Ishlab chiqarishda boshqaruv



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə4/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

Innovatsiya - bu yangi texnologiyalarda mujassamlashgan yangi bilimlar, nou-xau, ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalarini qо‘llash bilan bog‘liq, shuningdek yuqori bozor salohiyatiga ega bо‘lgan yangi vazifalarni bajara oladigan yangi mahsulotlar yaratish yoki destruktiv jarayonlarning salbiy oqibatlarini yо‘kotish maqsadini о‘z oldiga qо‘ygan faoliyat yoki faoliyat natijasidir, yа‘ni, innovatsiyalarni g‘oyalar, izlanishlar, ishlanmalar, yangi yoki mukammal ilmiy-texnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar transformatsiyasining natijasi sifatida qarash mumkin.
“Innovatsion iqtisodiyot” - fanining maqsadi - iqtisodiyot, shu jumladan ilmiy tadqiqot, iqtisodiy tahlil, рedagogik faoliyat va boshqa sohalarda innovatsiyalardan samarali foydalanish ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari – innovatsion nazariyalar, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan korporativinnovatsion tizimlar va innovatsion strategiyalarni yaratishning nazariy asoslari to’g’risida tushuncha hosil qilish, milliy innovatsion tizimlarning rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish, innovatsion biznesni loyihalashtirish, innovatsion loyiha va dasturlarning iqtisodiy tahlilini amalga oshirish, innovatsion faoliyatni tashkiliy shakllari va uni moliyalashtirish tizimi to’g’risida yaxlit tasavvurni shakllantirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha ilmiy-amaliy ishlanmalar va innovatsion qarorlar qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish, innovatsion biznesda narx va xarajatlar siyosatini amalga oshirish hamda innovatsion risklarni boshqarish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Fanning bevosita mahsuli – tushunchalar, nazariy konstruksiyalar, modellar va yangi bilimlar tarkibidagi boshqa axborot bo’lib, mutaxassislar tomonidan bir xilda tushunilish va o’zlashtirishni ta’minlaydi.
Fanning bevosita mahsuli tovarga aylanmaydi – u yangilik sifatida namoyon bo’ladi.
Fan mahsuli yoki intellektual mahsulot ikki xil yo’l bilan – bozorda va bozordan tashqarida sotish yo’li bilan foydalanilishi mumkin. Agarda intellektual faoliyat mahsuloti bozorda sotiladigan bo’lsa, bu holda u yangiliklar toifasidan innovatsiyalar toifasiga o’tadi.
Yangilik kiritish (novshestvo) bu – biron-bir faoliyat sohasida uning samaradorligini oshirish bo’yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarning rasmiylashtirilgan natijasidir.
Yangilik kiritish – fan va texnika yutuqlaridan bozorda amaliy foydalanish bo’yicha faoliyatning oraliq yakunigina, xolos. Yangilik kiritish intellektual mahsulotning quyidagi turlaridan biri sifatida qayd etilishi va rasmiylashtilishi mumkin: ixtiro, tushuncha, ilmiy yondashuv, yangi tamoyil, standart, tavsiya, uslubiyat, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (texnologiya, boshqaruv yoki ishlab chiqarish jarayoni, tashkiliy, ishlab chiqarish yoki boshqa struktura) hujjatlari, patent, ratsionalizatorlik takliflari, kashfiyotlar, «nou-xau», marketing tadqiqotlari natijalari va h.k.
Yangilik kiritish atamasining sinonimi hisoblangan novatsiya tushunchasi ilgari mavjud bo’lmagan bironta yangilikni ifodalaydi. «Yangilik kiritish» va «novatsiya» tushunchalari bilan «tadqiqot»,«ixtiro» va «kashfiyot» tushunchalari chambarchas bog’liqdir. Ilgari ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar olish yoki ilgari ma’lum bo’lmagan tabiat hodisalarini yoki insoniyat muhitini kuzatish jarayoni tadqiqot deb ataladi.
Ixtiro bu – yangi uskuna, mexanizm, vosita, texnologiya, usul va inson tomonidan yaratilgan boshqalarda o’z aksini to’adigan tadqiqot natijasidir.
Kashfiyot bu – tadqiqotlarning, ehtimol, qo’shimcha natijasi hisoblanadi. Kashfiyotlar va ixtirolar qoidaga ko’ra, fundamental darajada yo’zaga keladi va kamdan-kam hollarda yakka shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ular tasodifan roy berishi va foyda olish maqsadini ko’zlamasligi ham mumkin.
Xalqaro standartlarga muvofiq «innovatsiyalar» atamasi mustaqil iqtisodiy toifa hisoblanadi. U «Fraskati dasturi» va «Oslo dasturi» nomi bilan mashhur bo’lgan hujjatlarda o’z aksini to’gan. Bu hujjatlarda qabul qilingan «innovatsiya» tushunchasiga boshqaruv sohasidagi ko’pchilik nazariyachi va amaliyotchilar amal qiladi. O’zbekistonda innovatsiyalar bo’yicha meyoriy-huquqiy bazani yaratishda, innovatsion faoliyat bo’yicha konsepsiya, dastur va boshqa strategik hujjatlar ishlab chiqishda ham aynan u asos qilib olinishi zarurdir.
Innovatsiyalarni paydo bo‘lishining ikki yo‘nalishi mavjud:
  • Bozor ehtiyoji, ya’ni qandaydir tovar yoki xizmatga bo‘lgan talab, boshqacha aytganda, bu - bozor ehtiyojlariga beriladigan javob yoki marketing varianti hisoblanadi. Masalan, bunday o‘zgarishlar tarkibiga ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga yoki mahsulotga «tovar» ko‘rinishini berishga yordam beruvchi o‘zgarishlarni kiritish mumkin.


  • «Kashfiyotchilik» (intellektual faoliyat)- bu odamning bozorda mavjud bo‘lmagan talabni qondirishga yo‘naltiriladigan yangi mahsulotni yaratish borasidagi intellektual faoliyatidir, boshqacha aytganda, bu - yangi bozorni yaratish faoliyatidir.


Innovatsion ongni shakllantirish zarurati butun dunyo miqyosida roy berayotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarga mutanosib ravishda taraqqiy etish uchun insonlarda yangiliklarni qabul qilish, ularga qiziqish va uni takomillashtirishga intilish ko’nikmalarini rivojlantirish bilan izohlanadi.


Shu nuqtai nazardan, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi. Sovet davri mafkurasiga moslashtirilgan, o’sha davr taraqqiyoti yutuqlarining mevasi o’laroq vujudga kelgan tizim fan va texnikaning jadal rivojlanishi, shuning natijasi bo’lgan insonning borliqqa munosabatining o’zgarishiga mos kelmay qolgan edi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilganidek, “Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol to’ishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini royobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir”.
Innovatsion faoliyat jarayonida ob’yektning o’zgarishi ta’siri ostida sub’yekt ham o’zgaradi, uning amaliy qobiliyati va malakasi chuqurlashadi, fikrlash doirasi kengayadi, ongi va xotirasi boyiydi, dunyoqarashi o’zgaradi. Innovatsion amaliy faoliyat nafaqat ob’yektni bilish va o’zgartirish, balki unga yangicha ma’no kiritish, muammolar yechimining yangi yo’nalishlarini vujudga keltirishga imkon beradi. Shu nuqtai nazardan innovatsion ong natijasida paydo bo’lgan “quvmasdan o’zib ketish” kabi mutlaqo yangi tushunchalar innovatsion ongga nisbatan yangicha qarashlarning shakllanishiga va sohaga qiziqishning kuchayishiga xizmat qiladi.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə