Issn: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 723


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 50,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü50,68 Kb.
#148363
1   2   3   4   5
maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarida-mashg-ulot-ta-lim-berishning-asosiy-shakli-sifatida

Academic Research in Educational Sciences
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
 
ISSN: 2181-1385
 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-922-926
 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 924  www.ares.uz 
Maktabgacha ta‟lim tashkilotida ta‟limning frontal (umumiy), jamoaviy va 
yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta‟lim berish 
ishlari ekskursiya, ta`limiy o„yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg„ulotdan 
tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o„yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga 
oshirilib boriladi. 
Mashg„ulot maktabgacha ta‟lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: 
unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma‟lum o„rin va vaqt 
ajratilgan. Mashg„ulot tarbiyachi rahbarligida o„tkaziladi, tarbiyachi mashg„ulotda 
bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg„ulotlarini 
tashkil etadi. O„quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. 
Mashg„ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg„ulot 
orqali bolalar o„quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, 
diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta‟lim berish 
natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
 
MUHOKAMA
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: 
birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta‟sir etishadi, o„z tashabbusi, 
topog„onligini namoyon qilish imkoniyati tug„iladi. Bolalar oldiga umumiy zo„r 
berishning talab etuvchi vazifa qo„yilganda birgalikda qayg„urishadi, jamoatchilik 
xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini 
birgalikda bajarish, umumiy raqs-o„yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, 
o„qishda paydo bo„lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do„stona 
jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg„ulotda ta‟lim berish orqali bolalarda 
maktabdagi o„qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o„zini tuta olish
mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to„g„ri sifatlar hosil 
qilinadi. 
Bolalarni maktab ta‟limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang„ich 
sinflarda dastur materialni yaxshi o„zlashtirib olishlarini ta‟minlovchi bilim va 
malakalar mashg„ulotlar jarayonida xosil qilinadi. Mashg„ulotlarda bolalarda 
mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, 
ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy 
g„oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga 
katta e‟tibor beriladi. 

Yüklə 50,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə