Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy



Yüklə 47,65 Kb.
səhifə6/6
tarix08.06.2023
ölçüsü47,65 Kb.
#116158
1   2   3   4   5   6
53.54.55.56 NIGINA

Jamg‘armaga o‘rtacha moyillik-shaxsiy daromadning jamg‘armaga ketadigan ulushi.
Iste’molga qo‘shilgan moyillik- shaxsiy daromadning jamg‘armaga ketadigan ulushi.
Jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik -shaxsiy daromad o‘sgan qismining jamg‘armaga ketadigan hissasi.
Iqtisodiy jamg‘arish-milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarnishuningdek, ehtiyoj va zahiralarni ko‘paytirish uchun foydalanish.
Jamg‘arish normasi-jamg‘arish fondining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Kapital quyilmalari-asosiy kapitalning kengaytirish va uni takror chiqarishga qilinadigan sarflar.
Iqtisodiy rivojlanish - ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, Iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy o‘sish - YaMM (IMM, SMM, MD) miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda Iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatning yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari - Iqtisodiy o‘sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarishga qo‘shimcha Iqtisodiy resurslar jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intensiv Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarish omillarining rivojlanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi.Ustuvor ekstensiv Iqtisodiy o‘sish - Iqtisodiy o‘sishda ekstensiv omillarning ustuvor o‘rniga ega ekanligini bildiradi.
Ustuvor intensiv Iqtisodiy o‘sish - Iqtisodiy o‘sish intensiv omillarning yuqori o‘rniga egaligini bildiradi.
Milliy boylik - insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat boyliklari.
56.3 Hozirgi paytda xalqaro bank amaliyotida ochiq bozor operatsiyalari pul- kredit siyosatining asosiy vositasi hisoblanadi va odatda Markaziy bank tomonidan yirik banklar hamda boshqa moliya-kredit muassasalari hamkorligida
amalga oshiriladi.. 1996 yildan davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining(DQMO) muomalaga chiqarilishi, byudjet taqchilligini moliyalashtirishning noinflyatsiyaviy manbasi bo'lib, 1997 yilda 1996 yilga nisbatan byudjet kamomadini emissiyaviy qoplanishini 2 martaga kamaytirishga xizmat qildi. Ikkinchi tomondan esa, DQMOlar tijorat banklari uchun o'zmablag'larini risksiz aktivlarga yo'naltirish va daromad olish manbaiga aylangan bo'lsa, Markaziy bank uchun ochiq bozordagi operatsiyalarni amalga oshirish imkonini berdi.
Ta'kidlash joizki, Vazirlar Maxqamasining 2003 yil 4 fevraldagi «Pul- kredit ko'rsatkichlarini tartibga solish mexaniz-mini takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida»gi 63-sonli Qarori Markaziy bank tomonidan pul massasi ustidan yanada samarali nazoratni ta'minlash imkoniyatlarini yaratdi. Mazkur qarorga asosan pul agregatlarini tartibga solishning yangi mexanizmlari joriy etildi. Xususan, 2005 yilda pul massasi o'sishini tartibga solish, pul bozorini rivojlantirish va monetar siyosatning bozor vositalaridan keng foydalanish hamda monetar siyosat samaradorligini oshirish borasida muntazam ravishda tegishli chora-tadbirlar ko'rib borildi. Mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, pul massasi o'sishining choraklik va yillik maqsadli prognozlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish ishlari yanada kengaytirib borildi. Jumladan, pul bozoridagi holat, xususan, banklararo pul bozoridagi depozit va kredit foiz stavkalarining hamda pul agregatlarining o'zgarishi, ularga ta'sir etuvchi omillar bo'yicha doimiy ravishda tahlillar va monitoringishlari olib borildi. Mazkur qaror asosida, kassa rejalarini shakllantirish tizimi bekor qilindi. Pul massasi ustidan samarali nazoratni ta'minlash imkonini beruvchi pul agregatlari, bank tizimining likvidligi va pulga bo'lgan talabning faktorlar bo'yicha tahlili va dinamikasini modellashtirish hamda tijorat banklariniig likvidligini qisqa muddatli tartibga solishning bozor vositalari, shu jumladan foiz stavkalari va majburiy zaxiralar normasini boshqarish, valyuta depozitlari, davlat qimmatli qog'ozlari va boshqa birinchi darajali aktivlar garovi asosida kreditlar berish va ularni jalb qilish usulidan keng foydalanish ko'zda tutildi.
Yüklə 47,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə