Ishlab chiqarishda boshqaruv



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə20/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

Xitoy Xalk Respublikasi
Xitoy Yaponiya kabi o‘zining innovatsion rivojlanishini chet eldan patentlar, litsenziyalar xarididan boshlab zamonaviy sanoat tarmog‘ini shakllantirishga muvaffaq bo‘ldi.
Xitoyda erkin iqtisodiy zonalarga (EIZ) sarmoyalar jalb etishning huquqiy-shartnomaviy, tashkiliy asoslari vujudga keltirildi. Masalan, mamlakatda korxona foydasidan olinadigan soliq stavkasi - 33 foiz bo‘lgani holda, erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda bu ko‘rsatkich - 15 foizni tashkil etgan edi
Xitoy milliy innovatsion tizimning muvaffaqiyatli faoliyati nafaqat kuchli fan va ta’lim, balki boshqa institusional shart-sharoitlar bo‘lishini talab etdi. Xususan :
  • Yangiliklarning asosiy generatori sifatida raqobatbardosh tadbirkorlikning bo‘lishi;


  • Global innovatsion sohaga integratsiyalashuv yuqori texnologiyalarnng milliy tarmoqlarini rivojlantirishning eng muhim shart-sharoiti sifatida amalga oshirilishi;


  • Ta’lim, fan va texnologiyalarni rivojlantirish, innovatsion o‘sish uchun qulay institusional sharoitlarni shakllantirish - davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga aylanishi lozimligi.




Yaponiya
Yaponiya milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda quvib yetishning klassik usulini qo‘llaydigan mamlakatlar qatoriga kiradi:
quvib yetishning klassik usulining dastlabki davrlarida AQShda ishlab chiqariladigan yuqori texnologiyalarni import qilish hisobiga amalga oshirilgan; 1960 yildan boshlab xususiy texnika-texnologiyalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor bera boshladi. Yaponiya iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda immitatsion modelni joriy etgan, ushbu model keyin Osiyo kit’asida kator mamlakatlarda keng qo‘llanilgan, immitatsion modelning asosiy xususiyati chet el mamlakatlari texnologiyalariga mahalliy texnologiyalarni chatishtirish hisoblanadi;
Yaponiya 1950 yillardan boshlab xorijiy mamlakatlardan ko‘plab patentlar va litsenziyalar sotib olish hisobiga innovatsion rivojlanishga asoslangan yirik texnoparklarpi tashkil etdi. 80-yillarida Tashqi savdo va sanoat vazirligi tomonidan “Texnopolis” dasturi asosida 14 shaharda 18 gektarlik texnopolis tashkil etildi.
“Sukuba" texnopolisi eng yirigi bo‘lib, 28 ming ga maydonni egallagan, unda 145,0 ming kishi faoliyat ko‘rsatadi.
Yaponiyada innovatsion iqtisodiyotning samarali rivojlanishining asosiy yutuqlaridan biri, mamlakatda uning asosiy yo‘nalishlari belgilab ko‘yilgan. Uning asosiy yo‘nalishlari to‘rtta asosiy masalani o‘z tarkibiga kiritgan:
  • Fundamental va amaliy tadqiqotlarini chuqurlashtirish.


  • Tashqi aloqalarni kengaytirish orqali texnologik siyosatni yuritish.


  • Fan-texnika taraqqiyotini aholi manfaati va tabiat bilan hamohang rivojlanishda bo‘lishi.


  • Hududlar rivojlanishining texnologik siyosatini yuritish.





Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə