Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


Xorijiy tajribadan foydalanib milliy iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarini



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
kitob

3.2. Xorijiy tajribadan foydalanib milliy iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarini 
rivojlantirish yo’llari 
 
O’zbekiston sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirishda davlatning roli, 
birinchi navbatda, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida milliy 
iqtisodiyot tarmoqlarini tartibga solish, sanoat tarmoqlariga ta’sir etuvchi tashqi 
salbiy omillarni bartaraf etish, eksportni rag’batlantirish, soliqqa tortishda imtiyozlar 
berish, moliya-kredit mexanizmlarini rivojlantirish masalalaridan iborat. Bu 
jarayonlar bevosita qonuniy-huquqiy jihatlar va institutsional o’zgarishlarga 
asoslangan holda davlat tomonidan tartibga solinishi lozim.
Sanoat tarmoqlarini izchil rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar 
natijasida quyidagilarga erishildi:

sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda keskin pasayishlarga yo’l qo’yilmadi;

yirik sanoat korxonalari hisobiga ijtimoiy barqarorlik saqlab qolindi;

strategik muhim tarmoqlar, birinchi navbatda, yoqilg’i-energetika majmuasini 
qo’llab-quvvatlash so’nggi yillarda iqtisodiy o’sishni ta’minlamoqda.
O’zbekiston sanoati hali ham resurslarni yuqori darajada iste’mol qilish 
rejimida ishlamoqda. Xususan, YaIMning energiya sig’imi 4,7 martaga rivojlangan 
mamlakatlar, 1,4 martaga rivojlanayotgan mamlakatlar darajasidan yuqori. Shu 
bilan bir qatorda kapital, investitsiya va mehnat unumdorligi pasaymoqda. Bu ko’p 
jihatdan asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi va emirilishi bilan bog’liq. Keng 
ko’lamli modernizatsiya dasturlarining amalga oshirilishi ma’naviy eskirish va 
emirilish darajasining pasayishiga imkon yaratdi, biroq u hali ham yuqori darajada – 
44 % atrofida qolmoqda.
Yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida 2015-2019 yillar 
mobaynida iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga 
oshirish, modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash bo’yicha 
dastur qabul qilindi. Unga muvofiq 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishga jami 19 
640,0 mln. AQSh dollar miqdorida investitsiya kiritiladigan bo’lsa, undan 13 676,4 
mln. AQSh dollari yangi qurilishga va 4 486,9 mln. AQSh dollari esa 


75 
modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlariga jalb qilinadi. Jalb qilinadigan 
investitsiyalardan 8 746,6 mln. AQSh dollari xorijiy investitsiyalardir va uni 840,0 
mln. AQSh dollari modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlariga yo’naltirilishi 
rejalashtirilgan.
Yuqorida keltirilgan tahlillardan shuni xulosa qilish mumkinki, bugungi 
kunda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash 
bo’yicha olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish va ularning 
samaradorligini oshirish talab etiladi. Shu nuqtai nazardan, ushbu yo’nalishda olib 
borilayotgan islohotlarning mohiyati va tamoyillarini tahlil qilish hamda 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlarining nazariy va 
metodologik asoslarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jumladan, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
yangilash davlat va ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan juda ham muhim 
hisoblanib, ushbu islohotlarni jadallashtirishga asosiy e’tibor qaratish sabablari 2.1-
rasmda tavsiflab berilgan.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə