Ishlab chiqarishda boshqaruv


Innovatsion nazariyalarning shakllanishida texnologik jarayonlarning tutgan o’rni



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə13/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

3.Innovatsion nazariyalarning shakllanishida texnologik jarayonlarning tutgan o’rni.
Hayotimizga innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi quyidagi yo’nalishlarda yo’z bermoqda:
1) texnologik – ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohasiga kiritilgan yangilik natijasida samaradorlikning oshib borishi;
2) ijtimoiy hayotdagi o’zgarish va yangilanishlar (pedagogika, boshqaruv tizimi, xizmat ko’rsatish sohalarida);
3) fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida (fuqarolik jamiyati institutlarining vujudga kelishi va rivojlanishi, fuqarolar faolligining yangi shakllarining paydo bo’lishi);
4) yangi foydali xususiyatga ega mahsulotlarning yaratilishi;
5) tashkiliy va marketing sohasida (boshqaruv jarayonining takomillashuvi, mahsulot va xizmatlar ko’rsatishning yangi-yangi usullari va shakl larining paydo bo’lishi).
Texnologik izchillik qonuniyatlarini va uning tarixiy mantiqiy ketma-ketligini o‘rganadigan evolyusion iqtisodiy nazariya “texnik iqtisodiy pradigma” va “texnologik trayektoriya” tushunchalariga asoslanadi.
Innovatsiya (yangiliklarni kiritish) ilmiy va ijodiy faoliyatning pirovard natijasi bo‘lib, u bozorda sotiladigan yangi yoki bo‘lmasa amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonda mujassamlanadi.
Hisobot shaklida texnologik innovatsiyalar deganda yuridik shaxsning texnologik yangi mahsulotlar va jarayonlarni, shuningdek mahsulotlar va jarayonlarda sezilarli darajada takomillashtirishlarni, texnologik yangi va sezilarli darajada takomillashtirilgan xizmatlarni, xizmatlar ishlab chiqarilishi (yetkazib berilishi) bо‘yicha yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan usullarni ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq faoliyati nazarda tutiladi. Texnologik innovatsiyalar yuridik shaxs tomonidan birinchi marotaba ishlab chiqilayotgan mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlar va usullar shaklida (agar ular boshqa yuridik shaxslar tomonidan qо‘llanilayotgan bо‘lsa ham) bо‘lishi mumkin.
Texnologik innovatsiyalarning ikkita turi mavjud. Bular: mahsulotlar bо‘yicha innovatsiyalar va jarayonlar bо‘yicha innovatsiyalar.
Sanoat ishlab chiqarishida mahsulot bо‘yicha innovatsiyalar texnologik yangi va takomillashtirilgan mahsulotlarni tayyorlash va joriy etishni о‘z ichiga oladi. Texnologik yangi mahsulot - texnologik xususiyatlari (funksional belgilari, konstruktiv yо‘l bilan bajarilishi, qо‘shimcha operatsiyalari, shuningdek qо‘llaniladigan tarkibiy qismlar va materiallar tarkibi) yoki qо‘llanilish maqsadi prinsipial jihatdan yangi yoki yuridik shaxs tomonidan ilgari ishlab chiqarilgan shunga о‘xshash mahsulotdan sezilarli darajada farq qiluvchi mahsulotdir. Bunday innovatsiyalar prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarga yoki mavjud texnologiyalardan, tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga asoslangan bо‘lishi mumkin.
Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot - bu yuqoriroq samarali tarkibiy qismlar va materiallardan foydalanish, bir yoki undan ortiq texnik tarkibiy qismlarini qisman о‘zgartirish (kompleks mahsulotlarda) yо‘li bilan ishlab chiqarilishining sifat bо‘yicha xususiyatlari yaxshilanadigan va iqtisodiy samaradorligi oshadigan mahsulotdir.
Mahsulotlar bо‘yicha innovatsiyalar Sizning tashkilotingiz uchun yangi bо‘lishi kerak. Ular bozor uchun yangi bо‘lishi shart emas. Innovatsion mahsulotlar Sizning tashkilotingiz yoki boshqa tashkilot tomonidan tayyorlanganining ahamiyati yо‘q.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə