Исследование в XXI веке февраль, 2023 г 320 inflyatsion targetlashga oʻtishda nomonetar omillar taʼsiri



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#135297
növüИсследование
1   2   3   4
Nishanaliyev Islombek Valisherovich


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
февраль
, 2023 
г
322 
Monopoliyalarni yaʼni davlat monopoliyalarini isloh qilish orqali ular tomonidan ishlab 
chiqariladigan tovarlar va xizmatlar narxlari darajasini bozor tamoyillari asosida 
shakllantirishga erishiladi. Shu bilan birga, ushbu islohotlar natijadorlik va ishlab chiqarish 
unumdorligining oshishi, energiya sarfi va ishlab chiqarish tannarxining kamaytirish, 
shuningdek, mahsulot sifatining yaxshilanishi bilan birgalikda olib borilishi lozim. 
Uchinchidan, isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxlari dinamikasidagi oʻzgaruvchan, bir 
martalik yoki mavsumiy xarakteriga ega boʻlgan omillar kiradi. Ushbu nomonetar omillar 
taʼsirini va tebranuvchanligini kamaytirish umumiy inflyatsiya darajasi hamda inflyatsion 
kutilmalarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. 
Mamlakatimizda oziq-ovqat inflyatsiyasi soʻnggi yillarda, asosan, meva va sabzavotlar, 
goʻsht mahsulotlari, shakar, oʻsimlik yogʻi hamda don mahsulotlari narxlarining oshishi 
bilan bogʻliq boʻldi. Ushbu turdagi tovar guruhi narxlari darajasining sezilarli oʻzgarishiga 
meva-sabzavot mahsulotlarining mavsumiy xarakterga ega ekanligi, tashqi savdo sharoitlari 
hamda tovarlar importida mavjud bojxona toʻlovlari, tarif, notarif va maʼmuriy cheklovlar 
bilan izohlash mumkin. 
2020-yil avalidan pandemiyaning dunyo boʻylab keng tarqalishi natijasida koʻplab 
davlatlarda karantin choralari kuchaytirib bordi. Buning natijasida, xalqaro tovar 
ayirboshlash va logistika masalalarida uzilishlar yuzaga keldi. Shuningdek, karantin davrida 
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, goʻsht, bugʻdoy, yogʻ, shakar va un mahsulotlariga 
talabning ortishi ushbu tovarlar importining maʼlum darajada qisqarishiga olib keldi.
Bu, oʻz navbatida, ushbu oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishiga taʼsir 
koʻrsatdi. 
Meva va poliz ekinlari mahsulotlari narxlarining mavsumiy oʻzgarishlarini yumshatish 
uchun ularni saqlash infratuzilmasi (omborxonalar) va ulgurji tarqatish markazlari hajmini 
kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Bunda, saqlash tarmogʻida meva-sabzavotlar taʼminot 
tizimini samarali muvofiqlashtirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida bozor 
tamoyillari va logistika tarmoqlararo barqaror aloqalarni oʻrnatish muhim hisoblanadi. Bu 
esa, doimo kuzatiladigan mavsumiylikning bozor sharoitlariga salbiy taʼsirini kamaytirish 
imkonini beradi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə