Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 462 integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#133815
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7
D.A.Rajabova


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
октябрь
, 2022 
г
463 
yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini, ularning ekologik madaniyatini shakllantirishda, 
ta’limda integratsiya jarayonining muhimligi dunyo olimlari tomonidan alohida qayd 
etilmoqda. 
Ta’limda integratsiya – bilimlarning bir-biri bilan organik birlashishi va yangi, yagona 
barqaror umumlashgan-yaxlit bilimni hosil qilish degan ma’nolarni anglatadi.Integratsiya 
tushunchasiga berilayotgan ta’riflar turlicha bo‘lib, bu ta’riflarning umumiylik tomoni: 
integratsiya-bu atrofimizdagi borliqqa yaxlit, bir butun ob’ekt sifatida qarashga erishishdan 
iborat."Integratsiya" tushunchasi, bevosita XVIII asrlarda G.Spenser tomonidan o‘z 
qo‘lyozmalarida qo‘llanilgan. 
Ta’limda integratsiyaning nazariy, metodologik, pedagogik va psixologik asoslarini 
predmetlararo boshlanishga chuqur yondashgan holda o‘rganish, buyuk klassik 
pedagoglardan Ya.A.Komenskiy, E.Rosmesler, F.Yunge, Dj.Dyui keyinroq, ta’limda. 
integrativ yondashuvni tashkil etishning pedagogik va psixologik xususiyatlarini ochishda 
katta xizmat qilgan Yu.K.Babanskiy, S.L.Rubinshteyn,Ye.N.Kabanova-Miller, Yu.A.Samarin, 
Yu.M.Kolyagin, N.S.Svetlovskaya, I.A.Mironenko, M.G.Chepikov, N.K.Chapaev kabi 
olimlarning bu sohadagi xizmatlari o‘z aksini topgan. 
Bugun integratsiyani didaktikani ta’limda muhim sistemalashtiruvchi tamoyili deb 
qarashga asos bor.Shuningdek ta’limni integrativ tashkil etishning muhim prinsiplaridan 
biri-integratsiya va differensiatsiyaning birligi prinsipidir. Integratsiya va differensiatsiya 
dialektik nuqtai nazardan biri-birlarini aniqlashtiruvchi ajratib bo‘lmas kategoriyalardan 
hisoblanadi.Ularni mustaqil kategoriyalar deb ajratib o‘rganish, pedagogik tadqiqotning 
metodologik yеtishmovchiligi deb qaraladi. 
Ilmiy nuqtai-nazardan qaralganda, integratsiyaning asosini olamning yaxlitligi,uni 
tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro aloqadorligi,o‘zaro munosabatlari tashkil etadi. 
Pedagogik, ta’limiy jihatdan esa, integratsiya uzviylik, fanlararo aloqadorlik, predmet 
materiallari orasidagi o‘zaro aloqadorlikni ifodalaydi.U bilimlarni o‘zaro bir-birlarini 
to‘ldiruvchi,kengaytiruvchi, chuqurlashtiruvchi vosita sifatida xizmat qilib, o‘quv 
predmetlari mazmunini, eng kamida, DTS darajasida sintezlovchi, mantiqan tugallangan 
natijasi hisoblanadi. Integrativ ta’lim, talabadan yangi materialni o‘rganishda, oldingi 
o‘rganilgan materiallar va boshqa predmetlardan olgan bilimlardan keng foydalanishni, 
oqibatda ulardan amaliyotda keng qo‘llashni talab qiladi. U o‘quvchining ilmiy 
dunyoqarashi kengaya borishi va dinamik rivojlanishiga mustahkam poydevor 
yaratadi.Ta’limda integratsiyaga turli predmetlardagi bilimlarni yagona maqsad asosida
o‘zaro bog‘langan holda, rivojlantirish formasi deb qarash mumkin. 
Zamonaviy ta’lim tendensiyalari orqali jadal rivojlanuvchi va o‘zgarib turuvchi jamiyat 
zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlarini qanoatlantirishga qodir yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlab borish zarurligini talab etmoqda. Shu bois integrativ yondashuv 
asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini maxsus kompetensiyalarini shakllantirish, 
dasturlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. 


Международный
научный
журнал

3 (100), 
Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə