Islom diniga doir manba va adabiyotlar


ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
3-мавзу маърузаси

119
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
“Mabsut”
kitobini Imom Muhammad (vafoti 189/805- y.) 
yozgan deyilsa-da, asl nusxalari yo‘qolib ketgan. Ul zot-
dan rivoyat qilingan “Mabsut”lar bir nechtadir. Eng zohiri 
Abu Sulaymon al-Juzjoniy (vafoti 200/815-y.)niki hisobla-
nadi. “Mabsut”ga yozilgan sharhlar ham juda ko‘pdir. Shayx 
ul-islom Xoharzoda (vafoti 483/1090-y.)ning asari “Mab-
suti kabiyr” deyiladi. Shams ul-aimma al-Halvoiy (vafoti 
456/1063-y.), Shams ul-aimma as-Saraxsiy (vafoti 500/1106-
y.), Abul’usr al-Pazdaviy (vafoti 484/1091-y.), AbulYusr al-Paz-
daviy (vafoti 493/1099-y.), Nosiruddin as-Samarqandiy (vafoti 
556/1160- y.), Abul
-
Lays as-Samarqandiy (vafoti 376/986-y.)
larning “Mabsut”lari bor.
“Mabsut” asari mutlaq kelganda “Mabsut as-Saraxsiy” 
tushu niladi. Bu aslida Hokim ash-Shahid (vafoti 334/945-y.)
ning “Ko
fi
y” asariga yozilgan sharhdir. Umuman olganda, bar-
cha “Mabsut”lar sharhdir. “Mabsut as-Saraxsiy” ha qida Alloma 
Imoduddin Tarsusiy (vafoti 727/1326-y.) “Bu kitob ning xilo
fi
ga 
amal qilinmaydi, bungagina suyaniladi, bundagi masalalardan 
o‘zgasiga fatvo berilmaydi” degan.
“Fatovoyi Qoziyxon” 

ulug‘ imom Hasan ibn Mansur al-
O‘zjandiy al-Farg‘oniyning mashhur “al-Fatovo” kitobidir. Ush-
bu fatvo asar Hana
fi
y mazhabning eng mo‘tabar fatvo asarlari-
dan biri hisoblanadi. Ushbu asar 
fi
qh kitoblarimizda ko‘pincha 
“Xoniyya” nomi bilan keladi. Bundan tashqari Imom Qoziyxon 
“Sharh al-Jome’ as-sag‘iyr”, “Sharh az-Ziyodot” singari yirik 
asarlar ta’lif qilgan. U 592/1195-yilda vafot etgan.
“Attobiyya”
.
Muallif nomiga nisbatan atalgan kitob 
nomi. Abu Nasr Ahmad bin Muhammad bin Umar Zohidud-
din al-Attobiy. Buxoroning Attobiyya mahallasidan bo‘lgan. 
Zohid ulamolardan, zamonasin ing tengsiz allomalaridan. 
Asarlaridan “Sharh az-Ziyodot”, “Jome’ al-kabiyr” va “Jome’ 
as-sag‘iyr”ga yozgan sharhlari, Qur’oni karimga yozgan tafsiri 
hamda mashhur fatvosi “Fatovoyi al-Attobiyya”si bor. Uni “Ja-



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə