Ishlab chiqarishda boshqaruv


-MAVZU. Innovatsiya va innovatsion biznes



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə23/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

4-MAVZU. Innovatsiya va innovatsion biznes.
Reja:
1.Innovatsion muhit va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni
2.Innovatsion mahsulot tushunchasi va ularning xayotiy sikllari
3.Innovatsiyaning diffuziya va transfertlari
4.Korxonalarning innovatsion biznes faoliyati.
1.Innovatsion muhit va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni
Inglizchada fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, degan ma’noni anglatuvchi «Innovatsiya» atamasi endilikda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatimizda eng ko’pishlatiladigan so’zlardan biriga aylanib qoldi.
Bu bejiz emas. Chunki bugungi kunda ilm-fan yutuqlarisiz jahon bozoriga chiqib bo’lmaydi. Mahsulot sifati va raqobatbardoshligi uning nechog’li zamonaviy ekani bilan o’lchanmoqda. Mazkur omillardan yetarli foydalana olmaganlar esa global iqtisodiy jarayonlardan ortda qolishlari turgan gap. Mutaxassislar sanoatlashgan iqtisodiyot o’rnini innovatsion iqtisodiyot egallayotganini ta’kidlayotganining boisi ham ana shunda.Binobarin, iqtisodiyotdagi samaradorlik ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalar va ixtirolarning joriy etilishi evaziga oshib borayotgani izohga muhtoj emas. Shu o’rinda innovatsiyaga asoslangan iqtisodiyotning ilk ko’rinishlari qachon va qaerda vujudga keldi, degan savol tug’ilishi tabiiy? Mashhur olimlar, xususan, futurolog E.Toffler innovatsion iqtisodiyot dastavval 1956 yilda AQSH zavodlaridagi eskirgan uskunalar o’rnini zamonaviy va kamxarj texnologiyalar egallashidan boshlanganligini aytadi. Bo’lishi mumkin. Ammo XXI asrga kelib Shveytsariya, Shvetsiya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Singapur, Frantsiya, Janubiy Koreya, Gongkong kabi ko’plab mamlakatlarda innovatsiya va innovatsion texnologiyalar iqtisodiyotning muhim bo’g’iniga aylandi. Chunki ishlab chiqarishni jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini yo’zaga keltirishdan tashqari ishsizlikka xavf solmasligi bilan ham ahamiyatlidir.
Bugungi kunga kelib bir qator rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy o’sish sur’ati va barqarorligi, fan, madaniyat, ta’lim va mamlakat mudofaa salohiyatining yuksalayotgani ham bevosita yuqori texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlariga qay darajada tatbiq etilgani bilan o’lchanmoqda. Xususan, innovatsion texnologiyalar rivojlangan Buyuk Britaniyaning tajribasi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Eng avvalo, davlat innovatsion ishlab chiqarishga katta miqdorda subsidiyalar ajratsa, Innovatsiya de’artamenti ilmiy-tadqiqod kengashlarini moddiy va ma’naviyjihatdan to’la qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Xuddi «zanjir reaktsiya»si kabi shakllantirilgan tizim mamlakat iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilayotir. Natijada sanoatlashgan iqtisodiyot o’rnini innovatsion iqtisodiyot egallaya’ti. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniyaning uzoq muddatga mo’ljallangan innovatsion strategiyasini belgilashda 2008 yilning mart oyida ishlab chiqilgan «Innovatsion millat» Oq kitobi muhim rol oynamoqda. Mazkur hujjat orqali mamlakatda jozibador innovatsion biznes xizmatlari tashkil etilishi keskin jadallashgan.
Aytmoqchimizki, innovatsion taraqqiyotni uzoq muddatli prognozlashtirish, strategik rejalashtirish va maxsus dasturlash tizimini yo’lga qoyish masalaning eng muhim jihatidir. Iqtisodchi olimlarning fikricha, davlat innovatsion maqsadlarni amalga oshiruvchi xususiy investitsiyalarga alohida imtiyoz berishi, taraqqiyot banklarini shakllantirish, ularni kafolatlash va sug’urtalash, kichik va xususiy innovatsion biznesni qo’llab-quvvatlash uchun maxsus jamg’armalar tizimini rivojlantirish, yirik innovatsion loyihalarga milliy va xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun yuqori texnologiyali fond birjalarini tashkil etish zarur.
Bu borada Irlandiyada ham katta ishlarga qo’l urilmoqda. Garchi mamlakat sohaga e’tibor qarata boshlaganidan buyon uncha ko’p vaqt o’tmagan bo’lsa-da, ulkan natijalar qo’lga kiritilayotganini kuzatish mumkin. hukumat ayni
yo’nalishni rivojlantirish uchun birgina 2007 yilda 8,2 mlrd. yevro mablag’ yo’naltirgan. E’tiborlisi, Yevropaning ushbu mamlakatida xususiy sektor innovatsiyani harakatlantiruvchi kuch, ya’ni generator vazifasini o’tamoqda. Ikki sohaning bir-biriga hamohang ish olib borish tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bunda davlatning bosh islohotchi sifatida namoyon bo’layotgani e’tiborga molik. Maqsad aniq. ya’ni Irlandiya iqtisodiyotini dunyo moliyaviy tizimiga moslashtirish, tashqi investitsiya faoliyatini kuchaytirish, innovatsiyani qo’llab-quvvatlagan holda uning manbaini mustahkamash va shu orqali xalqaro informatsion-texnologiyalar ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoridan munosib o’rin egallashdan iboratdir. Shu bois ham mamlakatda innovatsion tizimning samarali mexanizmi shakllantirilayotir. Bundan tashqari, soliq va bojxona amaliyoti bilan bog’liq imtiyozlar, sarmoyalar va korxonalarning investitsion tavakkalchiligi uchun sug’urtalashning namunali yo’lga qoyilishigacha masalalar hamisha diqqat markazida bo’lib turibdi.
Ayni paytda jahon hamjamiyati innovatsion texnologiyalar nimalarga qodir ekanligini, iqtisodiy rivojlanishning kelajagi aynan shu soha bilan bog’liqligini to’la anglab yetmoqda. Bir so’z bilan aytganda, soha yutuqlaridan iqtisodiyotning barcha tarmoqlari birdek manfaatdor. Birgina qishloq xo’jaligi sohasini olib ko’radigan bo’lsak, aynan innovatsion texnologiyalar tufayli soha taraqqiy topmoqda. Zero, oziq-ovqat muammosi tobora dolzarb tus olayotgan bir paytda yer, suv va boshqa manbalardan oqilona foydalanish nechog’li katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlashga hojat bo’lmasa kerak. Garchi ko’p takrorlangan bo’lsada, Isroil agrosanoat tizimida yerlarni tomchilatib sug’orish tajribasidan endilikda butun dunyoda foydalanishga harakat qilinayotgani bunga yaqqol misol bo’la oladi. Soddaroq qilib aytganda, tomchilatib sug’orish texnologiyasi kam suv sarflab, mo’l hosil olish imkonini bermoqda. Yoki telekommunikatsiya sohasini olaylik. Bugunga kelib ular faoliyatini Wi-Fi texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki uning afzalliklari juda bisyor. AQShning «Analysys Mason» kompaniyasi mutaxassislarining Ta’kidlash icha, aynan ana shunday simsiz texnologiyalarga bo’lgan talab tobora ortib borayotir. «Analysys Mason» Wi-Fi qurilmalarini ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniyalardan biridir. Agar 2011 yilda ushbu texnologiyalarni ishlab chiqarishga kompaniya o’rtacha 5 mlrd. dollar sarflagan bo’lsa, 2016 yilga borib bu raqamni 40 mlrd. ga yetkazish ko’zda tutilmoqda. Ularning oldi-sotdisidan olinadigan daromad esa salkam 250 mlrd. ni tashkil etishi kutilyapti. Bu zamonaviy ilm-fan yutuqlarini o’zida mujassamlantirgan innovatsion texnologiyalarning kelajagi nechog’li ulkan ekanidan dalolatdir.
Darhaqiqat, ilm-fan yutuqlariga asoslangan soha iqtisodiyotning ajralmas qismi sifatida tobora yaqqol namoyon bo’lmoqda. Lekin innovatsiya moddiy ishlab chiqarish yoki kapitalkontsentratsiyasi, degani emas. Aksincha, innovatsion texnologiyalarni novator olimlar va informatsion soha yaratadi. Ayrim tadqiqotchilar, jumladan, E.Toffler, F.Fukuyama, D.Bell va J.Neysbit nazariyalarida aynan innovatsion texnologiyalarga tayangan davlatgina yuksak taraqqiyot darajasiga erishadi, degan fikr ilgari suriladi. Zero, sanoatlashgan iqtisodiyot o’rnini asta-sekin innovatsion iqtisodiyot egallashi oddiy haqiqatga aylanib bormoqda. Natijada yangidan-yangi bozorlar kashf etilyapti. Binobarin, innovatsion maqsadlarni ro’yobga chiqarish uchun xususiy investitsiyalarga yanada kengroq imtiyozlar berish, ularga xizmat ko’rsatuvchi tarmoq banklarini shakllantirish, istiqbolli g’oyalarni kafolatlash hamda sug’urtalash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, yirik texnologik loyihalar uchun milliy va xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish talab qilinadi. Bundan tashqari, innovatsion siyosatni tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirish ham o’ta muhim ahamiyatga egadir.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə