Ishlab chiqarishda boshqaruv


-MAVZU. Innovatsion iqtisodiyot fanining maqsadi, vazifalari, asosiy tushuncha va tamoyillari



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə3/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

1-MAVZU. Innovatsion iqtisodiyot fanining maqsadi, vazifalari, asosiy tushuncha va tamoyillari.
Reja:
  1. Innovatsion iqtisodiyotning fanlar tizimidagi o’rni va uni o’rganishda axborot va ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish.


  2. Innovatsion iqtisodiyotning shakllanish va rivojlanish bosqichlari.


  3. Mamlakat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotida innovatsion rivojlanishning o’rni va innovatsion rivojlanishning strategik maqsadlari.


  4. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda innovatsion rivojlanishdagi o’zgarishlar.





1.Innovatsion iqtisodiyotning fanlar tizimidagi o’rni va uni o’rganishda axborot va ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Innovatsiya tushunchasi doirasiga tadbirkorlik, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, boshqaruv va jamiyatning boshqa sohalarida ilm-fan yutuqlaridan foydalanib kiritilgan yangilik va o’zgartirishlar kiradi. O’zbek tilining izohli lug’atida “innovatsiya” atamasiga so’zma-so’z kiritilgan yangilik, ixtiro, keng ma’noda esa texnika va texnologiyalarning yangi turlari (avlodlari)ni joriy etish maqsadida iqtisodiyotga sarflangan mablag’lar, ilg’or texnika va texnologiyalar, boshqarish va boshqa sohalardagi yangiliklar va ularning turli sohalarda qo’llanishi, muayyan tilda, asosan, uning morfologiya sohasida eng so’nggi davrlarda paydo bo’lgan yangi hodisalar (til birliklari) deya ta’rif beriladi.
Innovatsion rivojlanishning mohiyati va mazmunini о‘rganishdan oldin “innovatsiya” iborasi tо‘g‘risida tasavvur hosil qilish zarur. Ushbu tushuncha ingliz tilidan olingan bо‘lib, “innovation”, ya’ni yangilik, yangilik kiritish degan ma’noni anglatadi.
Avstriyalik iqtisodchi I.Shumpeter: “Innovatsiya - bu mavjud jarayonga yangicha qarash, yondashuv bо‘lib, zamonaviy kashfiyot va ishlanmani yoki insoniyat faoliyati bilan bog‘liq bо‘lgan yangi ishlab chiqarishni ma’lum bо‘lgan kandaydir jarayonga qо‘llashdir”, - deya ta’kidlaydi.
Oslo hukumatining innovatsiyaga bergan ta’rifiga kо‘ra: “Innovatsiya - bu yangi g‘oyalarni yaratish asnosida bozordagi talabga qarab zamonaviy va sifatli tovarlarni ishlab chiqarish orqali raqobatchilaridan о‘zib ketishdir” - deya qayd etiladi.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə