Ismailova T. S., Haydarov B


Tarixiy maktablar va ularning menejmentga ko’rsatadigan ta’siri



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə6/104
tarix08.06.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#116230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Ismailova T. S., Haydarov B

1.3. Tarixiy maktablar va ularning menejmentga ko’rsatadigan ta’siri.

Tarixni o’rganish barcha menejerlar uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega, chunki gap chin tafakkur tarzi haqida, yuz berayotgan voqealar o’rtasidagi aloqadorliklarni anglash va ularning kelajakda takrorlanishi ehtimollarini baholash to’g’risida bormoqda. Tarixiy o’tmish hozirgi muammolarni qiyoslash, talqin qilish uchun o’ziga xos bir muhit vazifasini bajaradi. Faqat tarixga murojaat qilishgina yuz berayotgan voqealarning chin ma’nosini topish, voqealar rivojini baholash va menejerlarga tashkilot rivojining eng istiqbolli yo’nalishlarini ko’ra bilish imkoniyatlarini yaratadi.


O’tmishni o’rganish hozirni anglash uchun ham, kelajakni oldindan aytish uchun ham katta bilim va tajriba beradi. Bu yana boshqalarning hatosini o’rganib, xulosa chiqarishki, o’tmishni o’rgangan odam boshqalarning hatosini takrorlamaydi, boshqalarning yutuqlarini o’rganish xuddi o’shanday vaziyat paydo bo’lgan hollarda yutuqni takrorlash mumkin, eng muhimi shuki, narsa-hodisalar tabiati, mohiyatini bilish ularni kelajakda takomillashtirish imkoniyatlarini beradi.
Tarixni o’rganish qadim zamonlarda bo’lib o’tgan voqealarni xronoligik tartibda joy – joyiga qo’yishdangina iborat bo’lmay, ijtimoiy kuchlarning tashkilotlar faoliyatiga harakatdagi ta’sirini anglashni ham o’z ichiga oladi. Tarixni o’rganish – strategik tafakkur yuritishga odatlanish, yuz berayotgan voqealarga chetdan turib qarash mahoratini o’rganish, konseptual malakalarni yaxshilash demakdir. Biz bu o’rinda, birinchi navbatda, tashkilotlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy kuchlar bilan o’zaro munosabatlari, ta’sirini ko’rib o’tamiz.
Ijtimoiy kuchlar deganda, biz kishilarning o’zaro munosabatlariga yo’nalish beradigan va ularga ta’sir ko’rsatadigan madaniyat qirralarini, birinchi navbatda, qadriyatlarni,ehtiyojlarni va axloq normalarini tushunamiz. Ijtimoiy kuchlar ijtimoiy kontrakt (shartnoma) deb ataladigan narsani – ya’ni omillar o’rtasidagi, shu jumladan, boshliq bilan xodim o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning yozilmagan, umumiy tartib-qoidalarini va tushunchalarini shakllantiradi.
Siyosiy kuchlar atamasi kishilar va tashkilotlarga siyosiy, qonun chiqaruvchi institutlar ko’rsatadigan ta’sirni tavsiflashda qo’llaniladi. Ularga davlatning siyosiy tizimi asosini tashkil etadigan bazaviy nuqtai nazarlar, masalan, o’zini - o’zi mustaqil boshqarish, mulkchilik huquqi, shartnomalar tuzish qoidalari, odil sudlov to’g’risidagi tushunchalar, aybdorlik yoki ayibsizlikni belgilash qoidalari kiradi.
Sharqiy Yevropa davlatlarining bozor iqtisodiyotiga o’tishi jahondagi turli mamlakatlarning o’zaro bir-biriga bog’liqligi darajasi o’sib borayotganligini yana bir marta isbot etadi. Tashqi muhitdagi o’zgarishlar menejerlarning qarashlarida ham o’zgarishlar paydo etadi. Yana bir qudratli siyosiy kuch – ayrim bir mamlakatdagi hokimiyatga yoki ularning o’rtasidagi munosabatlarga oddiy fuqarolarning ta’siri kuchayib borayotganligidir. Fuqarolar vakolatlar talab qilmoqda, ular o’z hayotlarining hamma sohalarida, shu jumladan, mehnat sohasida ham ishtirok etish imkoniyatlarini va javobgarlikni o’z zimmasiga olish huquqini talab qilmoqda, Shunday qilib, menejerlar hokimiyatni tortib olish emas, balki uni bo’lishib olishlari, o’zaro baham ko’rishlariga to’g’ri keladi.
Iqtisodiy kuchlar ijtimoiy resurslarning barchaga dahldorligini, uning ishlab chiqarish va raqobatchi foydalanuvchilar o’rtasida taqsimotini belgilaydi. Har qanday hukumatga, armiyaga, cherkovga, o’quv yurtlari va tijorat tashkilotlariga resurslar zarur, chunki ulardan qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida foydalaniladi. Jamiyat ixtiyorida bo’lgan resurslar cheklangan va shu sababli iqtisodiy kuchlar ularni taqsimlash proporsiyalarini belgilab beradi. Resurslar insoniy va moddiy, tabiiy va inson tomonidan yaratilgan, ashyoviy va konseptual resurslarga bo’linadi. Hatto, agar dastlab biron bir resurs cheklanmagan tarzda baholangan bo’lsa-da, vaqti kelib ularning har biriga ehtiyoj ortib boradi va ularni foydalanuvchilar o’rtasida taqsimlash zarurati paydo bo’ladi. Iqtisodiy taqchillik aksariyat hollarda yo mavjud resurslar hajmini oshirish yoki ularning iste’molini kamaytirishga yo’naltirilgan texnologik innovatsiyalarni yaratishga turtki beradi. Masalan, Ford kompaniyasining zavodlaridan birida 1913 yilda konveyer ishlab chiqarishining joriy etilishi avtomobillar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan kishi-soatlar miqdorini 12 dan 1,5 soatgacha qisqartirdi, buning natijasida ish kuchi qisqargani holda ishchilarning kundalik ish haqi 2 barobar (5 dollargacha ortdi). Har 10 sekundda konveyerdan yangi “Model’ T” mashinasi chiqib turdi va avtomobil’ narxlarini pasaytirish natijasida 1923 yilga kelib, Ford bozorning 57 %ni egallashga erishdi.


Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə