Ismailova T. S., Haydarov B


Boshqarishdagi barcha tamoyillarning bir-biri bilan o’zaro aloqadorligi



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə17/104
tarix08.06.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#116230
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Ismailova T. S., Haydarov B

Boshqarishdagi barcha tamoyillarning bir-biri bilan o’zaro aloqadorligi.
Boshqarishning barcha tamoyillari bir-biri bilan o’zaro aloqadordir. Ishlab chiqarish sharoitida bir tamoyilning buzilishi barcha tamoyillarning ham buzilishiga olib keladi. Rahbar barcha tamoyillarni yoddan bilishi shart. Faqat shundagina menejer ishlab chiqarish muammosi paydo bo’lganda uni tezda hal qila oladi. Korxonadagi ish to’xtab qolish sababini aniqlaydi va mazkur holatda qaysi tamoyil amal qilishini belgilab beradi. Shuni unutmaslik kerakki, ko’rib chiqilgan barcha tamoyillarni ro’yobga chiqarish firma boshqaruvi tizimi samarali ishlashiga imkon beradi. Shuning uchun G’arbda ushbu tamoyillar boshqarishning “oltin” qoidalari deb ataladi.

3.2.Boshqarish funksiyalari to’g’risida tushuncha.

Dastlab "funksiya" va "vazifa" iboralarining lug’aviy ma’nosi to’g’risida ikki og’iz so’z.




"Funksiya" tushunchasi "vazifa" tushunchasiga nisbatan torroq ma’noga ega. Zero, funksiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona muhandisining funksiyasiga kirmaydi, chunki u shu bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir. "Va­zifa" esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mum­kin. Boshqarish funksiyasi, deganda u yoki bu obyektiv boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga karatilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir.
Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tash­kil qilishdan kelib chikadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: loyihalash; konstruktorlik; rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiya­lar paydo bo’ladi. Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tay­yorlash, ya’ni,mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish, mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun ishlab chiqarish vositalari, texnika, xom ashyo, energiya, transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. Shundan keyin, kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, mehnatni tashkil qilish, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi. Ko’rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’layapti. Zero, funksiyalar faoliyat turlarini, sub’ektning boshqarish obyektiga aniq, ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi. Aniq funksiyalar. Iqtisodiy funksiyalar. Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab sotsial funksiyalar boshqarish faoliyati turlariga qarab ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar. Tashkiliy funksiyalar boshqaruv funksiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham bo’lishi mumkin emas. Funksiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyhalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi.
Boshqarish funksiyalari — ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi. Boshqarish funksiyalarining tasnifi. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi.
G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiklashtirish; nazorat; rag’batlantirish (motivlashtirish). Bu funksiyalar boshqaruvning barcha bo’g’inlarida va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
* rejalashtirish;
* marketingni boshqarish;
* moliyaviy boshqarish;
* sifatni boshqarish;
* mehnatni boshqarish;
* xodimlarni boshqarish;
* innovatsiyani boshqarish va hokazo.
Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida ajralib turadi.
Boshqarishning yuqorida sanab o’tilgan asosiy funksiya­lari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim o’rin tutishi zarur bo’lganligi tufayli ularni mufassal ko’rib chiqamiz.
Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni rag’batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funk­siyalar jarayonida o’z aksini topadi. Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarga ega bo’lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo’ladi. Ular­ni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funk­siyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo’yiga (vertikaliga), ham eniga (gorizontaliga) qamrab oladi. Boshqarish funksiyasini tasniflashning ikkinchi yondashuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar bo’yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funksiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g’arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20—25 tadan kam bo’lmagan funksiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir: asosiy ishlab chiqarishni boshqarish; qo’shimcha ishlab chiqarishni boshqarish; ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqa­rish;
Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funksiyalar quyidagicha bo’ladi: boshqarishning iqtisodiy funksiyalari, ya’ni, mablag’larning doiraviy aylanishni amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, marketing xizmatini uyushtirish, foyda olishni ta’minlash va h.k.; boshqarishning sotsial funksiyalari, ya’ni: mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning uy-joyga ehtiyojini, sotsial madaniy-ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, moddiy rag’batlantirishni ta’minlash, ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.k.; boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyalari, ya’ni, xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalash, xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiya­lash, halolikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va h.k. Boshqarishning tashkiliy funksiyalari ya’ni, ishlab chiqarishni tashkil qilish, o’zaro aloqalarni o’rnatish va muvofiqlashtirish, barcha bo’g’in va bo’limlar o’rtasida vazifalar taqsimoti, vakolat va boshqarish apparati xodimlari o’rtasida ma’suliyatlarni belgilash, boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k. Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Boshqarishning funksiyalaridan yana biri — bu tarmoqli boshqarish bilan hududiy boshqarishning mutanosibligini ta’­minlashdir. Har bir korxona qandaydir bir tarmoqqa (sektor tarkibiga) kiradi. Ayni vaqtda u bir tuman hududida joylashganligi jihatidan mahalliy ishlab chiqarish — hududiy majmuiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funksiya ham hududiy, ham tarmoq manfaatini ko’zda tutishi lozim. Tarmoqga doir bo’lgan boshqaruv funksiyalari zarur. Busiz tarmoq "yo’qoladi", yagona texnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqga taalluqli boshqa masalalarni hal etish qiyin bo’ladi. Biroq, ayni vaqtda, boshqarishning hududiy funksiyalari ham zarur. Bu funksiya muayyan tuman, viloyat hududida joylashgan turli tarmoqlar (sektorlar) ga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ratsional aloqalarni o’rnatilishini ta’minlaydi. Hududiy funksiyalar idorachilik g’ovlarini yo’qotish, noratsional tashuvlarni kamaytirish va pirovard oqibatda samaradorlik darajasini oshirish imkoniyatini beradi. Qayd qilingan funksiyalardan tashqari boshqarishning o’ziga xos aniq funksiyalari ham bor.
Boshqarishning o’ziga xos aniq funksiyalari, deganda muayyan boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga aniq biriktirilgan ishlar, ma’suliyat, maqsad va unga erishish vosi­talari majmui tushuniladi. Tegishli funksiyalarning to’la-to’kis va sifatli bajarilishiga ishlab chiqarishning umumiy rahbarlari — direktor (rais), uning o’rinbosarlari, bo’g’in va bo’limlar boshliqlari, brigadirlar shuningdek, xizmat ko’rsatish bo’limlari rahbarlari — kadr­lar bo’limi boshlig’i, reja-iqtisod bo’limi boshlig’i va boshqalar ma’suldirlar. Quyida korxona (firma, jamoa xo’jaligi)ni boshqarishning o’ziga xos aniq funksiyalari berilgan.


Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə