Ishlab chiqarishda boshqaruv


-jadval Ilmiy hajmdor yuqori texnologiyalari rivojlangan mamlakatlar



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə30/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

1-jadval
Ilmiy hajmdor yuqori texnologiyalari rivojlangan mamlakatlar




Texnologik sohalarning nomlanishi


Yuqori darajada
rivojlangan mamlakat

1

Yangi materiallar texnologiyasi

AQSH, Rossiya


2

Mikroelektron texnologiyalari

Yaponiya, Xitoy


3

Optik tola va elektron texnologiyalar

AQSH, Xitoy


4

Lazer texnologiyalari

AQSH, Rossiya


5

Radioelektron texnologiyalari

AQSH, Yaponiya


6

Kompyuter texnologiyalari

AQSH, Yaponiya, Hindiston, Xitoy


7

Axborot va kommunikasiya texnologiyalari

AQSH, Yaponiya, Xitoy


8

Yadro texnologiyalari

AQSH, Rossiya


9

Sanoat uskuna va vositalari ishlab chiqarish texnologiyasi

Germaniya, Xitoy


10

Dvigatel qurilmalarini ishlab chiqish texnologiyasi

AQSH, Germaniya


11

Energetika va energiyani saqlash texnologiyalari

AQSH

12

Biotexnologiya


Yaponiya, Isroil


13

Nanotexnologiya

AQSH, Rossiya


14

Farmasevtika

AQSH, Hindiston, Rossiya



1-jadval ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, ilmiy hajmdor yuqori texnologiya sohalari rivojlangan mamlakatlar orasida AQSH katta salohiyatga ega. Chunki hisob-kitoblarga kо‘ra, AQSH yiliga 390 mlrd. AQSH dollari atrofida innovatsiya va inson kapitali uchun davlat hisobidan moliyaviy mablag’ ajratadi.

Global iqtisodiy raqobatda faqatgina fan-texnika rivojiga qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan mamlakatlardagina faoliyat yuritayotgan xо‘jalik subyektlari katta ustunlikka ega bо‘lib bormoqda. Jumladan, Amerika Qо‘shma Shtatlarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bilan shug‘ullanayotgan muassasalarga ajratilayotgan davlat xarajatlari YAIMni 2,8 foizni tashkil qilgan [2]. Ilmiy-tadqiqot sohasiga ajratilayotgan davlat xarajatlari yiliga 10 foizdan ortib bormoqda. Mazkur sohani moliyalashtirish manbalari xususiy firma va tashkilotlar, venchur moliyalashtirish fondlari, federal shtat hamda davlat byudjeti mablag’laridan iborat.


Yaponiyada esa YAIMning 3 foizi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilmoqda. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik muassasalariga yо‘naltirilgan jami xarajatlarning 80 foiz nodavlat tashkilotlariga, 20 foizi davlat xarajatlariga tо‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarga kо‘ra, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan yaponiyaliklarning 13 foizi fundamental, 25 foizi amaliy hamda 62 foizi tajriba-konstruktorlik ishlariga tо‘g‘ri keladi.
Bu borada О‘zbekistonda ham inson kapitalini rivojlantirish darajasiga katta e’tibor berilmoqda. Ma’lumotlarga e’tibor beradigan bо‘lsak, 2012 yilda davlat jami xarajatlarining 59,2 foizi ijtimoiy sohaga yо‘naltirilgan bо‘lib, shundan 34 foizdan ortig‘i ta’lim tizimini moliyalashtirishga sarflandi. Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish borasida olib borilayotgan say-harakatlarning natijasini xalqaro tashkilotlar tomonidan bayon etilayotgan ma’lumotlarda ham kо‘rishimiz mumkin.
Fransiyadagi dunyoning eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” xalqaro biznes maktabining Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlagan 2012 yilgi “Innovatsiyalarning global indeksi” ma’ro’zasidagi ma’lumotlarga kо‘ra, О‘zbekiston inson kapitalini rivojlantirish bо‘yicha 141 mamlakat orasida 35-о‘rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi bо‘yicha 2-о‘rinni band etgan [3].
Tadqiqotlarning kо‘rsatishicha XXI asrning boshlariga kelib inson kapitaliga investisiya kiritish resurslarni joylashtirishning eng samarali usuliga aylanib bormoqda. Dunyo tajribasi shuni kо‘rsatadiki, mamlakatning ilg‘or ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va uning tashqi bozordagi raqobatbardoshligi rivojlangan milliy innovatsion tizimning mavjudligi orqali ta’minlanmoqda. Demak, milliy innovatsion tizim barcha elementlarining shakllanishi va samarali о‘zaro ta’siri davlat innovatsion siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bо‘lishi zarur.
Chunki davlatning barqaror rivojlanishiga erishishi yetarlicha aniq bо‘lgan innovatsion jarayonlar strategiyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Uning asosida ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining о‘sishi, jamiyat va uning a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish, hayot shart-sharoitlarining sifatini ta’minlashga imkoniyat beruvchi innovatsiyalarni izlash, tayyorlash va amalga oshirishning o’zluksiz va maqsadli yо‘nalgan tadbirlar rejasi yotadi. Mohiyatan, rivojlanishning innovatsion yо‘nalishi ilm-fan yutuqlarini inson faoliyatining barcha muhim yо‘nalishlarida qо‘llash kо‘lamini kengaytirish va ularni foydalanish sohasiga kiritishni ifodalaydi.
Innovatsion jarayonlarni strategik boshqarishda kadrlar salohiyati muhim omillardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, innovatsion jarayonlarni samarali tashkil etish va boshqarish evaziga ilmiy-nazariy bilimlar, innovatsion loyiha va g‘oyalar tijoratlashtiriladi, innovatsiya loyiha va g‘oya kо‘rinishidan aniq mahsulot, texnologiya yoki xizmat kо‘rinishiga о‘tadi. Natijada innovatsiya mahsuli bо‘lgan tovarlar amaliyotga tatbiq etilishi bilan bog‘liq ketma-ket hodisalar zanjiri yo’zaga keladi. Olib borilgan tadqiqotlar asosida mazkur hodisalar zanjirini quyidagicha kо‘rinishda tartiblandi.
Innovatsiyalarning loyiha va g‘oya kо‘rinishidan aniq mahsulot, texnologiya yoki xizmat kо‘rinishiga о‘tishi jarayonini nazariy ma’lumotlarni tahlil etish orqali ilmiy-texnik tayyorgarlik, innovatsion mahsulot ishlab chiqarishga tayyorgarlik, ilmiy-innovatsion tovarlar ishlab chiqarish davri va innovatsion jarayonlarning bir butun yaxlit ketma-ket hodisalar zanjiridan iborat bosqichlar kо‘rinishida tasvirlandi (1-rasm).
Iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlar hozirdanoq nafaqat ishlab chiqarish va iqtisodiyot samaradorligini oshirishga, balki inson tanlovining ehtiyojlari va imkoniyatlarini rо‘yobga chiqarish darajasini sezilarli oshirish va hayotiy faoliyat shart-sharoitlarini yaxshilashni ta’minlashga yо‘l ochadigan innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishga harakat qilmoqdalar.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy hozirgi bosqichida sanoati rivojlangan davlatlarda innovatsion jarayonlarni shakllanishining yangi davri, ya’ni bilimni tо‘plash, tarqatish va ulardan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotga о‘tish jarayoni kuzatilmoqda. Buni sanoat korxonalarining raqobatni kuchayishiga ta’sir etayotganligida kо‘rishimiz mumkin. Bu esa, sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish va boshqaruvni doimo о‘zgarayotgan muhitiga moslashtirib borilishini talab qilmoqda. Natijada innovatsion faoliyatni tashkil etish, shakllantirish va uni strategik boshqarish jarayonlari bilan bog‘liq muammolarni ilmiy va amaliy hal etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salmog‘ini oshirish, innovatsion jarayonlarni faollashtirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish davlat innovatsiya siyosatining ustuvor vazifalaridan bо‘lganligi sababli, mutaxassis hamda iqtisodchi olimlardan yuqori texnologiyalarni mujassamlashtirgan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlashlari talab qilinadi.
Har bir mamlakat о‘z iqtisodiyoti va sanoat ishlab chiqarishini ilmiy-intellektual salohiyatidan kelib chiqib, yangi texnologiyalar, nanotexnologiyalar, vositalar, mashinalar, muqobil energiya manbalari va shu kabi innovatsion faoliyat mahsuli negizida rivojlantirmoqda. Shu jihatdan О‘zbekistonda ham sanoat sohasida yangi texnika-texnologiyalar, qurilmalar va vositalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog‘liq innovatsiya faoliyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda [4].
Mamlakatimizda mavjud soha va tarmoqlarning ishlab chiqarish hajmida innovatsion mahsulotlarni miqdori ortib, sifat jihatdan о‘sib, rivojlanib bormoqda. Tarmoqlarda innovatsion ishlab chiqarishning о‘sishi о‘z navbatida iqtisodiyotni barqaror sur’atlarda о‘sishini ta’minlamoqda. Shuni alohida ta’kidlab о‘tish lozimki, tarmoqlarda barqaror о‘sish ta’minlangan bо‘lsada, ularning iqtisodiy о‘sish sur’atidagi ulushi turlicha bо‘lib, ularni yanada kо‘tarish о‘z navbatida yalpi о‘sishni oshirish imkonini beradi.
Bunda asosiy e’tibor tarmoqlar ichida iqtisodiy о‘sishga qaysi omillar kuchli ta’sir etayotganligi va qaysi tarmoqlarda innovatsion ishlab chiqarishga о‘tishni aniqlash zarur bо‘ladi. Shu bilan birga, fikrimizcha, mamlakatimizda innovatsion jarayonlarni tartibga solish va boshqarishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
– ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyatni tashkil etish va samarali boshqarish milliy tizimini yaratish;
– hududlarning iqtisodiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish darajasini baholash tizimini ishlab chiqish;
– sanoat korxonalari innovatsion faoliyatida risklarni baholash va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish;
– tarmoqlararo innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va qо‘llab-quvvatlash siyosatini ishlab chiqish;
– ilmiy-tadqiqot institutlari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari о‘rtasida innovatsion siyosatni amalga oshirish bо‘yicha о‘zaro integrasiya tizimini shakllantirish;
– milliy innovatsiya tizimni rivojlantirish va uni samarali boshqarishga kо‘maklashuvchi infratuzilmalarni rivojlantirish;
– innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq moliyalashtirish tizimini yaratish.
Demak, mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, sanoat va tadbirkorlik faoliyatida yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, innovatsiya faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish, innovatsion jarayonlarni strategik boshqarish va bu sohadagi munosabatlarni tashkiliy-iqtisodiy tartibga solishni samarali boshqarish mamlakatning innovatsiya siyosatini mazmun-mohiyatini belgilaydi.
Bu borada respublikamizda ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish orqali zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanish va shu orqali milliy iqtisodiyotni modernizasiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, innovatsion jarayonlarni tashkil etish va strategik boshqarish о‘z navbatida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik faoliyatlarini moliyaviy qо‘llab-quvvatlash, yangi qurilma, yangicha yondashuv, innovatsion loyihalarni yaratish va ulardan foydalanish, intellektual faoliyatning mahsuli bо‘lgan patent, guvohnoma, nou-xaularni yaratish va foydalanishga yо‘naltirish bilan bog‘liq strategik rejalarni ishlab chiqish bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etadi.
Natijada respublikamizda innovatsion jarayonlarni rivojlantirish, sanoat korxonalari innovatsion salohiyatini kо‘tarish, inson kapitaliga investisiyalarni samarali yо‘naltirish hamda milliy innovatsiya tizimini shakllantirish istiqbollari tо‘g‘risidagi muammolar mutaxassislar, iqtisodchi olimlar о‘rtasida ilmiy va amaliy munozaralarning asosiy muhokama mavzusiga aylanmoqda.
Yuqorida ta’kidlangan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, О‘zbekistonda innovatsion jarayonlarni strategik boshqarishda, fikrimizcha, quyidagilarga alohida e’tibor qaratilishi lozim:
– ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish va ta’lim sohasiga innovatsiyalarni qо‘llash jarayonini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish;
– xorijiy davlatlardan yangi texnologiyalar, axborot va kommunikasiya qurilmalari, ishlab chiqarish vositalari va zamonaviy boshqaruv uslublarini olib kirilishiga keng imkoniyatlar berish;
– xalqaro standartlarga javob beradigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yish maqsadida yosh malakali mutaxassislarni qisqa muddatga rivojlangan xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga borishini ta’minlash;
– milliy innovatsiya tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish borasidagi dasturlarni amalga oshirishda davlat tomonidan kо‘mak berishning iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy, boshqaruv va huquqiy vositalarini ishlab chiqish zarur bо‘ladi.
Bu kabi holatlar mamlakatimizda innovatsion ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yish, milliy iqtisodiyotni modernizasiyalash va mahalliy xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish, eksport imkoniyatlarini oshirish istiqbollarini belgilaydi.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə