Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 462 integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#133815
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7
D.A.Rajabova


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
октябрь
, 2022 
г
467 
ham vaqt o‘tishi bilan eskirib qoladi, jamiyatning zamonaviy talablariga, yangi 
texnologiyalarga mos kelmasligi mumkin. Jamiyat ham, odamlar, muammolar ham o‘zgarib 
bormoqda. Demak, bu vazifalarni еchish uchun yondashuv va metodlarni ham o‘zgartirish 
talab etiladi. Shu sabab kompetensiya masalasi dolzarbligicha qoladi.Demak mutaxassisi 
inson faoliyatida shu davrgacha ma’lum bo‘lgan kasbiy tajriba na’munalari, madaniy 
boyliklarini bilishi talab etiladi. 
B.S.Gershunskiy 
kasbiy 
kompetentlik 
masalasini 
shaxs 
rivojlanishining 
bosqichlaridan biri deb hisoblaydi.Har bir inson shaxs bo‘lib shakllanish jarayonlarida 
o‘zining uzluksiz faoliyati davomida ta’limning yangi-yangi ta’lim cho‘qqilariga intiladi.Ular 
quyidagilardan iborat; umumiy ta’lim; madaniyatini oshirib borish; o‘z individual 
mentalitetini shakllantirish.Ushbu tuzilmalar bir-biriga bog‘liq va bir- birini to‘ldiradi. 
N.I.Zaprudskiy kasbiy kompetentlik deganda bilimlar tizimi, mahorat, ko‘nikma, 
o‘zining kasbiy faoliyatga oid kompetentlikdir.Kompetentli shaxs deganda olim o‘z ishining 
ustasi bo‘lish, kasbiy mahoratni egallash bilangina cheklanmaydigan, balki ishni tashkil 
etish, o‘z faoliyatiga aloqador barcha muammoli tizimli ravishda tushunish,vazifa qo‘ya 
bilish aniq muammolarga еchim topa olish qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxsni nazarda tutadi. 
A.K.Markova kompetentlikni quyidagi turlarga ajratadi: 
Maxsus kompetentlik-kasbiy faoliyatni yuqori darajada egallaganlik,o‘zining kasbiy 
jixatdan borgan sari o‘sib borishni loyixalashtira olish; 
Ijtimoiy kompetentlik – birgalikdagi (guruhli, jamoaviy) kasbiy faoliyat,hamkorlik 
shuningdek, mazkur kasbga tegishli kasbiy muloqot yo‘llarini puxta egallaganlik, o‘zining 
kasbiy faoliyati natijalariga ijtimoiy jixatdan javobgarlik; 
Shaxsiy kompetentlik-shaxsiy dunyoqarashlari va o‘z-o‘zini rivojlantirish yo‘llarini 
egallaganlik, o‘zining kasbiy jixatdan izdan chiqib ketishiga qarshilik ko‘rsata olishga 
qodirlik; 
Individual kompetentlik-o‘z kasbi doirasida o‘zini namoyon qila olish va o‘zini 
rivojlantirish,o‘zining individualligini saqlay bilish, kasbiy jihatdan orqada qolishga yo‘l 
qo‘ymaslik,o‘z mehnatini oqilona tashkil eta bilish. 
Ko’plab tadqiqotchilar kasbiy kompetentlik va uning tarkibida pedagogning bilimi va 
mahorati uyg‘unligi, uning o‘z kasbiga munosabati,aniq maqsadni ko‘zlab faoliyat olib 
borishi masalalariga aloxida diqqatlarini qaratmoqdalar. 
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, “kompetentlik” shaxsning o‘z kasbiy bilimlarini 
tinmay boyitib borish, yangi axborotlarni o‘rganish, davr talablarini his etish,yangi 
bilimlarni izlab toppish,ularni qayta ishlash hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llay bilishi deb 
hisoblash mumkin.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə