Ishlab chiqarishda boshqaruv


Innovatsiyalar samaradorligini baholash va ularning axborot texnologiyalari



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə32/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

3.Innovatsiyalar samaradorligini baholash va ularning axborot texnologiyalari .
Innovatsion loyihalarni puxta hamda har tomonlama tahlil qilish va tanlash portfeli tarkibini maqbullashtirish imkonini beradi. Yechimni ishlab chiqish uchun yagona algoritm yo’q. Har bir alohida holda o’zining mezonlar guruhi ustunlik qilishi mumkin. Shundan kelib chiqib, innovatsion loyihalarni tahlil qilish tizimi qo’llanilayotgan usullarning ko’pligi bilan ajralib turadi: bu moliyaviy, investitsion va texnik-iqtisodiy tahlil usullari, matematik-statistik modellari, ekspert baholari tizimi, ilmiy-texnik daraja va mahsulot sifati tahlili usuli.
Ta’kidlash joizki, innovatsion loyihalarni tahlil qilish va tanlash turli texnik yechimlar hamda moliyaviy-iqtisodiy omillarni hisobga olib yangilik hayotiy tsiklining barcha bosqichlarida xarajatlarni bashoratlash imkonini beradigan usullar va uslublar jamlanmasi asosida olib boriladi.
Har qanday loyiha (dastur) quyidagi holatlardan ko’rilishi mumkin:
a) texnik, bunda texnik-texnologik alg’ternativlar; dasturning miqdori (ko’lami, hajmi); uni amalga oshirish muddatlari, moliyaviy, mehnat va moddiy-texnik manbalarning ochiqligi va yetarliligi; dastur natijalarini amalga oshirish uchun bozor sig’imi; kutilmagan omillarni hisobga olgan holda dasturga sarf-xarajatlar; dastur bo’yicha ishlarni bajarish jadvali o’rganiladi va tahlil qilinadi;
b) kommertsiya, u marketingni, resurslar manbalari va ularni olish shartlari, dastur bo’yicha ishlarni bajarish shartlari va natijalarni amalga oshirishni tahlil qilishni ko’zda tutadi;
v) ekologik, u loyihani tahil qilishda alohida o’ringa ega, chunki inson faoliyati bilan atrof-muhit o’rtasidagi o’zaro aloqalar yetarlicha o’rganilmagan. Innovatsion loyihani ekologik tahlil qilish vazifasi – atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo’lgan zararni aniqlash va uni kamaytirish yoki oldini olish choralarini belgilash;
g) tashkiliy tahlil, uning maqsadi – loyihani amalga oshirish doirasida tashkiliy, huquqiy va ma’muriy vaziyatga baho berish hamda ushbu faoliyat sohasida zarur tavsiyalarni ishlab chiqish.
Innovatsion loyiha portfelini shakllantirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
1. Innovatsion loyihalarni dastlabki tanlash.
Bosqichning maqsadi – taqdim etilgan innovatsion loyihalarni umumlashtirilgan tahlildan o’tkazish va baholash. Ushbu bosqich quyidagi odimlarni o’z ichiga oladi:
a) innovatsiyalarni amalga oshirishning tashkilotning asosiy muammolari yechimini taklif eta oladigan asosiy yo’nalishlarini belgilash;
b) ajratib olingan yo’nalishlar bo’yicha ekspertizalar olib borish uchun loyihalarni taqsimlash;
v) ekspertizaning ishchi usulini ishlab chiqish;
g) ekspert guruhlar ishini tashkil qilish (NIO yoki marketing bo’limi boshqa bo’linmalardan mutaxassislarni jalb etgan holda);
d) hisob-kitoblar va ekspertizalar natijalari bo’yicha loyihalarga dastlabki baho berish;
e) istiqboli yo’q loyihalarni chiqarib tashlash.
Mazkur bosqichda loyiha bitta eng muhim mezon (masalan, iqtisodiy samaradorlik mezoni) bo’yicha tanlanadi, bunda baholash parametri past bo’lgan loyihalarni chiqarib tashlashdan iborat oddiy qoidadan foydalaniladi.
2. Ustuvor (boshlang’ich) yo’nalishlar bo’yicha portfelni shakllantirish.
Bosqichning maqsadi – loyihalarni ustuvorliklar bo’yicha puxtatahlil qilish va taqsimlash. Bu yerda quyidagi qadamlar ko’zda tutiladi:
a) innovatsion loyihalarni bir nechta mezonlar (3 – 5ta) bo’yicha tahlil qilish;
b) loyihalarning ustuvorlik darajasini aniqlash;
v) loyihalarni ustuvorlik darajalari bo’yicha taqsimlash.
Barcha loyihalar tegishli shkala bo’yicha, masalan, “past”, “o’rtadan past”, “o’rtadan yuqori”, “yuqori” baho bilan baholanadi.
“O’rtadan yuqori” yoki “yuqori” baho olmagan loyihalar dastlabki tanlov bosqichidayoq chiqarib tashlanadi va rad etilgan deb hisoblanadi.
Qolgan loyihalar ustuvorlik darajasi (sinfi) bo’yicha taqsimlanadi:
a) ustuvor loyihalar – bu umumiy samarasi (natijalar/sarf-xarajatlar) 70 – 80 foizdan kam bo’lmaydigan loyihalardir;
b) ustuvor loyihalarning birinchi 20 – 30 foizi o’ta ustuvor loyihalar hisoblanadi.
Loyihalarni ustuvorlik bo’yicha ranjirovkalash resurslarni loyihalar o’rtasida taqsimlash uchun kerak.
3. Moliyaviy va boshqa resurslarni innovatsiyalar portfeli ichida taqsimlash.
Bunda “xarajatlar – samaradorlik” sxemasiga asoslangan qaror qabul qilish qoidasidan foydalaniladi: birinchi navbatda, naqd pulmablag’lari iqtisodiy samaradorligi maksimal darajaga (ustuvorlik darajasiga) ega bo’lgan loyihaga ajratiladi.
Jahon amaliyotida “xarajatlar – samaradorlik”ni tahlil qilish barcha moliyani taqsimlash mexanizmlari uchun majburiy jarayondir. Buni shu bilan izohlash mumkinki, ushbu qoidani amaliy qo’llash qanchalik oson bo’lmasin, u quyidagilarga erishish imkonini beradigan loyihalar portfelini ta’minlaydi:
– berilgan cheklangan mablag’lar doirasida maksimal mumkin bo’lgan samaradorlik;
– talab etilgan natija va samaradorlik darajasiga eng minimal sarf-xarajatlar.
Korxonada shunday vaziyat yo’zaga kelishi mumkinki, innovatsion loyihalarni amalga oshirishga innovatsion mablag’larning yetarli emasligi to’sqinlik qiladi.
Bunday holda qo’shimcha investorlarni hamda xususiy moliyaviy mablag’larni izlab to’ish yoki mavjud innovatsion loyihalar portfelini o’zgartirish zarur bo’ladi.
4. Loyihalar portfelini aniqlashtirish – loyihalarning bir qismini o’ziga jalb qilishi ko’proq loyihalar foydasiga hamda investitsion mablag’larning miqdoriga qarab kesib tashlash.
Shunday qilib, innovatsion ishlar portfelini tanlashga tajriba, bilim, sog’lom idrok, iqtisodiy bilimlar, xodimlar imkoniyatlari va innovatsiyalarni joriy etish yutuqlari ehtimolligi kutilayotgan natijalar haqida yaxshi tasavvurga ega bo’lish, ilmiy xodimlar va bo’linmalar menejerlari faoliyatini rag’batlantiruvchi omillarni tanlay olishni talab qiladigan ancha murakkab muammo sifatida qaralishi kerak.
Ayni paytda innovatsiyalarni boshqarishda quyidagi muammolar mavjud:
– innovatsiyalarga sarf-xarajatlarni kamaytirish;
– jahon ilmiy-texnik taraqqiyotidan texnikani rivojlantirishning sifat ko’rsatkichlari bo’yicha oqsoqlash sur’atlarining o’sishi;
– mavjud moddiy-texnik, ishlab chiqarish-iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy tuzilmalar ishida moslashuvchanlikning yo’qligi;
– innovatsion jarayonlarning haddan tashqari ko’p vaqtni olishi (ayniqsa, innovatsiyalar hayotiy tsiklining oxirgi bosqichida);
– innovatsiyalar tarqalishining cheklanganligi (ularning bitta-ikkita firmalarda joriy etilishi);
– radikal innovatsiyalar tutgan o’rnining nihoyatda pastligi;
– innovatsiyalardan manfaatdorlikning yo’qligi;
– so’nggi 10 – 15 yilda ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish dasturlari bo’yicha investitsiyalarning deyarli butunlay to’xtatilishi.
Innovatsiyalarni joriy etish doim bozor ehtiyojlariga bog’iq. Shu sababli innovator-rahbar bozorning kerakli ulushini qanday turdagi yangi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ta’minlashi kerakligini, qisqa muddatli va uzoq muddatli dasturlarning balanslashuvini ta’minlash uchun qanday mahsulotlar modernizatsiya qilinishi kerakligini doim aniqlab borishi kerak, ya’ni u muayyan sharoitlarda o’zining bozordagi ulushining maqbul variantiga, foydalaniladigan innovatsion salohiyatdan qaytishni oshirishga erishish yo’llarini aniqlashi lozim.
Yangilanish jarayoni innovatsion menejer uchun ilmiy-ishlab chiqarish xodimlarining kundalik ishlarini o’zgartirish va ularni innovatsion faoliyatning yangi shakllarini izlashga yo’naltirish, har bir xodimni yangiliklar manbaiga aylantirishni bildiradi. U ko’p sonli innovatsion jarayon ishtirokchilarini birlashtirishi, ularning samarali ishi uchun firma faoliyatini yangilishga yo’naltirilgan iqtisodiy shart-sharoitlar va rag’batlarni yaratishi darkor.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə