Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


IP-adreslarning asosiy uchta sinfi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/12
tarix13.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#117021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
cisco lab2x

IP-adreslarning asosiy uchta sinfi
IP-adreslarning tuzilishi bo‘yicha farq qiluvchi beshta sinfi mavjud:
A sinf

0

N tarmoq

N tugun

V sinf

1

0

N tarmoq

N tugun

S sinf

1

1

0

N tarmoq

N tugun 

D sinf

1

1

1

0

multicast guruh adresi

YE sinf

1

1

1

1

0

rezervlangan

Adres ikkita mantiqiy qismdan tashkil topadi – tarmoqdagi tarmoq nomeri va tugun nomeri. Adres sinfi adresdagi birinchi bitlar qiymati bilan aniqlanadi:

  • A sinfiga 0 dan boshlanuvchi adreslar kiradi va bunda tarmoq nomeri bir baytni egallaydi, qolgan 3 bayt tarmoqdagi tugun nomerini kodlaydi. A sinfiga kiruvchi tarmoqlar 0 dan 126 diapazondagi raqamlarni egallaydi (0 raqami ishlatilmaydi, 127 raqami esa lokal kompyuterni adreslash uchun ishlatiladi). A sinf tarmoqlarida tugunlar soni 216 dan ko‘p, 224 – 2 dan esa oshmasligi kerak.

  • B sinfiga 10 dan boshlanuvchi adreslar kiradi. B sinfdagi tarmoqlarda tarmoq adresi uchun va tugun adresi uchun 16 bitdan, ya’ni 2 baytdan ajratiladi. B sinf tarmoqlarida tugunlar soni 28 dan kop, 216 – 2 dan esa oshmasligi kerak.

  • C sinfiga 110 dan boshlanuvchi adreslar kiradi. Tarmoq adresi uchun 24 bit ajratiladi, tugun adresi uchun esa – 8 bit. Tugunlar soni 28 – 2 dan oshmasligi kerak.

  • D sinfiga 1110 dan boshlanuvchi adreslar kiradi. U o‘ziga xos, guruh adresi – multicast ni bildiradi. Agar paketda borish kerak bo‘lgan joy adresi sifatida D sinf adresi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda mazkur adres berilgan barcha tugunlar bunday paketni oladi.

  • E sinfiga 11110 dan boshlanuvchi adreslar kiradi. Mazkur sinf rezervlangan va foydalanilmaydi.

Jadvalda har bir tarmoq sinfiga mos keluvchi tarmoq raqamlarining diapazonini ko‘rsatilgan.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə