Ishlab chiqarishda boshqaruv


Korxonalarning innovatsion biznes faoliyati



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə25/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

4.Korxonalarning innovatsion biznes faoliyati.
Tan olish kerakki, ayni paytda zamonaviy texnologiyalar bozoridagi biznes tizimini shakllantirgan mamlakatlar o’z salohiyati va iqtisodiy imkoniyatlari nuqtai nazaridan energetika va xom ashyo resurslariga boy bo’lgan mintaqalardan qolishayotgani yo’q. Misol uchun, iqtisodiyoti asosan investitsion texnologiyalarga asoslangan Tayvanni olaylik. Ushbu mo’jaz mamlakatda 1980 yilning o’zida innovatsion tovar ayrboshlash hajmi 40 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgandi. Asosan to’qimachilik, kiyim-kechak, elektron asbob-uskunalar, turli tranzistorlar, soat va oyinchoqlar bilan jahon bozoridan muqim o’rin egallash o’z samarasini beryapti.
Mamlakatimizda ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq zamonaviy texnologiyalarga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Ayniqsa, innovatsiya jarayonining iqtisodiyotdagi mavqeini belgilashda Birinchi Prezidentimizning 2008 yil 15 iyuldagi «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur tarixiy hujjatga asosan ishlab chiqarishni o’rta va qisqa muddatlarda innovatsion rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.
Bunday islohotlar innovatsiya sohasining o’ziga xos tarzda rivojlanib borishini ta’minlayapti. Yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda innovatsion loyihalar yarmarkasini o’tkazish an’anaga aylandi. Mazkur yarmarkalarda sanoat, qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash, farmatsevtika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan va ta’lim sohalariga oid yuzlab yangi texnologiya va ishlanmalar namoyish etilyaptiki, xalqaro talablarga to’liq javob beradigan, eksportbop va import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan ushbu g’oyalar O’zbekiston iqtisodiyotining yanada taraqqiy etishiga xizmat qilishi shak-shubhasiz. Masalan, poytaxtimizda tashkil etilgan VII «Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar» Respublika yarmarkasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining 1-kurs talabasi Sirojiddin Nasriddinov o’zining g’aroyib ixtirosi — ikki tomonlama shaffof ekranli MX-1 rusumdagi mobil telefonining taqdimotini o’tkazgani barchani lol qoldirdi. Original dizaynga ega telefonning korpusi zarbga bardosh beradigan shishadan tayyorlangan bo’lib, shaffof ekran tasvirning har ikki tomonda ham aks etishini ta’minlaydi.
Ixtirochining ta’kidlashicha, telefon quyoshdan quvvat (maxsus nano’lyonka orqali hamda kor’usga o’rnatilgan akkumulyator yordamida) oladi. Shuning uchun unga qo’shimcha energiya bilan ta’minlash vositasi kerak emas. Boshqa zamonaviy telefon apparatlari singari yangi qurilma ham sensorli klaviaturaga ega. Yangi avlod aloqa vositasining pastki qismiga chaqmoq (vspishka) va antenna bilan ta’minlangan web-kamera ham joylashtirilgan. Ayni kunda taxminan 600 AQSH dollariga baholanayotgan telefonni seriyali ishlab chiqarish imkoniyatlari o’rganib chiqilmoqda. Biz sohaga oid ushbu misolni bejiz keltirmadik. Talaba yurtdoshlarimizning ushbu kashfiyoti mamlakatimizda sohaga qay darajada e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir.
Xulosa qilib aytganda, jahon bozoridan munosib o’rin egallash, mamlakat iqtisodiyotini yanada yuksaltirishda innovatsiya va innovatsion texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganini bugun barcha birdek anglab yetmoqda.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə