Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


-rasm. Modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash asosida sanoat



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
kitob

3.3-rasm. Modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash asosida sanoat 
korxonalarini barqaror rivojlantirish
30
 
Sanoat korxonalarini 
modernizatsiya 
qilish, 
texnik 
va 
texnologik 
yangilashning ijtimoiy, moliyaviy, iqtisodiy, texnologik holatlarini belgilovchi 
mezonlar orqali ifodalash mumkin: Mezonlar sanoat korxonalarini modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlarini ta’minlovchi tizimli omillarni 
o’zida aks ettiradi, ya’ni: o’z mablag’larining mavjudligi; moliyaviy kreditning foiz 
darajasi; investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun kredit olish mexanizmining 
rivojlanganligi; texnik va texnologik baza holati; investitsion xatarlar; 
investitsiyalarning daromadliligi darajasi; investitsiya jarayonlarini tartibga soluvchi 
huquqiy-me’yoriy bazaning rivojlanganligi va boshqalar.
Sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga 
qodirligi ni tavsiflovchi omillar, ya’ni mahsulotni ITTKIning turli bosqichlari va uni 
o’zlashtirish, ishlab chiqarish va sotish bosqichida bo’lishi mumkin. Bu sharoitda 
korxonaning tarkibiy barqarorlik darajasini baholovchi ko’rsatkichni topishni talab 
etadi. 
Ushbu yondashuvdan foydalanish korxona rivojlanishini rejalashtirish va 
prognoz qilish jarayonlarini aniqlash imkonini yaratadi. Jumladan, ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmi va korxona faoliyatining quyidagi asosiy ko’rsatkichlari 
o’rtasidagi o’zaro uyg’unlikni ochib beradi. Ya’ni: 

kapital yangilanish vaqti; 

yangi mahsulotni o’zlashtirish va tayyorlash vaqti; 
30
Муаллиф томонидан тузилган
Hozirgi 
vaqtdagi 
salohiyat 
(S
y1 
Hozirgi vaqtda 
modernizatsiy
a qilishga 
qodirligi (Q
y1 
Kelajakdagi 
salohiyat (S
y2
Kelajakda 
modernizatsiy
a qilishga 
qodirligi (Q
y2
1-davr 
2-davr 


80 

mahsulotni ishlab chiqarish va bozorda sotish vaqti; 

bozorda talab yuqori bo’lgan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari. 
Sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga 
qodirligini baholash mezonlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: 

ko’rkamlik, 
ya’ni ikkilamchi vazifalarni emas, balki asosiy qarorlar 
samaradorligini baholash imkonini yaratish; 

tahlil qilinayotgan parametrlarga tanqidiy yondashish, 
ya’ni har qanday 
tahlil qilinayotgan parametrlarning o’zgarishi mos ravishda mezon o’zgarishiga olib 
kelishi lozim; 

soddalik 
– unga ikkilamchi darajali miqdorlar ta’sir etmasligi lozim, ya’ni 
ko’p mezonli vazifalarni echish juda qiyin hisoblanadi. 
Ko’rib chiqilayotgan model doirasida korxonani strategik rivojlantirishning 
tashkiliy-loyihalashtirish usulidan foydalanish 
mumkin, unda asosiy ikkita ishlab chiqarish omili, ya’ni yangi texnika va 
texnologiyalarni o’zlashtirishning texnik-iqtisodiy imkoniyati hamda ishlab 
chiqarish faoliyatini yangilashning tashkiliy, innovatsion-investitsion imkoniyatiga 
e’tibor qaratiladi. 
Kapitaldan foydalanish 
 
(yangi mahsulot ishlab chiqarish) vaqtiga nisbatan 
kapital yangilanishi (modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash) vaqti 
yangilanish koeffitsienti ko’rsatkichlardan turli xil variantlarda foydalanish ning 
haqiqatda va me’yoriy darajalarini taqqoslash, shuningdek, tashqi va ichki omillar 
ta’siri sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va uni ishlab chiqarishni 
davom ettirish maqsadga muvofiqliligi yoki yo’qligi mahsulot hayotiy davrning 
qaysi bo’g’inida joylashganligini aniqlash imkonini beradi. 
Sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash 
asosida barqaror rivojlantirishning ushbu usuli va modelidan foydalanish 
korxonaning strategik rivojlantirish jarayonlarini rejalashtirish va prognoz qilish 
imkonini yaratadi. Chunki ular kapital yangilanish vaqti, ya’ni undan samarali 
foydalanish va korxona faoliyatining bir qator muhim parametrlari orasidagi 
bog’liqlikni ochib beradi hamda korxonaning istiqboldagi moliyaviy-iqtisodiy 


81 
strategiyasini to’g’ri belgilash imkonini yaratadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə