Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 462 integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#133815
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7
D.A.Rajabova


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
октябрь
, 2022 
г
465 
Kompetentlik shaxsning doimo rivojlanib boruvchi sifatlaridan biri bo‘lib, real 
hayotiy vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni еchish qobiliyati, o‘z bilimi, o‘quv va 
hayotiy tajribalari,qadriyatlari va qiziqishlarini unga safarbar etish imkoniyatlari.
Kompetentlik atamasi ta’lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida 
kirib keldi.Bu tushuncha noan’anviy vaziyatlarda yoki kutilmagan hollarda o‘zini qanday 
tutish, muloqotga kirishish, tomonlar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutish, noaniq
vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda,hamisha rivojlanib 
boruvchi va murakkab jarayonlarda qanday harakat qilishi kerakligi to‘g‘risida nazariy 
bilimlar zarurligini ko‘rsatadi. 
Kompetentlik - bu bilimlarni namoyon etishning o‘ziga xos turi bo‘lib,shaxsning 
umumiy intelektual rivojlanishida,kasbiy masalalarni maksimal darajada samarali hal qila 
bilish va tevarak atrofni ob’ektiv baholay bilish imkonini beruvchi aqliy tajribaning tarkibiy 
qismlari, axborotni qayta ishlash mexanizmi, individual ravishda intelektual faoliyatni 
tanlay bilish ko‘nikmasining shakllanganligida o‘z ifodasini topadi. 
Xorijiy adabiyotlar tahlilida, kompetentlik “chuqur bilimlar egasi”, “murakkab 
masalalarni еchish qobiliyati”, “o‘z paytida dolzarb faoliyatni amalga oshirish qobiliyati” 
kabi ma’nolarni anglatadi. 
Kompetentlik o‘z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, 
shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta 
ishlashni hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi. 
Ye.F.Zeer muhim kompetensiyalarni shaxsning turli kasbiy faoliyatga moslashishi va 
samarali faoliyat ko‘rsatish uchun ma’lum ishlarni bajarishda zarur bo‘ladigan, ko‘nikma va 
malakalar shaxsiy sifatlar va qobiliyat sifatida ta’riflaydi. U muhim kompetentliklar 
tuzilmasidagi to‘rta kichik guruhni alohida ko‘rastib o‘tadi.Bular: kasbiy yo‘nalganlik; kasbiy 
kopetentlik; kasbiy ahamiyatga ega sifatlar; kasbiy ahamiyatga ega psixofiziologik 
xususiyatlar. 
Pedagogik kompetentlik- o‘qituvchining shaxsiy imkoniyatlari,uning mahorati(bilim 
va tajriba), ma’lum bir doiradagi o‘zining bilim va ko‘nikmalariga tayanib muammolarining 
еchishi.
Maxsus yoki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada) tashkil еtish); 
Shaxsiy kompetentlik (o‘z-o‘zini rivojlantirish,o‘z-o‘zini namoyon etish); Induvidial 
kompetentlik (o‘z-o‘zini boshqarish,kasbiy rivojlanish va yangiliklar yaratish);Ijtimoiy 
kompetentlik (qo‘shimcha faoliyatni xamkorlikda tashkil еtish). 
R.V.Ovcharovaning fikricha,pedagogik kompetentlik bu shaxsning pedagogic 
faoliyatga 
tayyorgarligida 
ko‘rinadigan 
psixologik 
sifatlarini 
yig‘indisidir(xarakter,temperament v.x.k) 
Pedagogik kompetentlik – bu o‘qituvchining kasbiy – psixologik xususiyati bo‘lib, 
pedagogik faoliyatni tashkil etish va boshqarishda sub’ektiv shart-sharoitdagi amaliy-
nazariy xarakatni ifodalovchi sifatlar yig‘indisi. 


Международный
научный
журнал

3 (100), 
Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə