Ishlab chiqarishda boshqaruv


-MAVZU. Innovatsion loyiha va dasturlarning iqtisodiy tahlil qilish va baholash uslubiyoti



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə29/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

6-MAVZU. Innovatsion loyiha va dasturlarning iqtisodiy tahlil qilish va baholash uslubiyoti.
Reja:
1. Innovatsiyalarni boshqarishning nazariy asoslari
2.Innovatsion loyiha: maqsad, mohiyat va amalga oshirish yo’nalishlari
3.Innovatsiyalar samaradorligini baholash va ularning axborot texnologiyalari .
1. Innovatsiyalarni boshqarishning nazariy asoslari
Milliy iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirishda innovatsion jarayonlarni samarali boshqarish innovatsion faoliyatning muhim jihatlaridan hisoblanadi. Shu bois, sanoat korxonalaridagi mavjud moddiy-texnik bazani yangilash, ishlab chiqarish obyektlarini rivojlantirish, yangi faoliyat turlarini о‘zlashtirish, ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonalarda innovatsion muhitni yaratish, innovatsion ishlab chiqarishni rag‘batlantirish innovatsion jarayonlarni strategik boshqarishning asosiy vazifalaridan biridir.
Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizasiyalash, raqobatchilikka asoslangan biznes muhitini yanada rivojlantirishda davlat tomonidan innovatsion siyosatni olib borish muhim ustuvor yо‘nalishlardan hisoblanadi. Chunki davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan xо‘jalik subyektlarida innovatsion jarayonlarni strategik boshqarishning ahamiyati ortib bormoqda.
Sо‘nggi paytlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar, mutaxassislar hamda olimlarning ilmiy tadqiqotlarida “innovatsiya”, “innovatika”, “innovatsion faoliyat”, “innovatsion muhit”, “innovatsion jarayonlar”, “innovatsion salohiyat”, “milliy innovatsiya tizimi”, “innovatsion mahsulot”, “innovatsion ishlab chiqarish”, “innovatsion hudud” kabi atamalarga kо‘proq urg‘u berila boshlandi.
“Innovatsion jarayonlar” iborasi ilmiy tadqiqotlarimizda о‘rganish obyektidan biri bо‘lganligi bois maqolada mazkur iboraga alohida tо‘xtalib о‘tamiz. Innovatsion jarayonlarni boshqarishga oid ilmiy adabiyotlarda “innovatsion jarayon” atamasiga – g‘oyalarni aniq bir mahsulot kо‘rinishiga kelishini belgilovchi, yangi texnika va texnologiyalar hamda xizmatlardan foydalanishni ommalashtiradigan, ilmiy bilimlarni innovatsiyaga aylanishini ta’minlaydigan jarayon deb ta’rif berilgan [1].
Demak, innovatsion jarayonlarning boshqarish strategiyasini umumiy tarzda mamlakatning iqtisodiy mavqeini mustahkamlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, iste’molchilarning talablarini qondirish va yuqori texnologik ishlab chiqarishni ta’minlashga yо‘naltirilgan maqsadlarga erishishning boshqaruv rejasi, deb aytishimiz mumkin. Xususan, innovatsion ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida aniq strategiyani tanlash – innovatsion rivojlanishning mumkin bо‘lgan turli yо‘llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olishdir. Shu bilan birga strategiyani tanlash о‘z navbatida, innovatsion faoliyatni jadallashtirish, sanoat korxonalarini raqobatga bardoshlilik harakatlarini yagona tizimga keltirishdan iborat.
Mutaxassislarning fikricha, sо‘nggi 10 yil ichida rivojlangan mamlakatlarda ilmiy hajmdor yuqori texnologiyalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda ushbu mahsulotlar eksporti mikroelektron, optik tola, radioelektron, lazer, yadro va kompyuter texnologiyalari kabi sohalarda sezilarli о‘sishga erishilmoqda

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə