Pedagogik kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini tashkil etish



Yüklə 18,09 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü18,09 Kb.
#134418
5-mavzub tarbiya


. pedagogik kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini tashkil etish.
Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi faoliyatida uning kasbiy tayyorgalikni differensiallashni tatbiq etish alohida o‘rin egallaydi. Bu borada pedagogik kengash va oliy o‘quv yurtlarining oldiga muta- xassis kadrlarni sifatli tayyorlash vazifasi yuklatiladi.
Konsepsiyada ta’lim muassasasida kirish jarayonida ularni kasbiy yaroqligini aniqlash jarayonini tashkil etish kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishdagi muhim vosita ekanligi uqtiriladi.
Maktabgacha ta’lim tizimi uchun kadrlarni mukammal tayyor- lashni turli-tumanligiga ularni malakasini oshirish va qayta tay- yorlashning turliligini ochish imkoniyatini beradi.
Malaka oshirish kurslarini shunday tashkil qilish kerakki, tinglovchilar nafaqat ta’lim jarayoniga zamonaviy va metodik yon- dashish, balki o‘zlarining qiziqishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha bi- limlarini olishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim konsepsiyasi maktabgacha ta’limdagi muammolarni hal etish bilan shug‘ul- lanadigan barcha tashkilotlarni ularning bir-biri bilan hamkorlik va muloqotni amalga oshirgan holda muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi.
Respublika ilmiy metodika markazi ilmiy uslubiy itimoiy, psixologik-pedagogik, tibbiy gigiyena o‘quv ko‘rgazmali labora- toriyalar, tajriba sinov maktabgacha ta’lim muassasalari ishlarini tashkil etadi va boshqaradi. Shuningdek, maktabgacha ta’limni rivoj- lantirishga qaratilgan istiqbol dasturlarini tuzishda bevosita yetak- chilik qiladi.
Bu ishlarda O‘zbekistonning ta’lim sohasiga oid bo‘lgan hududiy muammolarni qamrab olgan tadqiqotlar bilan shug‘ullanish maqsadida ilmiy hujjatni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi.
Bu esa turli turdagi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’limiy-pedagogik jarayonni tashkil etishning shakl va mazmunini ishlab chiqish, o‘zbekcha-ruscha ikki tillik muammosi, bolalar rivojlanish darajasining psixologik, pedagogik va ijtimoiy diag- nostikasi pedagoglarning kasbiy darajasi, oila, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim hamkorligi, ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan modelining ustuvor(bosh) tatbiq qilishning usul va texnologiyalari va boshqa bir qancha dolzarb masalalarini hal etishni taqozo etadi. Respublika ilmiy-metodika markazining yana bir asosiy vazifasi bu uslubiy hujjatni joylarda namunaviy maqsadli tahlil etishdir.
Bunda ta’lim, fan va texnika yutuqlari, ilg‘or ish tajribalaridan unumli foydalangan holda o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishni ta’minlaydi; tajriba-sinov maydonida olib borilayotgan pedagogik texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish pedagogik tajribani o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, pedagogik jamoa va alohida pedagoglarning yangi fikrlari, mualliflik maktabgacha ta’lim muassa- salarining bilimiga yordam berish, tarbiyachilarning uslubiy birlash- malarini tashkil etish nazarda tutiladi.
Psixologik-pedagogik maslahatni tashkil etish ota-onalar va bolalar bilan ishlashda ko‘pchilik duch kelayotgan pedagoglar uchun ularning kasbiy-shaxsiy qobiliyatlarini diagnostikadan o‘tkazadi; o‘qitish uslubining psixik korreksiyalarini amalga oshiradi, pedagogni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi, psixologlar uchun qo‘llanmalar tayyorlaydi, bolalarni tekshi- ruvdan o‘tkazadi va tezkor qabulni amalga oshiradi.
Bolalarni ilk qo‘llab-quvvatlash va psixologik-jismoniy rivojla- nishidagi nuqsonlarning oldini olish vasiylik bo‘limi tibbiy, maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari, psixologik, ijtimoiy va yuridik xizmat tashkilotlari bilan hamkorlik va koordinatsiya ishlarini tashkil etish lozim.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jahon andozalariga olib chiqishni ta’minlash maqsadida markaz turli ijodiy ittifoqlar, shuningdek, yaqin va uzoq, chet ellar bilan aloqalar o‘rnatishi lozim.
Respublika bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasini dasturiy uslubiy jihatdan ta’minlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ko‘p jihatdan ta’limni maktabgacha yoshdagi bola psixikasi xususiyatlariga javob beruvchi dasturlar, metodik tavsiyalar, ta’lim-tarbiya berish qo‘llanmalari bilan ta’minlanishga bog‘liq. Bu bo‘limda ta’limda qo‘llaniladigan bosh ta’lim qo‘llanmasi bola va kattalarning o‘zaro munosabatlarining shaxsga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi qo‘l- lanmalar (alohida ish uchun daftar, albomlar, flamaster, qalam, bo‘yoqlar va h.k) yaratilgan dasturiy-uslubiy majmua maktabgacha ta’lim standartini, bolalar bilan ishlashda va ularni rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlarini ta’minlashi lozim. Bu majmuada tarbiyachilar va boshqa mutaxassislarning yangi avlodi uchun darslik va qo‘llan- malar yaratish nazarda tutiladi.
Shuningdek, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o‘yin faoliyatini tashkil etish usullaridan rivojlantiruvchi predmetli o‘yinning nazariy va amaliy jihatlari ustida fikr yuritiladi.
Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalar.
Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’li- miy maqsadlarni qat’iy talab etuvchi va bosqichli o‘zgarishlarning aniqligini va olingan natijalarni baholovchi ma’lum ilmiy loyihalashni mo‘ljallaydi.
Zamonaviy rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar nafaqat o‘qitish jarayoniga, balki bolaning psixik jarayonlariga, uning shaxsiy sifatlari, aqliy-ijodiy qobiliyatlarini, jismoniy rivojlanishiga yo‘nal- tirilgandir, Ta’limning insonparvarligi sharoitida pedagogik texno- logiyalar pedagogdan bolani jiddiy qabul qilish munosabatlarida ko‘riladi.
Pedagogik jarayonlarda pedagogik texnologiyalar qo‘llanilganda bularning samaradorligi diagnostika qilinadi. Bu esa bolaning ta’lim ta’siriga ochiq munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’limning samaradorligini boshqarish algorit- mining ya’ni kuzatishning tizimli qoidalari, qo‘yilgan o‘quv va tarbi- yaviy maqsadlarini bajarishda bolalarning qabul qilish faoliyatini kuzatish va tuzatish bilan aniqlanadi. Yuqorida bayon etilganlar shun- ga guvohlik beradiki, O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim tizimi oldiga bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivoj- lanishni ta’minlashdek ulkan mas’uliyat yuklanadi.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim konsepsiyasining maqsad va vazifalari quyidagi bosqichlarda ro‘yobga chiqariladi.
Birinchi bosqich - 2012-2014-yillar mavjud maktabgacha ta’lim tizimining ijtimoiy tomonlarini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojiantirish uchun huquqiy asosni (vazni) yaratish.
Ushbu bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi:
- O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq maktabgacha ta’lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash.

  • Bola shaxsiga yo‘naltirilgan model ustuvorligini ta’minlash.

  • Pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishini zamon talablariga muvofiq darajada tashkil etish.

-O‘quv uslubiy qo‘llanma dasturlarining didaktik va axborot ta’mi- notining yangi avlodini ishlab chiqish.
Ikkinchi bosqich - 2015-2017-yillar.

  • Maktabgacha ta’lim konsepsiyasini ta’lim jarayoniga bevosita qo‘llash mavjud ijtimoiy-psixologik sharoitlar hisobini olgan holda, unga yangiliklar kirita borish.

- Maktabgacha ta’lim muassasalarida tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish tizimini amaliyotga joriy etish.
-Ta’lim texnologiyalarining didaktik tamoyillarini qo‘llash asosida ta’lim jarayonini sifat jihatdan takomillashtirish.
Uchinchi bosqich - 2018-2020-yillar. To‘plangan tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida(istiqbol) kelajak uchun yangi ilmiy g‘oyalar loyihasi (ustida) ishlab chiqish.
Yüklə 18,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə