Исследование в XXI веке февраль, 2023 г 320 inflyatsion targetlashga oʻtishda nomonetar omillar taʼsiri



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#135297
növüИсследование
  1   2   3   4
Nishanaliyev Islombek Valisherovich



Международный
научный
журнал

7
(100), 
часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
февраль
, 2023 
г
320 
INFLYATSION TARGETLASHGA OʻTISHDA NOMONETAR OMILLAR TAʼSIRI 
(O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA) 
Nishanaliyev Islombek Valisherovich 
Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi 
Oʻzbekistonda inflyatsion targetlash rejimiga oʻtish mamlakat iqtisodiyotni 
rivojlantirishning zamonaviy, innovatsion rivojlanish yoʻliga oʻtish bosqichida inflyatsiyaga 
qarshi kurashning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Inflyatsiyaning 
nomonetar omillari rolini bosqichma-bosqich pasaytirish, shu jumladan, tariflarni tartibga 
solishni isloh qilish, iqtisodiyotning real sektorida tarkibiy iqtisodiy islohotlar 
samaradorligini taʼminlash va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish, Markaziy 
bankning makroiqtisodiy tahlil va kommunikatsiya siyosati sifatini oshirish kredit bozoriga 
samarali taʼsir etishini taʼminlab beruvchi, pul bozorini tartibga solishning yangi 
instrumentlarini joriy etishni yoʻlga qoʻyish muhim boʻlib qolmoqda. 
Iqtisodiyotda tovar va xizmatlar narxlari oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar monetar 
hamda nomonetar omillarga boʻlinadi. Monetar omillarga iqtisodiyotda pul massasi va 
kreditlar hajmining oʻzgarishi taʼsirida oʻrta muddatli davrda inflyatsiya darajasining oshishi 
yoki pasayishiga olib keluvchi chora-tadbirlar kiradi. 
Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati taʼsiri boʻlmagan 
omillar esa nomonetar omillar hisoblanadi. 
Nomonetar omillarga tashqi iqtisodiy sharoitlar, tarkibiy omillar (raqobat sharoitlari, 
ishchi kuchi taklifi va sifat koʻrsatkichlari, ishlab chiqarishning texnologik darajasi, transport 
va logistika infratuzilmasi), normativ-huquqiy sharoitlar hamda tovar va xizmatlarning 
ishlab chiqarishdagi taklif omillari kiradi. 
Nomonetar omillarni 3 turga ajratish mumkin: tashqi iqtisodiy, tarkibiy va oʻrta 
muddatli istiqbolda taklifga taʼsir qiluvchi omillar. 
Birinchidan, tashqi iqtisodiy omillarga bir vaqtning oʻzida ichki iqtisodiyotning 
barqarorligi va inflyatsion jarayonlarning sezilarli oʻzgarishiga sabab boʻladigan omillar 
kiradi. Tashqi omillar, asosan, import qilinadigan tovarlar narxlari va asosiy hamkor 
davlatlarning valyuta kursining oʻzgaruvchanligidan kelib chiqib, eksport, xalqaro pul 
oʻtkazmalari hajmlari va xom-ashyoning jahon narxlari kabi kanallar orqali mamlakat 
makroiqtisodiy koʻrsatkichlarida aks etadi.
Iisteʼmol tovarlari savati tarkibida import va importga taʼsirchan tovarlar ulushining 
yuqoriligi, Markaziy bank tomonidan ushbu tovarlar narxlari dinamikasini shakllantiruvchi 
omillarni muntazam ravishda tahlil etib borishni taqazo etadi.
Shuning uchun import tovarlari inflyatsiyasi va milliy valyuta qadrsizlanishining ayrim 
tovar guruhlari narxlariga taʼsirini miqdoriy baholashda Markaziy bank choraklik 
prognozlash (QPM) va Bayes vektorli avtoregression (BVAR) modellaridan foydalanadi. 


Международный
научный
журнал

7
(100), 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə