Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy



Yüklə 47,65 Kb.
səhifə2/6
tarix08.06.2023
ölçüsü47,65 Kb.
#116158
1   2   3   4   5   6
53.54.55.56 NIGINA

54-VARIANT

54.1 , Ishsizlik turlari. Ishsizlik – iqtisodiy faol aholi bir qismining o’z ishchi kuchidan foydalana olmasligini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa. Mеhnatga layoqatli bo’lib, ishlashni xohlagan, lеkin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar dеyiladi. Namoyon bo’lish xususiyati va vujudga kеlish sabablariga ko’ra ishsizlik friktsion, tarkibiy, siklik, institutsional, tеxnologik, rеgional, yashirin va turg’un ishsizlik turlariga bo’linadi. Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko’chib o’tish, ishining mazmuni va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga ko’ra o’z ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan bo’shab, boshqa biriga joylashgunga qadar orada ma’lum vaqt o’tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi ko’rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig’idagi, ya’ni bir ishdan bo’shab yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan davrdagi ishsizlik friktsion (oraliq) ishsizlik dеyiladi. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning ta’sirida ishlab chiqarilmay qolgan mahsulot hajmi orqali baholanadi. Friktsion va tarkibiy ishsizlik, iqtisodiyotdagi rivojlanishning har qanday holatidan qat’iy nazar, ma’lum darajada barcha mamlakatlarda mavjud bo’ladi. Shunga ko’ra, friktsion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.Iqtisodiyot barcha ishlashni xohlagan va ishlay oladiganlar uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo’lmasa mahsulot ishlab chiqarish potеntsial imkoniyatining bir qismi yo’qotiladi.
54.2 Investitsiya faoliyati manbalari. Investitsiya faoliyati investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’lik bo’lgan harakatlari majmuasi tushuniladi. Investitsiya sub’ekti bo’lib, investitsiyani amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, halqaro tashkilotalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo’lgan fuqorolar bo’lishi mumkin. Investorlar - o’z kapitalini investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni amlga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ektidir. Emitent – qimmatli qog’ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi yuridik va to’lovga qobiyatli jismoniy shaxslar. Reinvestitsiyalar – investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta kiritishdir. Investitsiya resurslari – bu investitsion faoliyati amalga oshirishda ishtirok etadigan har xil ko’rinishdagi mablag’lardir. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi: Respublikada investitsiya faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga uni davlat tomonidan muvofiqlashtirish uchun ham hukumatimiz tomonidan bir qancha qonun va qoidalar qabul qilingan. Ushbu qonunlar investitsion faoliyatning tartibga solinishi va muvofiqlashtirilishi bo’yicha huquqiy tizimning shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. 
54.3 Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir chet davlat boshqa davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlar o’rnatish, tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, mamlakatga chet el investitsiyalarini jalb qilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni mikrodarajada intensivlashtirish, tashqi savdo aylanmasida markazlashgan eksport va import ulushini kamaytirish, mijozlarga valyuta xizmatini ko’rsatadigan tijorat banklari sonini kengaytirish va shu kabi boshqa masalalar eng dolzarb vazifalarni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda nimani tushunish lozim? Bu faoliyat nima uchun qo’llab-quvvatlanadi?
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda ikki yoki undan ko’p mamlakatlar hyuududida faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik subyektlari sifatida davlat organlari va davlat korxonalari ham ishtirok etishi mumkin. O’zaro iqtisodiy aloqalar faqatgina savdo operatsiyalarini o’tkazishdan iborat bo’lib qolmay, shuningdek kreditlash, investitsiyalar kiritish, qo’shma korxonalar vositasida bahamjihat iqtisodiy faoliyat yuritish ham shular jumlasidandir. Tashqi savdo esa tashqi iqtisodiy aloqalarning bir sohasi bo’lib, turli mamlakat xo’jalik subyektlarining savdo operatsiyalarini o’z ichiga oladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish davomida o’zaro xo’jalik munosabatlariga kirishayotgan xo’jalik subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari deb yuritiladi. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari alohida ro’yxatga olinib ularga maxsus guvohnoma beriladi. Bunday holat tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, ishtirokchilarga maxsus imtiyozlar berish orqali mazkur faoliyatni rag’batlantirish, bojxona hisobini takomillashtirishga yo’naltirilgan. Hozirgi kunda pulkredit va valyuta siyosatining rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo’lgan usullaridan to’laligicha foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bunga sabab iqtisodiyotdagi bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning hal etilmaganligidir.
Iqtisodiyotning noustuvor holati, unda tarkibiy qayta qurishning yakunlanmaganligi, ichki ishlab chiqarishdagi ma’lum tarmoqlarning dunyo darajasiga yetishmaganligi amaliyotda alohida korxonalar, mintaqalar va birinchi darajali ijtimoiy dasturlarning asosan davlat tomonidan moliyalanishini saqlab qolishni talab qiladi.
Tashqi savdo sohasida muammolarning hal etilishida chet el valyutasining muomalasida valyuta munosabatlarini tartibga solishda maxsus valyuta qonunchiligi muhim o’rin tutadi. valyuta qonunchiligining eng muhim vazifasi chet el valyutasining cheklangan muomalasi sharoitida O’zbekiston so’mini himoya qilishdir.
Tashqi savdo va valyutadagi operatsiyalarini ko’rib chiqishda avval rezidentlar, norezidentlar va vakolatli bank tushunchalarini ko’rib chiqish lozim. Rezidentlar – O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yoki doimiy yashab turgan yuridik va jismoniy shaxslar, norezidentlar – chet elda joylashgan yoki doimiy yashab turgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Chet el valyutasida operatsiyalar o’tkazish uchun litsenziya olgan tijorat banklari vakolatli banklar deb yuritiladi.
Tijorat banklarining tashqi iqtisodiy faoliyati tovarlar va xizmatlarning eksporti-importi, nosavdo xarakterdagi bitimlar va mamlakat hududida xo’jalik faoliyati yurgizayotgan norezidentlar bo’yicha so’mda va chet el valyutasida operatsiyalar o’tkazish bilan bog’liq.

Yüklə 47,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə