Ishlab chiqarishda boshqaruv


-MAVZU. Innovatsiya va innovatsion nazariyalarning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə11/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

2-MAVZU. Innovatsiya va innovatsion nazariyalarning rivojlanish bosqichlari.
Reja:
1. Инновациянинг моҳияти ва унинг иқтисодий жараёнлардаги роли.
2.Дастлабки инновацион ғоя ва илмий мактабларнинг шаклланиши. Классик назариялар.
3.Инновацион назарияларнинг шаклланишида технологик жараёнларнинг тутган ўрни.
4.Замонавий инновацион назариялар.

1. Innovatsiyaning mohiyati va uning iqtisodiy jarayonlardagi roli.
Innovatsiyalar tо‘g‘risida turli xil fikrlar mavjudligi bois bu tо‘g‘risida juda kо‘p gapirish mumkin. Shu asnoda bir savol tug‘ilishi tabiiy: innovatsiya tushunchasi nimani anglatadi, innovatsiyalar qachondan boshlab hayotimizga kirib kelgan? Bu savolga javob topish kо‘pchilikni qiziqtirsa kerak albatta. Keling tarixga bir nazar solaylik.
Innovatsiya insoniyat yaratilgandan beri mavjud desak mubolag‘a bо‘lmaydi. Bizning ajdodlarimiz ham jamiyat hayotini о‘zgartirgan yoki oldinga siljitgan, о‘zlari yashagan davrga xos yoki bazaviy innovatsiyalar bilan shug‘ullangan. Masalan, eramizdan avvalgi 1200 yillarda temir quyish texnologiyasini yaratilishi insoniyat tarixida juda katta о‘zgarishlarga sabab bо‘lgan. Bu jarayon esa fanning shakllanishi va u bilan shug‘ullanadigan olimlar qatlamining alohida ajralib chiqishidan ancha avval yuzaga kela boshlagan. Shuning uchun innovatsiyalarning birdan bir manbai ilm-fan deyish ham noо‘rin bо‘ladi. Industrial davrning innovatsion portlashi yuz bergan sо‘nggi yuz yillikda yirik innovatsiyalarning tashabbuskorlari har doim ham olimlar bо‘lavermagan. Ularning tashabbuskorlari asosan tadbirkorlar, siyosiy arboblar, arxitektorlar, rassom va musiqachilar bо‘lgan.
Innovatsion amaliyot bir necha ming yillardan beri mavjud bо‘lgan bо‘lsada, faqatgina XX asrdagina innovatsiyalar maxsus ilmiy о‘rganish predmeti sifatida о‘rtaga chiqdi.
Innovatsiya” termini lotin tilidagi “novatio” sо‘zidan olingan bо‘lib, “yangi kiritilgan tartib qoida”, “yangilik” degan ma’nolarni anglatadi.
“Innovatsiya” tushunchasi “о‘zgarish” va “rivojlanish” tushunchalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Muttasil yangiliklarni yaratish yakunda tuganmas potensial о‘zgarishlar oqimini paydo qiladi. Real о‘zgarishlar esa barcha yangiliklarning faqatgina bir qisminigina saqlab qoladi. Shunday qilib, innovatsiyalar yoki yangilik kiritish deganda nafaqat yangi texnologiyalarni tadbiq qilish va yangi mahsulot ishlab chiqarish, balki biznesni tashkil etishdagi, firmani boshqarishdagi, iste’molchilar bilan о‘zaro munosabatlardagi о‘zgarishlar ham tushuniladi.
Adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasini aniqlashda turlicha yondoshuvlar mavjud: mohiyati yoki ichki tuzilishiga qarab innovatsiyalar texnologik, tashkiliy, marketing va boshqalarga ajratiladi.
Amerikalik professor F.Kotler innovatsiyani ommaviy ishlab chiqarishga yо‘naltirilgan va bozorga chiqarilgan, iste’molchi tomonidan mutlaqo yangi yoki qisman noyob tarkibli mahsulot kabi qabul qilinadigan g‘oya, mahsulot yoki texnologiya sifatida tushuntiradi.
Iqtisodchi Y. Shumpeter 1900 yillarda birinchilardan bо‘lib ilmiy iste’molga “innovatsiya” terminini kiritgan olim hisoblanadi. U innovatsiyani tadbirkorlikka asoslangan ishlab chiqarish omillarining yangi ilmiy-tashkiliy majmuasi sifatida izohlaydi. Uning kontsepsiyasi quyidagi besh turdagi innovatsiyadan iborat: muomalaga yangi mahsulotni kiritish; yangi ishlab chiqarish usullarini joriy etish; yangi bozorlarni ochish; xom-ashyo yoki boshqa boshlang‘ich boyliklar bilan ta’minlovchi yangi manbalarni о‘zlashtirish; u yoki bu sanoat tarmog‘i uchun yangi bozor tuzilmalarini yaratish.
Shu о‘rinda dunyoga mashhur insonlardan biri “zamonaviy menejmentning otasi” deb tan olingan P. Drukerning innovatsiya tо‘g‘risidagi ayrim fikrlari ham ahamiyatga molikdir.
P. Druker “Ertangi kun – bu imkoniyat” degan iborani tez-tez takrorlab turgan. U kelajakdagi imkoniyatlarni prognoz qilish va unga pul mablag‘larini sarflay olish qobiliyati kompaniyaning eng muhim xususiyatlaridan biri deb hisoblagan.
P. Drukerning fikricha, faqatgina tovarni yaratishga yoki brendni kengaytirishga yо‘naltirilgan innovatsion jarayonlarga nisbatan umumqabul qilingan qarashlar masalaning mohiyatini aks ettirmaydi. U haqiqiy innovatsiya xaridorlarning istaklarini keskin о‘zgarishini talab etadi deb hisoblagan.
Druker agar siz innovatsiyani nimaligini bilmasangiz unda siz biznes bilan shug‘ullana olmaysiz degan qat’iy fikrga kelgan. “Starbucks” kompaniyasi esa P. Druker tasavvur qilgan haqiqiy innovatsiya namunasi bо‘la oladi. 1971 yilda birgina kafedan boshlab 2006 yilga kelib “Starbucks” dunyoning 37 mamlakatida 12 mingtagacha savdo nuqtalari ega bо‘lgan yirik kompaniyaga aylandi. “Starbucks” iste’molchiga faqatgina odatdagidan xushxо‘r bо‘lgan bir chashka kofe taklif qilish uchungina tashkil etilmagan edi. Bu kofe chakana savdosidagi eskicha qarash edi. Kompaniya rahbariyatida kengroq kо‘lamdagi fikr paydo bо‘ldi: “Starbucks” kafesini odamlar о‘z hayotidagi shiddatli sur’atdan dam oladigan – uy va ofis о‘rtasidagi о‘ziga xos joyga aylantira olish. Boshqacha aytganda kompaniya kofe urug‘larini maydalash, qaynatish va filtrlash kabi oddiy jarayonlar doirasidan uzoqqa chiqib ketdi va u iste’molchilarning umid va istaklarini о‘zgartira oldi.
P. Drukerning kelajak avlodga qoldirgan eng katta tuhfasi – bu kompaniya menejerlari va ishchilarini kelajakni qanday yaratishni о‘rgatadigan ijodiy merosidir. Piterning innovatsiyaga bog‘liq quyidagi fikri judayam katta ahamiyatga ega: tadbirkor quyidagi tо‘rtta vosita yordamida boylik keltiruvchi yangi resurslarni yarata oladi:
1. Doimiy ravishdagi о‘tmishdan voz kechishga va innovatsiya uchun joy ajratishga qaratilgan ish.
2. Imkoniyatlarni doimiy izlash.
3. Ushbu imkoniyatlarni xaridorlar uchun qadrli qila olish.
4. Resurslarni strategik joylashtirish.
Bugungi kunda Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT) hamda Yevrostat “innovatsiya” terminiga о‘zlarining talqinlarini taklif etmoqda. Unga kо‘ra, innovatsiya - bu qandaydir yangi yoki sezilarli yaxshilangan mahsulot (tovar yoki xizmat) yoki jarayonni, marketingning yangi usullari yoki amaliyotga yangi tashkiliy usulni iste’mol uchun kiritish, ish о‘rinlari yoki tashqi aloqalarni tashkil etishni namoyon qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqilsa, innovatsiyani yoki g‘oyani haqiqatda amalga oshirishga olib keladigan barcha ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy va tijorat faoliyati innovatsion faoliyat hisoblanadi.
Albatta, barcha sohalarda yangiliklarga intilish hamda raqobat kuchayib borayotgan bugungi davrda samarasiz о‘tmishdan voz kechgan holda innovatsiyalarga keng yо‘l ochib berish taraqqiyotning eng muhim asosi bо‘lib hisoblanadi.
Aynan bugun davlatimiz rahbari innovatsiyalarni jamiyatimizning barcha jabhalariga zudlik bilan tadbiq etishni talab etayotganligi ham bejizga emas. Darhaqiqat, innovatsiyalar mamlakatimizning jahon hamjamiyatida о‘z о‘rniga ega bо‘lishi va rivojlangan davlatlar darajasiga erishishida eng asosiy omil hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda ilmiy ishlanmalarni iqtisodiyotning real sektoriga joriy etish bо‘yicha samarali mexanizm rivojlantirilmoqda.
Xususan, 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy hamda innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy о‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari hamda texnoparklarni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu bilan birga, respublika viloyatlarida bо‘lib о‘tayotgan xalq bilan bevosita muloqot paytida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan barcha hududda ilm-fan salohiyatini tiklash, hududlarning kompleks rivojlanishini ta’minlashda mavjud intellektual salohiyatdan samarali foydalanish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish bо‘yicha aniq vazifalar belgilab berilmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy izlanishlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning real muammolariga yо‘naltirish, ilm-fan va ishlab chiqarish о‘rtasidagi uzviy integratsiyani ta’minlash, о‘z navbatida, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan olimlarning ilmiy-texnologik ishlanmalarini amaliyotga joriy qilish samaradorligini oshirish mexanizmlarini yaratish masalalari о‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida akademik fanning ahamiyatini yanada oshirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2789-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan keng kо‘lamli miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi kо‘zda tutilgan.
Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF–5099 sonli farmoniga muvofiq, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilariga qо‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish hisobiga ushbu tarmoqda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, AKT mahsulotlari eksportini kо‘paytirish, shuningdek mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha "Mirzo Ulugbek Innovation Center" innovatsiya markazi tashkil etildi.
Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlash maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PF-5264 sonli farmoniga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Ushbu farmonga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishining asosiy yо‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:
mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish;
davlat xizmatlari kо‘rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
innovatsiya faoliyati sohasida ilg‘or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni kengaytirish va boshqalar.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə