Ishlab chiqarishda boshqaruv


Innovatsion loyiha: maqsad, mohiyat va amalga oshirish yo’nalishlari



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə31/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

2.Innovatsion loyiha: maqsad, mohiyat va amalga oshirish yo’nalishlari
Innovatsion loyiha – bu resurslar, muddatlar va ijrochilar bo’yicha o'zaro bir-birini asoslaydigan hamda o'zarobir-biriga bog'liq bo'lgan, ilm-fan va texnika taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlarida muayyan maqsadlar (vazifalar)ga erishishga qaratilgan jarayonlarning murakkab tizimidir. Innovatsiya loyihasining asosiy maqsadlaridan biri – korxona yuqori sifatga ega bo'lgan kerakli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish layoqatiga ega ekanligini raqobatchilarga isbotlashdan iborat.
“INNOVATSION LOYIHA” tushunchasi bir qancha nuqtai nazardan qaralishi mumkin:
– innovatsion maqsadlarga erishishga xizmat qiladigan tadbirlar yig’indisi sifatida;
– innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayoni sifatida;
– ushbu tadbirlarni asoslovchi va bayon qiluvchi hujjatlar paketi sifatida.
Ushbu uch jihatlar innovatsion loyihaning innovatsion faoliyatini tashkil qilish va maqsadli boshqarish shakllari sifatidagi ahamiyatini ko’rsatadi.
Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ularni moliyaviy asoslash va investitsiyalash muhim ahamiyatga ega. Bunda loyihaviy moliyalashtirish jarayonlari nuqtai nazaridan o’ziga xos xususiyatlarga ega innovatsion loyihalarni farqlash kerak:
a) investitsion loyihalar, masalan, yangi sanoat ob’yektlari qurilishiga (energetika, trans’ort, aloqa va h.k.) yirik kapitalqoyilmalar;
b) ilmiy-texnik (innovatsion) – ilg’or texnologiyalar, yangiliklar, mahsulotlar va xizmatlar.
Ushbu ikki xil loyiha o’rtasida muhim farqlar mavjud:
1. Sanoat ob’yektlariga kapitalqoyilmalar haqidagi mavjud moliyaviy axborot, hattoki eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarga qaraganda, ayniqsa, ularning erta bosqichlarida, ishonchliroqdir;
2. Innovatsion ilmiy-texnik loyihalar mavhumlikning yuqori darajasiga ega ekanligi bilan farq qilib, ular shunday afzallikka egaki, ular ishlanmaning erta bosqichidayoq katta bo’lmagan moliyaviy yo’qotishlar bilan to’xtatib qoyilishi mumkin;
3. Ilmiy-texnik loyihalarda axborot investitsiyaviy loyihalarga qaraganda ko’proq cheklanganligi va mos emasligi bilan farq qiladi. Bu esa mustaqil ekspertlarning loyihalarini baholash bo’yicha fikrlarini korrelyatsiyalashni nihoyatda qiyinlashtiradi;
4. Innovatsion loyihalar ko’pmezonliligi va yuqori darajali mavhumliligi bilangina farq qilmasdan, balki sifatli baholash bo’yicha ham farqlanadi.
Innovatsion loyihalar g’oyalar, fikrlar va texnik yechimlarning ilmiy-texnik ahamiyati darajasi bo’yicha quyidagi tarzda tasniflanadi:
1) modernizatsion loyihalar, bunda namuna konstruktsiyasi yoki asosiy texnologiya tub o’zgarmaydi;
2) novator loyihalar, bunda yangi buyum konstruktsiyasi turiga va elementlari xossalariga qarab oldingisidan jiddiy farq qiladi (yangi xossalarni qo’shish, masalan, ushbu turdagi buyumlarda ilgari qo’llanilmagan avtomatlashtirish vositalarini, lekin boshqa turdagi buyumlarda qo’llangan kiritish);
3) ilgarilab boruvchi, bunda konstruktsiya ilgarilab boruvchi yechimlarga asoslanadi;
4) pioner loyihalar, ilgari mavjud bo’lmagan materiallar paydobo’lganda;
5) oldingi va hattoki yangi funktsiyalarni bajaradigan konstruktsiyalar va texnologiyalar;
Loyihaning ahamiyat darajasi uning murakkabligi, davomiyligi, ijrochilar tarkibi, ko’lami, natijalarni ilgari surish xususiyati bilan belgilanadi, bu loyihani boshqarish mazmuniga ham o’z ta’sir ini o’tkazadi.
Hal etilayotgan masalalar ko’lamlariga qarab innovatsion loyihalar quyidagilarga ajratiladi:
1) monoloyihalar – odatda, bitta tashkilot yoki hattoki bitta bo’linma tomonidan bajariladigan loyihalar. Ular bitta innovatsion maqsad qoyilishi (aniq buyumni, texnologiyani yaratish) bilan farq qiladi, qathiy vaqt va moliya doirasida amalga oshiriladi, unda loyiha muvofiqlashtiruvchisi yoki rahbari talab etiladi;
2) multiloyihalar – o’nlab monoloyihalarni birlashtiruvchi kom’leks dasturlar ko’rinishida taqdim etiladigan, murakkab innovatsion maqsadga erishishga qaratilgan loyihalar, bunday maqsadga, masalan, ilmiy-texnik majmuani bar’o etish, yirik texnologik muammoni hal qilish, harbiy-sanoat majmuasining bitta yoki bir guruh korxonalarini konversiyalash kabilar kiradi. Mulg’tiloyihani yaratish uchun muvofiqlashtiruvchi bo’lishi joiz;
3) megaloyihalar – bir qator mulg’tiloyihalarni va yo’zlab monoloyihalarni birlashtiruvchi, o’zaro bitta maqsadlar shajarasi bilan bog’langan ko’pmaqsadli kom’leks dasturlar bo’lib, markazlashtirilgan moliyalashtirishni hamda muvofiqlashtirish markazidan boshqarilishini talab qiladi. Megaloyihalar asosida tarmoqni texnik qayta qurollantirish, mintaqaviy va federal konversiya hamda ekologiya muammolarini hal etish, mahalliy mahsulotlar va texnologiyalar raqobatbardoshligini oshirish kabi innovatsion maqsadlarga erishish mumkin.
Megaloyihalarni shakllantirish va amalga oshirish bir qator tarmoqlar, mintaqalar, moliya-sanoat guruhlari va yirik korporatsiyalar, mamlakatlar guruhlari sahy-harakatlarini birlashtirishni talab etishi mumkin.
Bajarilayotgan ishlar hajmlari va davomiyligiga qarab loyihalar:
– qisqa muddatli (1 yilgacha);
– o’rta muddatli (5 yilgacha);
– uzoq muddatli (5 yildan ortiq) bo’lishi mumkin.
Loyiha bosqichlari va ‘og’onalari tarkibi uning tarmoq va funktsional mansubligiga qarab belgilanadi.
“Loyiha” tushunchasi bilan bir qatorda, “innovatsion dastur” degan tushuncha ham mavjud. Bu tushunchalar o’zaro chambarchas bog’langan. Dastur – bu loyiha shakllaridan biri, dasturlash esa (dasturni shakllantirish) – loyihalar hayot tsikli bosqichlaridan biri bo’lsa-da, ularning xususiyatlari anchagina farqlanadi, dastur qo’shimcha qator yangi xususiyatlarni orttiradi.
Innovatsion dastur loyihalarning (mulg’tiloyiha va megaloyihalar) murakkab kombinatsiyasi bo’lib, boshqaruv ob’yekti sifatida alohida loyihadan yoki o’zaro bir-biri bilan juda zaif bog’langan, tashkilot yoki uning ijrochilari tomonidan bajariladigan loyihalardan juda kuchli farq qiladi. Dasturni faqat yirik tashkilotlar birlashmasi, masalan, F’G (moliyaviy sanot guruhlari), yirik korporatsiyalar konsortsiumi, mintaqa yoki megapolis, federal organlar va h.k.lar shakllantirishi va amalga oshirishi mumkin.
Innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda zamonaviy innovatsion loyihalar, odatda, katta investitsiyalarni talab qilishini, ular esa doim ham bo’lavermasligini hisobga olish zarur. Shuning uchun investitsiyalar haqidagi masala ancha qiyin hal etiladigan muammodir, chunki mazkur loyihaning zarurligini, foydaliligini va samaraliligini isbotlash kerak bo’ladi. Bu holatda asosiysi moliyalashtirish manbaini tanlash, uning hajmini, vaqt bo’yicha to’lovlar darajasi va hokazodir. Bu holatda investor o’ziga loyihaning mohiyatini tushuntirib berish, hamkorlik qanday afzallik berishini, va eng asosiysi, ular oladigan eng minimal va eng yuqori foyda miqdorini namoyish qilish talab etiladi. Ushbu ko’rsatkichlarning hammasini investorlarni kapitalajratishga ishontirish uchun tegishli tarzda rasmiylashtirish kerak.
Innovatsion loyiha yetarlicha batafsil tuzilishi kerak, chunki bo’lajak investor loyiha bilan tanishganda mo’ljallanayotgan dastur haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi va uning maqsadlarini tushunishi lozim. Innovatsion loyihani qay darajada detallashtirish va uning tarkibi bo’lajak dastur va u tegishli soha hajmlariga bog’liq. Masalan, qandaydir mahsulotni ishlab chiqarish yoki innovatsion texnologiyani joriy etishni yo’lga qoyish ko’zda tutilayotgan bo’lsa, juda batafsil reja ishlab chiqilishi lozim, uning qanchalik batafsilligi innovatsion dasturning yakuniy mahsuloti murakkabligiga va mazkur mahsulot bozorining murakkabligiga bog’liq. Innovatsion loyihaning tarkibi, shuningdek, taxminlanayotgan sotuv bozori ko’lamiga, raqobatchilarning bor-yo’qligiga va dastur natijalaridan foydalanish istiqbollariga bog’liq.
Innovatsion loyihaning asosiy bo’limlari quyidagilar (variant):
1. Umumiy obzor (taklif etilayotgan innovatsion loyihaning maqsadi va mohiyati, taklif etilayotgan innovatsiyaning turi, loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan haqiqiy foyda hamda loyihani amalga oshirishga sarflanadigan xarajatlar miqdori va turlari).
2. Tovarlar yoki xizmatlar tavsifi (taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar bayoni, ulardan foydalanish sohasi, yangiligi va patentbilan himoyalanganligi, dizaynning o’ziga xosligi, tovarlar va xizmatlarning asosiy texnik-iqtisodiy va iste’mol tavsiflari, ularning rasmdagi tasviri, tovarlar va xizmatlar afzalliklari, sertifikatlash va h.k.).
3. Tovarlar va xizmatlarni sotish bozorlari (sotuv bozori turi, istiqbolli bozorlar, ularning joylashuvi va tavsifi, bu bozorlarda firmaning bashoratlanayotgan ulushlari, salohiyatli iste’molchilar tavsifi, yangi tovarlar va xizmatlarga talabni belgilovchi omillar, sotuvlarning salohiyatli hajmlari va hokazolar).
4. Tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligi (raqobatchi firmalarning qisqacha tavsifi, yangi tovar yoki xizmatning raqobatchi firmadagi o’xshash tovar yoki xizmatga nisbatan raqobat afzalliklari, firma tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligini himoya qilish uchun qo’llaydigan raqobat strategiyalari va hokazolar).
5. Marketing rejasi (amalga oshirilayotgan loyihaning marketing maqsadlari va strategiyasi, loyihani amalga oshirish natijasida firma taklif qiladigan tovarlar va xizmatlarni ilgari surish hamda sotish strategiyasi, tovar yoki xizmatni sotishni rag’batlantirish usullari, mijozlarga sotishdan keyin xizmat ko’rsatishni tashkil qilish, taklif etiladigan tovarlar yoki xizmatlar haqida ijtimoiy fikrni shakllantirish, marketing byudjeti va h.k.).
6. Ishlab chiqarish rejasi (yangi tovarlar ishlab chiqarishni bozorga, ta’minotchilarga, ishchi kuchiga, trans’ort yo’llari va h.k.larga nisbatan joylashuvi, ishlab chiqarish maydonlari, quvvatlari va ularni kengaytirish imkoniyatlari, moddiy-texnik, insoniy va boshqa resurslar manbalari va ularga ehtiyoj, ulardan foydalanish imkoni, ishlab chiqarishni koo’eratsiyalash imkoniyatlari, ishlab chiqarish hajmlari va xarajatlari, qo’llanilayotgan texnologiyalar, ishlab chiqarishni yo’lga qoyish va tovarni ishlab chiqarishni kengaytirish muddatlari, ishlab chiqarishning ekologikligi va h.k.).
7. Tashkiliy reja (tashkiliy tuzilma, xodimlarga, mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj, ularni mehnatga jalb qilish shakllari, kasblar bo’yicha ish haqining zaruriy darajasi, mehnatni rag’batlantirish tizimi, xodimlarni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi, loyihani amalga oshirishga boshchilik qilayotgan ma’muriy-boshqaruv xodimlar haqidagi ma’lumotlar va h.k.).
8. Loyihaning yuridik ta’minoti (firmaning tashkil qilingan va royxatdan o’tkazilgan sanasi, kim tomonidan va qaerda royxatga olingan, yuridik manzili, faoliyati turi va amalga oshirilayotgan o’eratsiyalar xarakteri, mulkchilik shakli, kapitalmansubligi, firmaning nufuzli aktsiyadorlari, ‘aychilari, mazkur faoliyat turi uchun litsenziya, mazkur faoliyat turlari bo’yicha boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar va kelishuvlar).
9. Iqtisodiy tavakkalchilik. Sug’urtalash (tavakkalliklar guruhlari royxati, ular manbalari va vujudga kelishi ehtimoli yuqori bo’lgan davrlar, loyihaning iqtisodiy
qaltisligiga baho berish, tavakkalliklardan sug’urtalash dasturi, sug’urta polislari nusxalari va h.k.).
10. Moliyalashtirish strategiyasi (loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy mablag’lar va ularning manbalari, kredit va aktsiyadorlik kapitali ko’rinishidagi mablag’lar ulushi, kredit olish shartlari, moliyaviy mablag’larni kiritishning iqtisodiy rentabelligi, loyihaga kiritilgan mablag’larni qaytarish muddatlari, kutilmagan xarajatlarni qo’lashga mo’ljallangan moliyaviy mablag’lar zaxirasi va h.k.);
11. Moliyaviy reja (loyihani amalga oshirish natijasidagi tovarlar va xizmatlarni sotish hajmlari, loyihani amalga oshirish uchun yillar bo’yicha kapitalxarajatlari va ular qamraydigan xususiy mablag’lari, uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotish bo’yicha joriy daromadlar va xarajatlar balansi va h.k.).
Keyin ilovalar (dastlabki ma’lumotlar olingan hujjatlar, shartnomalar, litsenziyalar va h.k. nusxalari) keladi va xulosa beriladi.
Tuzib chiqilgan innovatsion loyiha firma uchun innovatsion faoliyatning istiqbolli yo’nalishini aks ettirib va ko’rsatibgina qolmasdan, balki ushbu loyihaga pul ajratish kerakmi-yo’qmi? bu loyiha qanday daromad keltiradi, hamma xarajatlar va unga ketgan kuch o’zini qachon qoplaydi? kabi savollarga ham javob berishi lozim.
Shunday qilib, innovatsion loyihani ishlab chiqish yo’nalishini tanlash va uni asoslash firmaning muhim strategik vazifalaridan biri bo’lib, u yoki bu yangilikni joriy etish qanday foyda keltirishini, shuningdek, firmaning samarali faoliyatining eng asosiy mezoni bo’lib nima xizmat qilishini isbotlab berishi lozim.



Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə