bilimlarning muhimligini umumiy anglashni e’tirof etish, siyosiy doiralar, biznes vakillari, menejerlarning raqobatbardoshlikni ta’minlashda innovatsiyalar muhim rol o’ynashiga qat’iy ishonishi bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirishni belgilovchi yana bir zamonaviy yo’nalishdir. Bu yo’nalishni rivojlanish omili sifatida baholamay bo’lmaydi. Jamiyat va iqtisodiyot “aksini ko’rsatuvchi, reflektsiyali tizimlar” hisoblanadi, iqtisodiy o’sish omillari to’g’risidagi tasavvurni o’zgartirish o’z-o’zidan bu tizimlarni ham o’zgartiradi va ularning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Bilimlar va innovatsiyalar muhimligini anglash menejmentning ma’lum darajada bozorlarda firmalar o’zini tutishi va ularni rivojlantirish strategiyasini belgilaydigan zamonaviy yo’nalishlarini shakllantiradi (bilimlarni boshqarish, innovatsiyalarni boshqarish). Buni davlat darajasida anglash bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishning davlat strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqishga undaydi.
Keyingi o’n yilda bilimlarni yaratish, yetkazib berish va qayta ishlash vositalariga ta’sir ko’rsatgan texnologik o’zgarishlar, ularni yaratish va yetkazib berish, texnologik o’zgarishlar ko’lami ayrim ekspertlarning yangi bilimlar davri bo’sag’asida turganimiz haqidagi taxminga kelishini taqozo etdi. Og’zaki an’analar, yo’zma so’z, keyinchalik esa bosma so’zlarga asoslangan bilimlar shakllaridan boshlab, raqamli ommaviy axborot vositalari rivojlanishi
tarmoqlarni yetkazib berishlarini jadallashtiradigan gorizontal o’q va birikishni jadallashtiradigan vertikal o’q bo’yicha mislsiz kengaytirishni rag’batlantirdi. Xalq farovonligini ta’minlash va mamlakatimizning jahondagi yuqori ‘ozitsiyani saqlash uchun ko’proq va tezkor muloqot qilishimizni talab qiladigan davrga qadam qoymoqdamiz. Interfaollik – ushbu yangi bilimlar uslublarining yana bir o’ziga xos xususiyatidir. Aslida esa, manbadan jamiyatga markazlashtirilgan kommunikatsiyani ta’minlaydigan radio, televidenie yoki matbuot kabi “bir tomonlama ommaviy axborot vositalari” va ilk bor masofadan turib “yuzma-yuz” gaplashish imkonini bergan telefon yoki kechiktirmasdan bog’lanishni, multimediya interfeyslari, avvalambor, ulangan odamlar va tashkilotlarga real vaqtda o’zaro hamkorlik qilish imkonini taklif etadigan internet kabi interfaol ommaviy axborot vositalari o’rtasidagi farqni aniqlashimiz darkor.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə