Ismailova T. S., Haydarov B


-Mavzu. Menejment – mustaqil fan



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə2/104
tarix08.06.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#116230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Ismailova T. S., Haydarov B

1-Mavzu. Menejment – mustaqil fan.

1.1. Menejment fanining maqsad va vazifalari, obyekti va metodi.
1.2. Menejmentning shakllanish tarixi.
1.3. Tarixiy maktablar va ularning menejmentga ko’rsatadigan ta’siri.
1.4. Menejmentning mumtoz yo’nalishlari.

1.1. Menejment fanining maqsad va vazifalari, obyekti va metodi.

O’zbekistonning har tomonlama rivojlanishi, uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallagan boshqaruv mutaxassislarini tayyorlashni zaruratga aylantirmoqda. Bugungi kunda malakali menejerlar – sifat jihatidan yangi boshqaruv namoyondalari bu sohada ko’p masalalarni hal etmoqda.


Yangilikka intilish menejerlik kasbining mazmun – mohiyatini tashkil qiladi.
Shu bois menejmentni boshqarish fani sifatida chuqur va har tomonlama o’rganish, bu sohada xorij tajribasini tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish bozor munosabatlariga o’tish davrida muhim o’rin tutadi. Bu fan bo’lg’usi mutaxassisga oqilona ishlab chiqarishning boshqaruv strategiyasini topish, boshqarishdagi ziddiyatlarni chetlab o’tish, sheriklar bilan hamkorlikka erishish masalalarida ham nazariy, ham amaliy bilim beradi.
Ma’lumki, mustaqil O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishi bu sohada ham kadrlar tayyorlash vazifasini yangicha tarzda dolzarb qilib qo’ydi. Mutaxassislarning O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro maydonda muvaffaqiyatli himoya etishi ularning nazariy va amaliy tayyorgarligiga bog’liq. Menejment fani boshqaruvning ilg’or xorijiy tajribasini, chet elliklar bilan samarali hamkorlik usullarini o’rgatishga ixtisoslashgani bilan diqqatga sazovordir.
Menejment — bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta’rifga binoan u:
* boshqaruv hokimiyati va san’ati;
* resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko’nikmalar tushuniladi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to’g’risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:
* yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov
* mustaqil fan
* faoliyat turi, funksiya
* jarayon
* tashkilotlarni boshqaruvchi xodimlar
* boshqaruv apparati yoki organi.
Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to’g’ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini va uning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi. Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni menejment, shundagina namoyon bo’lishi, pirovardida esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin.
Shunday qilib, sodda qilib aytganda: boshqaruv — bu tanlov, qaror qabul qilish va uning baja­rilishini nazorat qilish jarayonidir. 4
Menejment fani bu — boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va oqilona qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir.
Menejment fanining maqsadi - iqtisodiy munosabatlarni modernizatsiyalash sharoitida menejment nazariy asoslarini keng o’rganish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo’lishlarini hamda olingan bilimlari asosida o’qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta’minlashdir shuningdek, menejment asosiy elementlari va iqtisodiy negizlarini asoslash hamda boshqaruvning ilg’or xorijiy tajribasini, chet elliklar bilan samarali hamkorlik usullarini o’rgatishdan hamda bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.





Menejment fanning vazifalari - bozor iqtisodiyoti sharoitida menejment fanining tutgan o’rni va uni o’rganish, menejmentning qonun va tamoyillarini o’rganish, ulardan amaliyotda foydalanish, menejer kadrlarni o’qitish va ulardan iqtisodiyotni boshqarishda samarali foydalanish, menejment samaradorligi ko’rsatkichlari va uni baholash usullarini o’rganishdir.


Menejment fanining asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Shundan kelib chiqib, menej­ment predmeti quyidagilarni o’rganadi:
* boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
* boshqarish obyekti va subyekti;
* boshqarish tamoyillari va usullari;
* boshqarish madaniyati;
* menejer va uning fazilatlari;
* menejer reytingi;
* boshqarishda qaror qabul qilish;
* boshqarish funksiyalari;
* xodimlarni boshqarish;
* ishlab chiqarishni boshqarish,
* samaradorlikni boshqarish;
* o’z-o’zini boshqarish;
* hududiy boshqarish va hokazolar.



Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə