Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
kitob

Uchinchi bob bo’yicha xulosa 
Bugungi kunda O’zbekistonda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish
texnik va texnologik yangilash vazifalarini umumiy ko’rinishda quyidagicha ajratish 
mumkin:
- zamonaviy va ilg’or texnologiyalarni joriy qilish yordamida strategik muhim 
tarmoqlarning texnik va texnologik qoloqligini minimallashtirish;
- uzoq muddatli modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash 
bo’yicha loyihalarni amalga oshirishga qodir investitsiya muhitini shakllantirish;
- tarmoqlar o’rtasida raqobatni kuchaytirishga asos bo’luvchi iqtisodiyotning 
tashkiliy-funktsional boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish;
kooperatsiya birjalari va innovatsion yarmarkalarni tashkil etish orqali sanoat 
tarmoqlarida modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlarini 
yanada jadallashtirish;
35
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga 1-ilova “Sanoat 
kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining o’zaro hamkorlik qilish 
tartibi to’g’risida” NIZOM. 


87 
- ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) va amaliy 
tadqiqotlarni buyurtma va grant shaklida davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni 
takomillashtirish va boshqalar.
 


88 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
Bugungi kunda jahonda davom etayotgan globallashuv jarayoni, rivojlanish 
darajasidan qat’i nazar, dunyodagi barcha mamlakatlarda o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. 
Davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz esa ushbu raqobat kurashini 
yanada keskinlashtirmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror va izchil o’sishiga 
erishishning asosiy omili uning raqobatdoshligini oshirishdan iborat. Faqat shu 
yo’lgina mamlakatning Er yuzidagi rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o’rin 
egallashini ta’minlay oladi. 
Ishlab chiqarishning globallashuvida iqtisodiyot va uning etakchi tarmoqlarini 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ushbu tarmoqlarda ishlab 
chiqarishni diversifikatsiya etishga olib keladi, pirovardida mamlakat, korxona va 
mahsulotning ichki va tashqi bozordagi raqobatdoshligi, aholining ish bandligi 
ortadi, uning turmush darajasi yuksaladi hamda mamlakatning barqaror iqtisodiy 
o’sishi ta’minlanadi.
Ushbu mavzuda o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar qilindi: 
1.
Globallashuv (lotinchi globus – er kurrasi) – bu jahon xo’jaligining 
butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil 
topishi va rivojlanishidir. 
2.
Modernizatsiya – ishlab chiqarishning tayyorlanayotgan mahsulotlar 
(ish va xizmatlar) raqobatdoshligini oshirishga yo’naltirilgan texnologik yangilanish 
jarayonidir. U korxonalarning texnologik qoloqligini bartaraf etish vositasi bo’lib, 
mehnat, moddiy va xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish darajasiga keskin 
ta’sir ko’rsatadi. Modernizatsiya, texnik va texnologik yangilash natijalari yuqori 
texnologik, raqobatdosh ishlab chiqarishning jadal rivojlanish shartini belgilab 
beradi. 
3.
Diversifikatsiya – yuqori qo’shilgan qiymat o’sish dinamikasini 
ta’minlaydigan mahsulot va xizmatlar assortimentining oshish va kengayish 
jarayonidir. Diversifikatsiya jarayoni iqtisodiyot tarmoqlarida olib borilayotgan 
modernizatsiya va tarkibiy o’zgarishlar bilan bevosita uyg’unlashgan hodisadir. 


89 
4.
Yangi bilim va texnologiyalarni yaratish va ularadn davlatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo’lida foydalanish mamlakatning jahon 
hamjamiyatidagi o’rni va rolini, milliy xavfsizlikni ta’minlash darajasini belgilab 
beradi. Rivojlangan davlatlarda YaIM o’sishining 80-95 %i texnika va 
texnologiyalarga kiritilgan yangi bilimlar hissasiga to’g’ri keladi, ya’ni ushbu 
mamlakatlarda innovatsion iqtisodiyot rivojlanmoqda.
5.
2015 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmi 8,0 
foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2014 yilga nisbatan 
7,0 foizga, 2015 yil ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 10,8 foizga o’sdi. Ichki talabani 
rag’batlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2015 yilda 
chakana tovar aylanmasining 2014 yilga nisbatan 15,0 foizni tashkil etdi. 
6.
2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari 
hisobidan 15,8 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va 
o’zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko’p demakdir. Jami 
investitsiyalarning 3,3 milliard dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig’i xorijiy 
investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalaridir.
7.
O’zbekistonda sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirishda davlatning 
roli, birinchi navbatda, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida milliy 
iqtisodiyot tarmoqlarini tartibga solish, sanoat tarmoqlariga ta’sir etuvchi tashqi 
salbiy omillarni bartaraf etish, eksportni rag’batlantirish, soliqqa tortishda imtiyozlar 
berish, moliya-kredit mexanizmlarini rivojlantirish masalalaridan iborat. Bu 
jarayonlar bevosita qonuniy-huquqiy jihatlar va institutsional o’zgarishlarga 
asoslangan holda davlat tomonidan tartibga solinishi lozim.
8.
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal 
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar 
asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va 
to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar 
tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish 
quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor 


90 
e’tibor berilmoqda.
Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, 
har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan.
9.
Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan istiqbolli sanoat mahsulotlarining 
raqobatdoshligini oshirish orqali jahon bozorida yangi segmentlarni kengaytirish va 
egallab olish masalalari dolzarb bo’lib, bu orqali tashqi iqtisodiy faoliyatni 
jadallashtirish, jahon mehnat taqsimotida o’z o’rnini egallash masalalari hal etilishi 
rejalashtirilmoqda. Chunki mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish korxonalarini 
modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan yuksak 
samarali 
texnologiyalarni 
joriy 
etish 
orqali 
jahon 
hamjamiyatiga 
integratsiyalashuvini ta’minlash mumkin.
10.
Korporativ 
integratsiyalashuv, 
avvalambor, 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlarini pasaytirish, mahsulotni taqsimlash va sotish hamda shu orqali 
foydaning oshishini, investitsiyalardan olinadigan samarani ta’minlash va 
kompaniyalar raqobat mavqeini kuchaytirish zarurati bilan bog’liq bo’lib, 
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining nisbatan barqarorlashuvi sharoitida 
korporativ birlashmalar rivojlanishini ta’minlash vazifasi dolzarb masalaga aylandi, 
hamda bu masalaning echimi esa, korporatsiya ishlab chiqarishini boshqarish va uni 
takomillashtirish darajasi bilan belgilanadi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə