Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


-jadval  Mahalliylashtirish jarayonlarini amalga oshirishda



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
kitob

3.1-jadval 
Mahalliylashtirish jarayonlarini amalga oshirishda
O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan xujjatlar ro’yxati
32

 
T/r
 
Xujjat nomi
 
Xujjat turi
 
Qabul qilingan sana/ 
hujjat raqami
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan:
 
1. 
2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi 
buyumlar 
va 
materiallar 
ishlab 
chiqarishni 
mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga 
oshirishni davom ettirish chora- tadbirlari to’g’risida 
Qaror 
26.12.2016 / 
PQ-2698 
2. 
2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi 
buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish dasturi to’g’risida 
Qaror
11.02.2015 /
PQ-2298 
3. 
2010 yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor 
mahsulotlar, butlovchi buyumlar va 
materiallar 
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi 
to’g’risida
 
Qaror
23.03.2010 / PQ-1306
 
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 
iyuldagi qarori asosida ishlab chiqilgan Nizomga ko’ra mahalliylashtirish dasturini 
shakllantirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari 
imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda tadbirkorlik sub’ektlari uchun ular 
tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish va ko’rib chiqishda qulayliklar 
yaratish, osonlashtirish hamda Mahalliylashtirish dasturiga loyihalarini kiritish 
jarayonining shaffofligini oshirish maqsadida “Mahalliylashtirish loyihalarini ishlab 
32
Lex.uz – sayti ma’lumotlaridan foydalangan holda muallif tomonidan ishlab chiqildi. 


83 
chiqish va ko’rib chiqishning avtomatlashtirilgan tizimi” joriy qilingan. 
Mahalliylashtirish dasturi loyihasiga kirish uchun taqdim etilgan tayyor 
mahsulot/butlovchi qismlarning tegishli hujjatlari ekspert organlariga onlayn taqdim 
etish uchun tizimga O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 
berilgan elektron raqamli imzodan foydalaniladi. Tadbirkorlik sub’ektlarining 
mahalliylashtirish dasturiga kiritishga doir talabnomalarini taqdim etish va ularning 
ekspert komissiyasi tomonidan ko’rib chiqish talablari, dasturni shakllantirishga oid 
tegishli jadval va shakllar ham mazkur qarorga muvofiq amalga oshiriladi.
Mahalliylashtirish dasturiga kiritishga taklif etilayotgan loyihalar uchun 
loyihani mahalliylashtirish dasturiga kiritish to’g’risida ariza yoziladi va unga 
tasdiqlangan nusxadagi loyiha pasporti, oxirgi ikki yil uchun davlat soliq organlari 
belgisi/tamg’asi tushirilgan, tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1-forma) va 
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-forma) ilova qilinadi. Shuningdek
mahalliylashtirishga kiritilgan loyihaning ba’zi parametrlariga o’zgartirish kiritish 
(faqat ishlab chiqarish hajmini oshirish holatlari bundan mustasno) zarurligini 
asoslovchi tushuntirish xati, tahliliy va jadval ma’lumotlari yoki loyihani 
mahalliylashtirish dasturidan chiqarish uchun loyihani mahalliylashtirish dasturidan 
chiqarish zarurligini asoslovchi tushuntirish xati, tahlili va jadval materiallari taqdim 
etiladi.
Mahalliylashtirish 
dasturiga 
kiritish 
taqdim 
etilgan 
loyihalarga 
mamlakatimizdagi amaldagi qonunchilikka muvofiq yagona me’zon va talablar 
ishlab chiqilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
- mahalliylashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish 
quvvatlari va mahalliy xomashyoning mavjudligi;
- ishlab chiqariladigan mahsulot bo’yicha mahalliylashtirish darajasi kamida 
36 foizini (I-bosqichda) tashkil etishi ;
- ishlab chiqariladigan mahsulotning tashqi savdo tovar nomenklaturasi 
bo’yicha kodi (kod TN TIF) birlamchi xomashyoga nisbatan 4 raqamida o’zgarishi;
- ichki va tashqi bozorlarda mahsulotga talabning mavjudligi;
- mahsulot importi mavjudligi (yangi turdagi mahsulotlar bundan mustasno);


84 
- mahalliylashtirilgan yoki mahalliylashtirilayotgan mahsulot narxi import 
qilinayotgan mahsulot narhidan (transport, soliq va bojxona xarajatlarini hisobga 
olgan holda) baland bo’lmasligi. Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga 
qaratilgan, hamda yuqoridagi mezon va talablarga mos loyihalarni amalga 
oshiruvchi va xalqaro talablar asosida sifat boshqaruv tizimini joriy etgan 
korxonalar mahalliylashtirish dasturiga ustuvor ravishda kiritiladi. Mamlakatimizda 
amaldagi qonunchilik tizimi va qabul qilingan dasturlar asosida mahalliylashtirish 
jarayonlarini tashkillashtirish 2 bosqichda amalga oshiriladi (1-rasm). 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə