Ismailova T. S., Haydarov B



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə9/104
tarix08.06.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#116230
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104
Ismailova T. S., Haydarov B

Byurokratik tashkilotlar. Mumtoz menejment yo’naltiriladigan yana bir ilmiy maktabni yevropalik Maks Veber (1864-1920) yaratgan. Bu maktab tashkilotni bir butun yagona byurokratik tashkilotlar konsepsiyasi nuqtai nazaridan tahlil qiladi. XIX asr oxirida Yevropadagi ko’pgina kompaniyalar “shaxsiy”, oilaviy asosda boshqarilar edi, ya’ni xodimlar tashkilotga emas, balki muayyan bir kishiga ishlar edi. Bunday amaliyot bir qancha salbiy tomonlarga ega edi, tashkiliy resurslardan kompaniya maqsadlari xaridorlarga xizmat ko’rsatishdan ko’ra ko’proq yakka (shaxsiy) xodimlar ehtiyojlarini qondirishda foydalanilar edi. M.Veber kompaniyalar shaxssiz, oqilona asosda boshqarilishi kerak, degan fikrni olg’a surdi va bu tashkiliy shaklni byurokratiya tarzida belgiladi.
Shunday qilib, byurokratik tashkilot konsepsiyasi mumtoz menejmetning sohalaridan biri bo’lib, unda asosiy e’tibor xodimlarning lavozim (xizmat) vazifalarini va javobgarligini aniq belgilab qo’yish, rasmiy hisobotni joriy etish, mulk egaligi va boshqarishni bir-biridan ajratish vositasida oqilona shaxssiz boshqarishga qaratiladi.
M.Veber oqilona hokimiyatga asoslangan tashkilot yanada yuqoriroq samaradorligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi, o’zgarishlarga tezroq moslashadi, chunki u aniq bir kishilarning iroda va xohishlariga kamroq darajada bog’liq bo’ladi, deb qaragan. M.Veber tashkiliy oqillik deganda, xodimlarni tanlash va ularning xizmat vazifalari bo’yicha ko’tarilishida “tanish-bilishchilik” tamoyili emas, balki ularning ishni bilishi, mahorati mezon bo’lishini nazarda tutadi. Tashkilotda hamma narsa qoidalarga va hisobotlarni olib borishga asoslanishi lozimligini, bu esa uzluksizlikni ta’minlashga imkoniyat yaratishini ta’kidlaydi
4 – jadval.
Maks Veberning byurokratik tashkilotga bergan tavsiflari10

1.

Mehnat taqsimoti xodimlarning vakolatlari va javobgarligini aniq belgilab qo’yish hamda ularni qonunlashtirilgan majburiyatlarni bajarishga yo’naltirish asosida oshiriladi.

2.

Lavozimlar rasmiy vakolatlarga muvofiq iyerarxik tuzilmani tashkil etadi va bunda har bir lavozim yuqori turuvchi lavozimga bo’ysunadi.

3.

Xodimlarni tanlash va xizmat bo’yicha siljitish ularning malakalariga muvofiq amalga oshiriladi, malaka darajasi esa, imtihon qilib yoki o’qitish-o’rgatish, tajribalariga muvofiq belgilanadi.

4.

Barcha ma’muriy hujjatlar va qarorlar yozma tarzda rasmiylashtiriladi. Yozib borish uzluksizlikni ta’minlaydigan korxona xotirasi hisoblanadi.

5.

Menejerlar tashkilot mulkdorlari hisoblanmaydi.

6.

Menejerlar belgilangan qoida va tajribalarga muvofiq ishlaydilar, bu esa ularning xatti-harakatlari, xulqining ishonchli, aniq bo’lishini kafolatlaydi. Qoidalar shaxssiz bo’lib, hamma xodimlarga bir xil darajada talluqlidir.

Hozirgi zamon tashkilotlarida “byurokratiya” atamasi salbiy ma’noni bildiradi hamda cheksiz qoidalar va rasmiyatchilik, to’rachilik bilan bog’lanib ketadi. Hammamizga ham uzoq cho’zilgan navbatlarda turishga, bema’ni tuyulgan talablarni bajarishimizga to’g’ri kelgan. Ikkinchi tomondan, bu kabi barcha byurokratik qonunlar, tartiblar va talablar o’zaro munosabatlarning salbiy usulini keltirib chiqaradi, xodimlarning har biriga bir xildagi talablar qo’yiladi, ularning barchasi yagona qoidalarga amal qilishlari kerak bo’ladi. Huddi shu byuroktratiya ko’pgina tashkilotlarga g’oyat yuqori samarali faoliyatga erishish uchun yo’l ochib berdi. Maks Veberning byurokratik tashkilotga bergan tavsiflari 4 jadvalda keltirilgan.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə