Ishlab chiqarishda boshqaruv


Narx shakllanishiga ta’sir etadigan omillar



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə42/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

4. Narx shakllanishiga ta’sir etadigan omillar.
Bozorni kompleks o‘rganish tovarlarga bozor narxlarini tadqiq qilishni nazarda tutadi.Tovar bozori konyunkturasi holatini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar to‘plami ichida baho katta ahamiyatga ega bo‘lgan jamlanma ko‘rsatkich hisoblanadi. Baholar harakati ortida ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi va tovarning bozorga taklif qilinishi, unga bo‘lgan taklif va iste’mol darajasi, tovar zaxiralarning o‘zgarishi yotadi. Barcha ko‘rsatkichlarning tahlili va prognozi asosan ma’lum tovar uchun tahlil va prognozni to‘g‘ri amalga oshirish uchun bajariladi, chunki baho ham ichki, ham tashqi savdoning sifat ko‘rsatkichi, uning samaradorligi ko‘rsakichidir.
1. Bozor mexanizmining unsuri sifatida baho iqtisodiy kon’yukturaning shakllanishiga ta’sir o‘tkazadi. Shu sababli bir vaqtning o‘zida bahoga iqtisodiy konyunktura ta’sir qiladi va uning rivojlanishi natijasi hisoblanadi.Bozor bahosi tovarning tovar konyunkturasi konsentratsiyalashgan ifodasi sifatida ma’lum bozor holatini aniqlab beruvchi ko‘pgina omillar ta’sirida shakllanadi. Turli NSholar tovar narxlarining shakllanishi jarayoniga bir xilda ta’sir o‘tkazmaydi. NSholar majmuyini tizimli tahlil qilish ulardan bozor narxlariga bevosita ta’sir qiluvchi va shu sababli hal qiluvchi xarakterga ega bo‘lganlarini ajratib olish imkonini beradi. Bozor tovar munosabatlariga nisbatan qo‘llanganda baholar darajasi va ularning harakatiga (birinchi darajali omillarga) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi birinchi guruh omillariga ishlab chiqarish bahosi, talab va taklif nisbati, pul sohasi holati, narxlarni ma’muriy (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) boshqarish kiradi.Тovar narxlarini shakllanishi tahliliga o‘tishda birinchi tartibli asosiy NSholarni asosiy aniq tovar narxiga bevosita ta’sir qiluvchi o‘ziga xos omillar - tovarning sifati (iste’mol qiymati), sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri, yetkazib berish hajmi, yetkazib berish va to‘lov shartlari, baholarni flankirlash kabilar bilan to‘ldirish lozim.Ierarxik tizimda ko‘rsatilgan NSholar ichidan ba’zi birlari tovar-pul munosabatlarining barcha bosqichlaridan amal qiladi. Ular qatoriga qiymat qonuni, narxlarda aks etuvchi daromadlarni taqsimlash mexanizimi, pul sohasining holati, talab va taklifning nisbati ta’sirida shakllantiruvchi (aniqlovchi) omillarni kiritish lozim. Narxlar dinamikasini aniqlab beruvchi boshqa omillar ma’lum bir aniq tarixiy sharoitlarda vujudga keladi. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishining hozirgi bosqichida baholar dinamikasiga yirik kompaniyalar va trans milliy korporatsiyalar TMK davlat monopolistik boshqaruvi, ilmiy-texnik taraqqiyotning yuqori suratlarda rivojlanishi sharoitida raqobat xususiyatlarining o‘zgarishi sezilarli darajada o‘zgarishlar kiritmoqda.
Yo’z berayotgan narxlardagi o‘zgarishlar va ularni keltirib chiqarayotgan omillar tavsifiga (xarakteriga) ko‘ra, odatda:
- tovarlar va pul qiymatida ilmiy-texnik rivojlanish, monipoliyalar va davlat siyosati, tabiiy omillar va h.k.lar ta’sirida yo’z beradigan o‘zgarishlarni aks ettiruvchibaholar harakatining uzoq davom etuvchi tendensiyalari;
- talab va taklif o‘rasida siklning turli fazalarida nisbatning o‘zgarib turishi oqibatida yo’z beruvchi baholarning o‘rta muddatli siklik (takrorlanuvchi) tebranishlari;
- kelib chiqishi turlicha bo‘lgan mavsumiy va tasodifiy omillar ta’siri ostida yo’zaga keluvchi baholarning qisqa muddatli tebranishi farqlanadi.
Xom-ashyo sanoat mollari, ishlab chiqarish qurollari va iste’mol vositalari, yuqori monopollashgan va kam monopollashgan tovarlar, yangi va anchadan buyon ishlab chiqarilayotgan tovarlar, uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari va h.k. kabi ayrim tovar guruhlari uchun baholar harakatida sezilarli darajada o‘ziga xos xususiyatlar kuzatiladi.
Xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bahosi harakatida quyidagi xususiyat mavjud: o‘zgaruvchan konyunktura sharoitida xom-ashyo uchun sanoat mahsulotlariga qaraganda baholarning ancha keskin tebranishlari xos. Ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotga qanchalik ko‘p qiymat qo‘shilsa mahsulot narxi xom-ashyo narxi o‘zgarganda tebranishlarga kamroq moyil bo‘ladi. Ammo hozirgi vaqtda monopoliyalarning turlicha ta’siri natijasida xom-ashyo va tayyor mahsulot narxlari harakatidagi paralellik tez-tez bo’zilib turadi: xom ashyo narxlari pasayganda ayrim hollarda sanoat mahsulotlari narxlarining o‘sishi kuzatiladi.
Hatto tovar guruhlari ichida ham ayrim kichik guruhlar uchun narx o‘zgarishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, xom-ashyo guruhida kelib chiqishi organik bo‘lgan, ishlab chiqarish sharoiti ko‘mir, neft, qora qetallar rudasi va boshqa noorganik xom-ashyodan farq qiluvchi tovarlar, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun mazkur tovarlar bahosi harakatining ham o‘ziga xos qirralari mavjud. Organik tovarlar bozorga ularning turli tabiiy-iqlimiy sharoitlarda qayta yaratilishi muddatlariga bog‘liq ravishda bozorga chiqariladi - yiliga bir, ikki yoki bir necha marta (don, sabzavotlar, mevalar) yoki 10-15 yildan (gevey daraxti, kofe, kakao).
Mehnat vositalari va qurollari ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatida noorganik tovarlar ko‘proq siklik omillarga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
Ta’siri ostida tovarlarning narxlari shakllanuvchi va o‘zgaruvchi asosiy iqtisodiy va tashqi iqgisodiy omillarning qisqa va unchalik to‘liq bo‘lmagan ro‘yxati ana shunday.
Ma’lumki, tovarning bahosi qiymatning o‘zgargan shakli bo‘lib, tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mazkur ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va o‘rtacha mehnat ko‘nikmasi va intensivligida sarflangan ish vaqti bilan aniqlanadi.
Bozor bahosi va bozor qiymatini farqlash lozim. Ulardan birinchisi bozorda hukmron bo‘lgan, xususiy ishlab chiqarish sharoitlaridagi farqlardan va ishlab chiqarish xarajatlaridan qat’iy nazar, mazkur turdagi barcha tovarlar uchun to‘lanadigan yagona narx sifatida aniqlanadi. Bozor qiymati ayrim ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozorgayetkazib berilayotgan tovarlar individual qiymatlarining o‘rtachasi sifatida tovarlarni yaxshi, o‘rtacha va yomon sharoitlarda ishlab chiqaruvchi aynan bir tarmoq korxonalari o‘rtasidagi raqobat natijasida shakllanadi. Kapitallarning tarmoqlararo raqobati ayrim olingan tarmoqlarda avanslangan kapital miqdoriga proporsional bo‘lgan o‘rtacha foyda olishni ta’minlovchi foyda normasining butun xo‘jalik bo‘yicha o‘rtachaga, bozor qiymatining ishlab chiqarish narxiga tenglashuviga olib keladi.Natijada qiymat qonuni bozor narxlarining tortish markazi va tebranish o‘qiga aylanib boruvchi ishlab chiqarish narxlari orqali amal qila boshlaydi. Bozor sharoitida narxlarning sotuvchi va xaridor sifatida maydonga chiquvchi ko‘p sonli ishlab chiqaruvchilarning bir-biri bilan kelishmagan holdagi faoliyati natijasi sifatida stixiyali ravishda shakllanishi hozirda ham, lekin sof holda emas davlat-monopolistik boshqaruvchi bilan uyg‘unlashgan holda saqlanib turadi Narxlarni tartibga solish maksimal foyda va barqaror raqobatbardoshlikni ta’minlovchi narx darajasini o‘rnatishga qaratilgan monopoliyalar yoki davlat faoliyatidir.Narxlarni tartibga solishga narxlar darajasi, ularning dinamikasi va nisbatlarini o‘rnatishga qaratilgan bir martalik amal emas balki tadbir-choralar majmuyi, barcha narx shakllantiruvchi omillarni faollashtiruvchi siyosat sifatida qarash lozim. Davlat va monopoliyalar baho siyosatini yuritishda ma’muriy usullarni ham, iqtisodiy usullarni ham qo‘llashlari mumkin. Narxlarni ma’muriy tartibga solish asosida sotilayotgan tovarlarga monopoliya yoki davlatning egaligi yotgan bevosita ma’muriy narx tayinlash sifatida namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy tartibga solish - baho mexanizmi unsurlari orqali turli iqtisodiy vositalar yordamida narxlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishdir.
Narxlarni davlat tomonidan tartibga solinishi iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar bartaraf etish uchun ayrim tovarlar mavjud va umumiy narxlarni darajasini saqlab turishi o‘zgartirishi maqsadlarga yo‘naltirilgan hukumat organlari tomonidan o‘tkaziladigan chora-tadbirlar tizimi sifatida maydondan chiqadi.
Narxlarni tartibga keltirish deganda narxlarga ko‘rsatiladigan har qanday ta’sir emas (u davlat organining u yoki bu amallarining natijasi bo‘lishi mumkin), balki narxlarga, ularning darajasiga, tizimi va dinamikasiga maqsadli, ongli ta’sir ko‘rsatishgina tushuniladi.
Davlat ma’muriy tartibga solish chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
1) narxlarni «muzlatib qo‘yish» va ularni ma’lum darajada ushlab turishning boshqa usullari. Bu usul eng oxirgi chora sifatida va qisqa muddatga haqiqatdagi boshqariluvchi narxlar bilan qayta ishlab chiqarish mavjud shart-sharoitlari orqali avvaldan aniqlanadigan baholar o‘rtasida haddan tashqari katta farq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘llaniladi.
Narxlarni “muzlatish usuli”rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda tovarlarning barchasi yoki katta qismiga nisbatan kam qo‘llaniladi, ammo hozirgi sharoitda, inflyatsiya umumiy va davomiy xarakter kasb qilgan paytda bu vatan davlatlar tez-tez lekin qisqa muddatga murojaat etadigan bo‘ldilar».
2) Ayrim yirik tadbirkorlar va monopoliyalar tomonidan o‘rnatiladigan narxlar ustidan nazorat. Bunday nazoratning turli usullari mavjud. Asosiysi - baho tayinlarida boshlang‘ich nuqta bo‘lib hisoblanuvchi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish usullarini reglamentatsiya qilish hisoblanadi.
3) Narxlarni tartibga solish vazifasi yuklatilgan davlat muassasalari va monopoliyalar o‘rtasida tuzilgan kelishuvlar.
Bu kelishuvlarda tadbirkorlarning o‘zlari ishlab chiqarayotgan tovarlar narxlarni o‘zgarmaslik yoki buni hukumat tasdiqlagan yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshirishlari ko‘zda tutiladi.
Davlat tomonidan baholarni nazorati avvalambor ishlab chiqarilishi va sotilishi eng ko‘p darajada monopollashgan mahsulotlarga nisbatan amalga oshiriladi. Monopoliyalar narxlarni o‘zlari tartibga solganlari uchun davlat nazoratining maqsadi bunday sharoitlarda mazkur tovarlarni iste’mol qiluvchi boshqa ishlab chiqaruvchilar manfaatini ko‘zlab monopoliya faoliyatiga ayrim cheklovlar qo‘yishidir;
4) Chegara va narxlarning o‘zgarish diapazonini o‘rnatish (eng yuqori, eng quyi, narxlarning tebranishi, intervali (oralig‘i)). Ko‘p hollarda, ayniqsa narxlarning o‘sib borish tendensiyasi sharoitida ba’zi tovarlar narxlarning eng yuqori chegarasi, ayrim hollarda esa quyi chegaralari belgilab qo‘yildi. Eng kam quyi chegara hukumat ichki bozorda narxlarning ma’lum darajasini ushlab turishga yoki tovar eksportini cheklashga intilganida qo‘llaniladi.


Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə