Ishlab chiqarishda boshqaruv



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə10/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

Ijtimoiy

Ta’lim muassasasi moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, ishlab chiqarish talablari va jamiyatning rivojlanish darajasiga javob beruvchi, sifatli kadrlarni tayyorlash


Jamiyatda ilg’or g’oyalarni shakllantirish hamda fan va texnikaning rivojlanishini


zamon talablariga uyg’unlashtiradigan vositalar hamda globalizatsiya jarayonlariga moslashtirishdagi muammolar

Innovatsion faoliyatga to’sqinlik qiluvchi va rivojlanishiga sharoit yaratuvchi omillarni o’rganish mamlakatimizda innovatsion jarayonlarni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan innovatsion siyosatni olib borish bo’yicha belgilangan vazifalarni bajarish yo’zasidan samarali strategik maqsadlarni belgilab olishga yordam beradi.


Mamlakatimizda biznes sub’yektlarining innovatsion faoliyati rivojlanish darajasini yuksaltirish uchun iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashning strategik maqsadlariga mos ravishda yaqin yillar ichida zarur shart-sharoitlarni yaratish lozim.
Hozirda rivojlangan mamlakatlar sanoat korxonalarida innovatsion faollikni oshirishda investitsiyalarni strategik boshqarishga alohida e’tibor qaratilgan. Natijada muayyan tarmoqlarda sanoat ishlab chiqarishining samarali amalga oshirilishi hisobiga innovatsion faollikni yanada kuchayishi kuzatilmoqda. Chunki sanoat korxonalarida innovatsion mahsulotlar yaratish va xizmatlar ko’rsatish ko’lamini kengayishi o’z navbatida ishlab chiqarish jarayonining yangi ko’rinishlarini joriy qilish, ish o’rinlarni tashkil etish hamda tashqi aloqalarning kengayishiga sharoit yaratadi3. Buni sanoati o’sib borayotgan xorij mamlakatlari tajribasida ko’rishimiz mumkin.
Fikrimizcha, milliy iqtisodiyot korxonalarini texnik-iqtisodiy modernizatsiyalash, sanoatning ustuvor tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarish, tashqi va ichki bozorlardagi talablarga javob beradigan raqobatdosh tovarlarni ko’paytirish va yangilarini yaratish innovatsion faoliyat tizimini shakllantirish hisobiga amalga oshirilishini taqozo etadi. Buning uchun iqtisodiyotda innovatsion jarayonlarni tatbiq etadigan ustuvor yo’nalishlarini aniq belgilash, ilmiy asoslangan innovatsiya qarorlarini qabul qilish uchun ichki va tashqi moliyalash manbalarini samarali jalb qilish tizimini ishlab chiqish bevosita iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi. Bu jarayonda investitsiyalardan samarali foydalanish eng qulay vositalardan biri sanaladi.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda sanoatni rivojlantirishning asosiy omillarini e’tiborga olish korxonalarda innovatsion muhitni yaxshilash bilan birga, istiqbolda texnologik jihatdan yangi, sezilarli darajada takomillashgan ishlab chiqarish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlar uchun innovatsion mahsulotlar yetkazib berishga ijobiy ta’sir etadi.


Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə