Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik ishi fakulteti «konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi


Kompressorlar va ularning tasnifi



Yüklə 363,13 Kb.
səhifə3/5
tarix30.12.2023
ölçüsü363,13 Kb.
#166014
1   2   3   4   5
2,2 ga keldim kompressor

3. Kompressorlar va ularning tasnifi:

Kompressor deb, uning ish organi o‘qiga berilgan mexanik energiyani gazlarning foydali potensial va kinetik energiyalarga o‘zgartiruvchi mashinaga aytiladi. Kompressorlar havo kichik bosimli joydan katta bosimli joy tomonga qarab xarakatlanadi. Buning natijasida havo siqiladi. va uning bosimi ortadi.


Kompressorlar quyidagicha ko‘rsatgichlar bo‘yicha tasniflanadi.
A. Havoni siqish usuliga ko‘ra,
- hajmiy siqish;
- kinetik siqish;
Birinchi guruhga kiradigan kompressorlarda, havo u egallab turgan hajmni kichraytirsh usuli bilan siqiladi. Bu guruhga kiritilgan kompressorlar hajmiy kompressorlar deb nomlanadi va ularga porshenli, vintli va rotatsion kompressorlar kiradi.
Ikkinchi guruhga kiritilgan kompressorlarda, havo xarakatdagi ish g‘ildirak parraklari bilan havo oqimining o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan aerodinamik kuchlar yordami siqiladi. Bu guruhga markazdan qochma va o‘q chiziqli kompressorlar kiradi.
B. Siqiladigan gaz turi bo‘yicha kompressorlar uch turga bo‘linadi. Bular:
- havoni;
- ammiakni;
- freonni siquvchi kompressorlardir.
V. Siqilgan havo bosimiga ko‘ra kompressorlar uch guruhga bo‘linadi. Bular:
- past bosimli (0,3 - 1) MPa;
- o‘rta bosimli (1-10) MPa;
- yuqori bosimli (10-25) MPa.
Konchilik korxonalarida asosan past bosimli va unumdorligi 10,20,30,50,100 m3/min bo‘lgan ikki bosqichli porshenli, unumdorligi 5, 12,5, 25 m3/min bo‘lgan vintli va unumdorligi 115,250,500 m3/min bo‘lgan turbokompressorlar ishlatiladi.

4. Porshenli kompressorlar
Porshenli kompressorlarning sxemasi (2-rasm) keltirilgan. Bu kompressorlarda havoni siqish jarayoni chegaralangan hajmda (silindrni ish hajmiga teng bo‘lgan hajmida) amalga oshiriladi. Porshenli kompressorlarda hajmni o‘zgatiruvchi va havoga mexanik energiyani uzatuvchi organ, silindrda ilgarilama – qaytarma tarzda xarakatlanuvchi porshen hisoblanadi.
Havoni atmosferadan so‘rib olish va siqilgan havoni silindrdan xaydab chiqarish uchun unda boshqariladigan klapanlar o‘rnatiladi.
Porshen (7.2-rasm) shtok – 1, kreysgorf – 2, shatun – 3, va krivoship – 4 lardan tashkil topgan krivoship-shatun mexanizmi bilan ilgarilama – qaytarma xarakatga keltiriladi. Porshen o‘ng tomonga qarab xarakatlanganda so‘rilish klapani orqali silidrga so‘riladi.
Havoning silinrga so‘rilish jarayoni porshen o‘zining oxirgi holatini egallaganda tugaydi.
Porshen chap tomonga qarab harakatlanganda havo so‘rish klapani yopiladi. Havo chiqish klapani esa dastlab yopilgan holatda bo‘ladi. Porshenni harakati natijasidahajmi kamayadi silindrdagi havo siqiladi. Siqilgan havo bosimi ta’sirida chiqish klapani ochiladi va silindrdagi siqilgan havo, havo yig‘gichga xaydab chiqariladi.
Porshenli kompressorlarning ishlash jarayonini o‘ziga xos tomoni porshen bir marta borib kelganda (sikl) silindrga uning ish hajmiga teng miqdorda bo‘lgan havo so‘riladi va u siqiladi. Siqilgan havo esa silindrdan xaydab chiqariladi.
Porshenli kompressorlar quyidagi ko‘rsatgichlar bo‘yicha bir necha turlarga bo‘linadi:

Yüklə 363,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə