Ishlab chiqarishda boshqaruv


-MAVZU. Innovatsion jarayonlar va ularning loyihalashtirish



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə26/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

5-MAVZU. Innovatsion jarayonlar va ularning loyihalashtirish.
Reja:
  1. Innovatsion jarayonlar va ularning sub’yektlari


  2. Innovatsion jarayonlar modellari


  3. Innovatsion jarayonlarni loyihalashtirishga ta’sir qiluvchi omillar.




1.Innovatsion jarayonlar va ularning sub’yektlari.
Har qanday innovatsion faoliyat sohalarining chegarasi nisbiy bo’lib, ularning har biri boshqalari bilan o’zviy bog’langandir. Falsafiy nuqtai nazardan esa ularning barchasi inson amaliy faoliyati natijasi va ijtimoiy ongga ta’sir o’tkazadi. Bu esa o’z navbatida jamiyatda innovatsion ongning shakllanishi va rivojlanishiga sharoit yaratib beradi. Yuqori darajada shakllangan innovatsion ong hamda innovatsion madaniyat jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.

Iqtisodiy nuqtai nazardan innovatsion jarayon “investitsiya – ishlanma – amaliyotga tatbiq etish – natijani qo’lga kiritish” bosqichlaridan iborat bo’ladi. Hozirda dunyo miqyosida innovatsion jarayonlarga kiritilayotgan investitsiyalar yildan yilga ortib bormoqda. So’nggi yillarda O’zbekistonda iqtisodiyotning turli sohalariga, ijtimoiy hayot, shu jumladan, boshqaruv, ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Innovatsion iqtisodiyotning fanlar tizimidagi o’rni va uni o’rganishda axborot va ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish.


Innovatsion faoliyat jarayonida ob’yektning o’zgarishi ta’siri ostida sub’yekt ham o’zgaradi, uning amaliy qobiliyati va malakasi chuqurlashadi, fikrlash doirasi kengayadi, ongi va xotirasi boyiydi, dunyoqarashi o’zgaradi. Innovatsion amaliy faoliyat nafaqat ob’yektni bilish va o’zgartirish, balki unga yangicha mahno kiritish, muammolar yechimining yangi yo’nalishlarini vujudga keltirishga imkon beradi. Shu nuqtai nazardan innovatsion ong natijasida paydo bo’lgan “quvmasdan o’zib ketish” kabi mutlaqo yangi tushunchalar innovatsion ongga nisbatan yangicha qarashlarning shakllanishiga va sohaga qiziqishning kuchayishiga xizmat qiladi.
Innovatsion jarayon yangilik (innovatsiya)larni yaratish va tarqatish jarayonidir.
Umumiy ko‘rinishda innovatsion jarayon sxemasini quyidagicha keltirish mumkin:
- Innovatsion jarayonning birinchi komponenti – novasiyalar, ya’ni yangi g‘oyalar, bilimlar – bu tugallangan ilmiy (fundamental va amaliy) tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlanmalar natijasi, boshka ilmiy-texnik natijalardir.
- Innovatsion jarayonning ikkinchi komponenti bo‘lib joriy qilingan ishlar, amaliy faoliyatga kiritish, ya’ni novasiya va yangiliklarni kiritish innovatsiya hisoblanadi.
Innovatsion jarayonning uchinchi komponenti bo‘lib innovatsiyalar diffuziyasi, ya’ni oldin o‘zlashtirilgan, qo‘llanilgan innovatsiyalar, boshqacha aytganda, yangi joylar va sharoitlarda innovatsion mahsulotlar, xizmatlar yoki texnologiyalarni qo‘llash hisoblanadi.
AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining barqaror rivojlanish trayektoriyasiga o‘tishiga iqtisodiyotning real sektorida innovatsion jarayonlarni kengaytirish asosida erishilgan. U yoki bu mamlakatning davlat innovatsion siyosati, odatda ma’lum nazariy modelning aks ettirilishi bo‘lib hisoblanmaydi, balki u turli yo‘nalishdagi tadbirlar kompozisiyasidir, bunda milliy innovatsiya siyosatlari tub o‘ziga xoslikka egaligini ta’kidlash mumkin.
Demak, faoliyat yuritayotgan firma, korxona, tashkilot va korporatsiyalarning raqobatbardoshligi mamlakatning monopoliyaga qarshi kurash va raqobat muhitini yaxshilash tizimini samarali ishlashiga bogpliq. SHu bilan birga milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi xususiy mulkchilikning rivojlanganlik darajasi, uni davlat tomonidan kafolatlash tizimi hamda mamlakatning innovatsion siyosati va kuchli institutsional muhit darajasining yuqoriligi bilan ham belgilanadi.
Davlatimiz tomonidan Jahon iqtisodiy forumi qabul qilgan global raqobatbardoshlik indeksiga kiruvchi 12 ta guruhga oid omillar asosda O’zbekistonning boshqa mamlakatlarga nisbatan raqobatbardoshlik darajasini oshirish bopyicha istiqbolli dasturlar ishlab chiqildi. Natijada milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasini baholashda makroiqtisodiy vaziyat (jon boshiga topgpri keluvchi YaIM, YaIM deflyatori, ishsizlik darajasi), davlat institutlari sifati (xususiy mulk himoyasi indeksi, monetar siyosat erkinligi, kredit tashkilotlari, bojxona xizmatlari sifati), inson omili (umr ko’rish uzunligi, o’lim darajasi, 10000 kishiga nisbatan sil bilan kasallanish darajasi, boshlangpich maktab qamrovi darajasi), innovatsion salohiyat (korxonalar asosiy fondlarini yangilash, fan-texnika yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan qayta qurollantirish, innovatsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, inson kapitaliga yo'naltirilayotgan investitsiya va qo’yilmalar salmog’i) kabi ko’rsatkichlarni yaxshilashga erishildi.
Yuqoridagi tahlillardan ko’rinadiki, makroiqtisodiy ko’lamda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, mamlakatning innovatsion salohiyatini yaxshilash maqsadida ijobiy natijalarga erishilgan. Lekin korxonalarda moddiy-texnika bazasining holati va bozorda mahsulotlarning raqobatga dosh bera olmasligi innovatsion jarayonlarni strategik boshqarishda ayrim muammolar mavjudligidan dalolat beradi.
Olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, korxonalarda innovatsion jarayonlarni strategik boshqarishda quyidagi asosiy muammolarga e’tibor qaratish lozim:
- birinchidan, mamlakatimiz bir qator fundamental fan sohalarida katta salohiyatga ega, ammo ushbu salohiyatni ishlab chiqarish bilan bog’langan holda ishga solish mexanizmi yaratilmagan;
- ikkinchidan, real sektor korxonalarning innovatsiyalarni qabul qilish jarayonini past darajada qolayotganligi korxonalarda ilgpor texnologiyalarga boplgan talabning sustlashishiga olib kelmoqda;
- uchinchidan, qulay ishbilarmonlik va biznes muhitini yaratish borasida kamchiliklarning mavjudligi korxonalar raqobatbardoshligini oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Ma’lumotlar shu narsani ko’rsatmoqdaki, ayrim korxona menejerlari hozirgacha milliy va jahon bozorlarida ro’y berayotgan o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilmasligi, iste’molchi talabi va didini oprganmasligi, korxonaning boshqarish mezoniga nisbatan qaysi yopnalishda barqaror raqobatli ustunlikka erishish imkoniyatlarini aniqlay olmasligi korxonalarning raqobat kurashida muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga olib kelmoqda.
Mazkur yopnalishda ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlarning fikricha, XXI asrda jahon iqtisodiyotini rivojlanishiga globallashuv, integratsiya, investitsiya, innovatsiya va raqobat ta’sir ko’rsatadi. SHu bois ko’tarilgan muammolar innovatsion jarayonlarni strategik boshqarish negizida korxonalar raqobatbardoshligini oshirish masalasiga ilmiy-nazariy jihatdan yondashilgan holda tadqiq etildi.
Keltirilgan tahlillar va olingan nazariy bilimlarga tayangan holda korxonaning innovatsion maqsadlari, istiqboli va uzoq muddatli innovatsion strategiyalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilsa hamda natijalari monitoringi olib borilsa korxonaning raqobatbardoshlik darajasining ortishiga olib keladi. Natijada korxonaning innovatsion muhiti shakllanadi.
SHu bois korxonalarda innovatsion faoliyatni amalga oshirish murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hisoblanadi. Fikrimizcha, korxona innovatsion strategiyasining shakllanish mexanizmi, uning iqtisodiy mohiyati va amal qilishining ob’yektiv asoslarini chuqur anglab yetish, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida raqobatni rivojlantirish shart-sharoitlarini aniqlash va ularni ta’minlash yo’llarini o’rganish, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish mexanizmlaridan maqsadga muvofiq foydalanish, uning ijobiy ta’sirlari samarasini oshirish imkonini beradi.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə