Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


-rasm. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining mahalliylashtirish



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
kitob

3.1-rasm. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining mahalliylashtirish 
dasturini shakllantirish jarayonidagi o’zaro aloqalari
33

O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat 


33
www.mineconomy.uz (Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт Вазирлигининг расмий веб-сайти) 


85 
yarmarkasi va kooperatsiya birjasi direktsiyasi (mazkur direktsiya O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 28 dekabrdagi 335-sonli qarori 
asosida tashkil etilgan) mahalliylashtirish faoliyati bilan shug’ulanayotgan 
sub’ektlarga Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan 
shartnoma/kontraktlarni ro’yxatdan o’tkazishda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga 
ular ishlab chiqargan mahsulotlarni etkazib berish yuzasidan shartnoma/kontraktlar 
tuzishda amaliy yordam beradi. Ushbu direktsiya 3 ta bo’limdan iborat bo’lib, jami 
15 ta shtat birligiga ega (2-rasm). 
3.2-rasm. Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiyasi birjasi 
direktsiyasining tuzilmasi
34

Mazkur direktsiya ishlab chiqarilayotgan, import qilinayotgan va 


mamlakatimiz korxonalari bazasida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan o’zlashtirilishi 
istiqbolli tovarlar, o’zlashtirilgan mahsulotning potentsial iste’molchilari bo’lgan 
xorijiy korxonalar to’g’risidagi doimiy ravishda yangilab boriladigan ma’lumotlar 
axborot bazasini yuritadi va uni Internet tarmog’iga joylashtirib boradi. 
Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarini ichki bozorda ehtiyoj mavjud bo’lgan 
tovarlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda 
beriladigan davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida aniq 
tarzda xabardor qilib boradi. 
Mazkur mahalliylashtirish dasturlari tuzish va uni amalga oshirish jarayonlari 
ishtirokchilari uchun dastur belgilangan vakolat majburiyatlarni samarali va o’z 
34
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 dekabrdagi PQ-1236-son qarorining 4-ilovasi. 


86 
vaqtida amalga oshirish belilangan parametrlarga erishishni ta’minlashlari shart 
qilib belgilangan
35
.
Yuqorida mamlakatimizdagi mahalliylashtirish dasturi va uni amalga oshirish 
jarayonlari ketma-ketligini tahlil qilib chiqdik. Bunga ko’ra O’zbekistonda 
mahalliylashtirish jarayonlari davlat yoki mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
amalga oshirilishiga asoslangan holda amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Ya’ni 
mahalliylashtirish jarayoniga xorijiy investorlarni bevosita yoki bilvosita jalb etish, 
jalb etilgan taqdirda ular bilan o’rnatiladigan munosabatlarni (tuziladigan kelishuv 
yoki shartnoma\bitm) tartibga solishga doir masalalarga etarlicha e’tibor 
qaratilmagan. Xususan ilg’or xorijiy tajribalarga nazar tashlagan holda Xitoy
AQSh, Braziliya va Nigeriya tomonidan amalga oshirilgan mahalliylashtirish 
siyosatini yaqindan tanishib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə