Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


Sanoat iqtisodiyotini maxalliylashtirishda xorijiy tajribadan



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
kitob

3.3. Sanoat iqtisodiyotini maxalliylashtirishda xorijiy tajribadan 
foydalanish yo’llari 
O’zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlariga 2000 yildan 
boshlab alohida e’tibor berila boshlangan bo’lib, maqsadli dasturlar asosida davlat 
tomonidan qo’llab-quvvatlanib kelinmoqda. Mahalliylashtirish faoliyati bilan 
shug’ullanayotgan real sektor vakillariga bir qator imtiyozlar, jumladan, bojxona va 
soliq imtiyozlari, banklar tomonidan maqsadli kreditlar ajratib kelinmoqda.
Aslida esa, mamlakatimizda mahalliylashtirish jarayonlari 1996 yildan 
Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “UzDaewoo” avtomobil 
ishlab chiqarish zavodini, O’zbekiston bozorida o’zining munosib o’rnini topgan 
“Korzinka.uz” supermarketlar tarmog’ini misol qilib keltirish mumkin.
Mamlakatimizda olib borilayotgan mahalliylashtirish jarayonlari natijasida bir 
qator ijobiy ko’rsatkichlarga erishildi. Xususan, “...respublikada tayyor mahsulot 
turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
Dasturi doirasida 2000 yildan buyon qiymati 5,5 mlrd AQSh dollaridan ortiqroq 2,8 
mingdan ziyod mahalliylashtirish loyihalari amalga oshirildi, ilgari import bo’yicha 
keltirilgan 4,8 mingdan ziyodroq yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish 
o’zlashtirildi. 
Natijada, 
mamlakatimizda 
ishlab 
chiqarilayotgan 
sanoat 
mahsulotlarning umumiy hajmida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushi 20 
foizdan ko’proqni tashkil etadi
31

O’zbekistonda mahalliylashtirishni yanada rivojlantirish maqsadida 
hukumatimiz tomonidan qarorlar va ular asosida tasdiqlangan maqsadli dasturlar 
qabul qilingan. Xususan, shu kunga qadar bevosita mahalliylashtirish bilan bog’liq 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta qarori, O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 10 ta qarori, mutasaddi vazirlik va qo’mitalarning 2 ta 
qo’shma qarori va ushbu hujjatlar asosida 2 ta Nizom, jami 20 ga qonunosti 
31
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va 
materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora 
tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2698 sonli qarori. 2016 yil 26 dekabr. 


82 
hujjatlari qabul qilingan (1-jadval). Jumladan, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2009 yil 1 dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor 
mahsulotlar, 
butlovchi 
buyumlar 
va 
materiallar 
ishlab 
chiqarishni 
mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi 
PQ-1236 sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2010 yil 21 iyuldagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi 
buyumlar va materallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlari 
shakllantirish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish bo’yicha 
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi №154 sonli qarori maxalliylashtirish 
jarayonlarini tashkil etish va tartibga solishda dasturi amal bo’lib hizmat qilmoqda.
 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə