Ishlab chiqarishda boshqaruv


Innovatsion jarayonlarni loyihalashtirishga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə28/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

3. Innovatsion jarayonlarni loyihalashtirishga ta’sir qiluvchi omillar.
О‘zbekistonda ilmiy – amaliy tadqiqotlar va innovatsion

ishlamalarni rivojlantirish va ularni ishlab chiqarishni modernizatsiyalash,


texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tadbiq etish, fan va ishlab
chiqarishning yaqinroq aloqasini ta’minlashni rag‘batlantirish bо‘yicha
haqiqiy mexanizmlarni yaratish maqsadida va ilmiy – tadqiqot tashkilotlari
va haqiqiy iqtisodiyot sohalari korxonalari о‘rtasida yaqin kooperatsion
aloqalarni о‘rnatishda Respublika innovatsion g‘oyalar va loyihalar
yarmarkasining о‘rnini hisobga olgan holda tadbirlarning bir qator
majmualari tasdiqlangan.
Zamonaviy innovatsion jarayonlar murakkab bо‘lib, ularning
rivojlanishi qonuniyatlari tahlil qilinishi lozim. Buning uchun yangilik
kiritish har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari bilan shug‘ullanuvchi
mutaxassislar innovatsion menejerlar zarur.
Innovatsion menejerlar innovatsion jarayonni ilgari surishga yordam
beradilar, ehtimol bо‘lgan kataklizmlar (jamiyat va tabiatdagi keskin
о‘zgarishlar) ni va ularni bartaraf qilish yо‘llarini bashorat qilishga
harakat qiladilar.
Bozor iqtisodiyoti uchun mahsulotlarni yangilashdan manfaatdor bо‘lgan
mustaqil firmalarning raqobati, bir birlari bilan raqobatlashuvchi yangilik
kiritishlar bozoriga xosdir. Shuning uchun yangilik kiritishlarning bozorli
tanlovi mavjud, unda innovatsion menejerlar ishtirok etadilar.
Innovatsion menejerlar ijodiy jamoalarni tashkil qilish, yangiliklarni qidirib topish va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish vazifalarini bajara turib, har xil tashkiliy tuzilmalar (fanlar akademiyasi, OО‘YU, ilmiy jamiyatlar, tadqiqot tashkilotlari, konstruktorlik byurolari va boshqalar) da harakat qilishlari mumkin. Ular ilmiy jamoalarni boshqaradilar, ilmiy tadqiqotlarni
muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadilar va an’anaviy menejer va tadqiqotchi olim sifatlariga ega bо‘lishlari, hamda yangilik kiritishlarning samaradorligini baholashga qodir malakali mutaxassislar bо‘lishlari kerak.
Innovatsion jarayon innovatsion о‘zgarishlarni tayyorlash va amalga
oshirishdan iborat bо‘ladi va yagona, majmuaviy butunlikni tashkil qiluvchi
о‘zaro bog‘langan bosqichlardan vujudga keladi. Bu jarayon natijasida amalga
oshirilgan, foydalanilgan о‘zgarish - innovatsiya paydo bо‘ladi. Innovatsion
jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya (yangi sharoitlar yoki qо‘llash
joylarida bir marta о‘zlashtirib yoki foydalanib bо‘lingan innvoatsiyani
vaqtda tarqalishi) katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davriy xarakterga
ega. Bu jihatlarni hisobga olish iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning egiluvchan tizimlarini yaratishga yordam beradi.
Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor
hozirgi jamiyatning hayotining о‘zi tomonidan talab qilinadi, axir
innovatsion jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada rо‘yobga chiqishi
uning sotsial – iqtisodiy rivojlanishining asosi bо‘ladi.
Innovatsion jarayon innovatsion о‘zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan
iborat bо‘ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi о‘zaro bog‘-langan
pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan
о‘zgarish innovatsiya paydo bо‘ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun
diffuziya – yangi sharoitlar va qо‘llash joylarda bir marta о‘zlashtirib va
foydalanib bо‘lingan innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga
ega. Innovatsion jarayon davraviy xarakerga ega, buni iqtisodiyotni tashkil
qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish
zarur.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarda innovatsiyalarni bayon qilish metodologiyasi
xalqaro standartlarga asoslanadi. Fan va innovatsiyalar haqidagi
axborotlarni tо‘plash, ishlab chiqish va tahlil qilish bо‘yicha ishlarni
muvofiqlashtirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR)
doirasida fan va texnika kо‘rsatkichlari bо‘yicha milliy ekspertlar guruhi
tashkil qilingan, Fraskati qо‘llanmasi (“Tadqiqotlar va tajriba
ishlamalarini tekshirishlar uchun taklif qilinayotgan standartli amaliyot)
ishlab chiqilgan. Hujjat bunday nomni tavsiyalarning birinchi versiyasi 1963
yilda italyan shahri Fraskatida qabul qilinganligi munosabati bilan olgan.
Fraskati qо‘llanmasidagi qoidalarga davriy ravishda aniqliklar kiritiladi,
bu milliy va xalqaro darajalardagi ilmiy – texnik siyosat strategiyasi, ilmiy
tadqiqotlar va ishlamalarni tashkil qilishdagi о‘zgarishlar bilan asoslanadi.
Fraskati qо‘llanmasi (1993 y)ning oxirgi tahrirlaridan biridan ilmiy
tadqiqotlar va ishlamalar (ITTKI), ularning tarkibi va chegaralari, hamda
tadqiqotlar va ishlamalar bilan band bо‘lgan xodimlar sonini о‘lchash
uslubiyotiga tegishli asosiy tushunchalar mavjud. Texnologik innovatsiyalar
haqidagi ma’lumotlarni tо‘plash uslubiyoti 1992 yilda Oslo shahri
(Norvegiya)da qabul qilingan tavsiyalarga asoslanadi. U “Oslo qо‘llanmasi”
nomini olgan.
Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi
yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoxud sotsial xizmatlarga yangicha
yondashish kо‘rinishida rо‘yobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy
natijasi sifatida belgilanadi.
Innovatsion boshqaruv g‘oyatda murakkabdir. Innovatsion jarayonlarning
rivojlanishi qonuniyatlarini tahlil qilish uchun innvoatsion menejerlar
bо‘lgan mutaxassislar zarur, ular yangilik kiritishlarning har xil tashkiliy –
iqtisodiy jihatlari bilan shug‘ullanadilar. Ularning innovatsiyalarni
boshqarishdagi asosiy vazifasi – innovatsion jarayonni ilgari surish,
ehtimol bо‘lgan tо‘siqlarni bashorat qilish va ularni bartaraf qilish
yо‘llarini belgilashdir.Bozor iqtisodiyoti uchun yangilangan mahsulotlardan mansabdor bо‘lgan mustaqil firmalarning raqobati, raqobatlashuvchi yangiliklar bozorning mavjudligi xosdir.Buyuk kompaniyalar muvaffaqiyatlarining kо‘p sonli tarixi bundan darak beradi. Shu sababli yangilik kiritishlarning bozorli tanlovi mavjud, unda innovatsion menejerlar ishtirok etadilar.


Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə